Mavzu: biznes faoliyati va uning turlari


Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish



Yüklə 38,31 Kb.
səhifə4/5
tarix25.09.2023
ölçüsü38,31 Kb.
#129365
1   2   3   4   5
2204 sevara Mavzu biznes faoliyati va uning turlari

Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish.
Mijoz firma bilan aloqa o matgandan keyin taklif ishlab chiqarishga kirishiladi. Taklif ishlab chiqish loyihani muhokama qilishdan boshlanadi. Bundan oldin mijoz-firma haqida batafsil axborot olishi lozim. Maslahatchi firma nima bilan shug ullanishi, nimalami ishlab chiqarishi, ishchilar soni, malakasi, boshqaruv xodimlar soni, ish hajmi, xarajat va daromad miqdori, firmaning moliyaviy ahvoli, shartnomalarning bor-yo'qligi, hamkorlarning ishonchliligini bilishi kerak. Undan keyin shart-sharoit, uning o'zgarish dinamikasi va muammolari aniqlanadi. So'ng bajarilishi zarur ishlarning reja-grafigi tuzilib, tegishli yuridik qog ozlar rasmiylashtiriladi. Ishning bajarilishiga alohida e’tibor berish lozim. Maslahatchining obrosi ishning o'z vaqtida yoki muddatdan oldin bajarilishi bilan belgilanadi.
Ishning qanday shaklda tugatilishini ham aniqlab olish zarur, ya’ni ish yoki xizmat muayyan natijaga erishishdan iborat ekanligini belgilash lozim. Bularning barchasi ishning reja grafigida aks etilishi kerak. Buyurtmani bajarish jarayonida buyurtmachi firmaning psixologiyasini o'rganishi kerak. Ishning bajarilish jarayonida mijozning qiziqishi susayishi mumkin, shu sababli qiziqishni susaytirmaslik uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun qiziqishning eng yuqori pallasida biror-bir kichik tadbirni amalga oshirish kerak.
Bu tadbir mijoz-firma rahbariyatiga qaratilgan muayyan takliflar, maslahatchining taklifini majlisda muhokama qilish, ba'zi takliflarni bajarish haqidagi qarorni tayyorlashdan iborat bo'lishi mumkin. Oxirida loyiha yoki ba’zi takliflarni amalga oshirish haqida yozma hisobot rasmiylashtiriladi. Oldindan kelishilgan maslahat turiari bundan mustasno emas.
Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi bozorning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug ullanuvchi firmalar o'z tovari, o'z xizmat namunasini ko'rsatish imkoniga ega emas. Shuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosituradi.
Mijozlarni jalb etish usullari turli-tumandir. Bunga o'z imkoniyatlarini targ'ibot qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb etish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar takliflaridanfoydalanishkiradi.
Eng sodda va eng keng qo'llaniladigan usul reklamadir. Firma o'z imkoniyati, xizmat ko'rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xil reklama ma’lumotlari va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb etishda vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar rahbarning ishonchini qozongan firma xodimlari bo'lishi mumkin. G'arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun alohida mablag'larajratiladi.
Albatta, maslahatchi firmaning obro'sini belgilab beruvchi omil o'tmishda muvaffaqiyatli yuritilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o'rtamiyona firmalarning ijobiy tavsiyasi eng yaxshi reklamadir.
Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O'zbekiston iqtisodiyotini ba’zi korxonalar ida tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda ko'plab muammolar yuzaga kelmoqda. Shu muammolarni oqilona hal etish uchun maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. Shu bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilami firmaning ba’zi muammolarini hal etish uchun taklif etish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni hal etishni korxonaning strategik rivojlanish muammosini echishdan boshlash kerak, so'ngra marketing, innovatsion imkoniyat va boshqa muammolarni hal etishga o'tish kerak.

Xulosa
Ma’lum bir sohada o'z mutaxassisligi bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. Chet ellarda boshqaruv bo'yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo'yicha Yevropa Federatsiyasi Maslahatchilar Assouiauiyasining ta’rificha, menejment - konsalting boshqaruv bo'yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda yordamko'rsatishdir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag'larni maslahatli xizmat shaklida intellektual kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg'or texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag'lar bilan tengdir. Mablag'lar ishlatishning ushbu ko'rinishi mamlakatimizda endi amalga oshirilmoq da. Bu yo'nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida to'laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Ko'p korxonalar intellektual imkoniyatlaridan to'la va samarali foydalana olmasliklari sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin ahvolga tushib qolgan. O'z vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan rahbarlar moliyaviy-x o'jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar.


Yüklə 38,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin