rivojlantirishga qaratilgan "Innovatsiya faoliyati to'g
,
risida"gi qonunini ishlab
chiqish va qabul qilish lozim.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi raqobat kuchayib borayotgan
sharoitda
kichik
biznes
sub'ektlari
o'z
faoliyatlarida
donmo
yangi
innovatsiyalarni kullamay, yirik korxonalar bilan hamkorlikni yaxshi yo'lga
qo'ymay bozorga yangi mahsulot yoki texnologiyalarni kiritishlari mushkuldir.
Bunda kichik biznes korxonasining boshqaruv faoliyatiga innovatsion
menejment usul va
texnologiyalarini tatbiq etish, amaldagi boshqaruv usullarini
muntazam ravishda takomillashtirib borish kichik biznes sub'ektining
kelgusidagi muvaffaqiyatini belgilab beradi
Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat yordami vositasida ta’minlanadi. Ularda bu
ishda juda katta ijobiy tajriba to'plangan bo'lib, undan bizning sharoitlarimiz va
xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin.
Ko'pgina mamlakatlarda kichik korxonalar faoliyatini tartibga solishga
umumiy yondashishlar va asosiy yo'nalishlar xosdir. Ularga quyidagilar kiradi:
-
kichik biznesni qo'llab-quwatlashga yo'naltirilgan maxsus qonunlarni qabul
qilish;
-
korxonalar faoliyatining umumiy va xususiy tomonlarini (masalan, kichik
firmalarda boshqaruv usullarini) takomillash-tirishni, biznes bilan shug'ul[Ianishni
istayottanlarga moliyaviy yordam ko'rsatishni, kichik
biznesni rivojlantirishni
ko'zda tutuvchi ma’lum maqsadga qaratilgan davlat rejalarini ishlab chiqish;
-
kichik biznesni qo'llab-quvvatlashning tarkibiy-tashkiliy xizmatlarini tashkil
qilish;
-
kichik bizneslarga davlatning moliyaviy yordam ko'rsatishi (Italiyada kichik
firmalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruk-torlik ishlarini moliyalashtirishga katta
mablag'lar ajratiladi);
-
kichik biznesni kafolatlash va imtiyozli kreditlashtirish firmalarini tashkil qilish
(Angliyada kichik korxonalarni moliyalashtirishni ta’minlovchi maxsus firmalar
bor, buning ustiga davlat qarzlarining 70% ni kafolatlaydi);
-
kichik korxonalar faoliyatini imtiyozli soliqqa tortishni keng tarqatish (masalan,
Fransiyada har yili 10000 ga yaqin korxonalar to'liq yoki qisman soliq to'lashdan
ozod qilinadilar).
Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash sohasidagi ba’zi bir mamlakatlar
tajribasining qisqacha bayonini keltiramiz.
AQSH.
AQSH 1953-yildayoq butun mamlakat bo'yicha
vakillaming keng
tarmog'iga ega kichikl biznes ishlari bo'yicha ma’muriyat tashkil qilingan edi,
unda 4 ming xodimlar xizmat qiladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yo'nalishi
shaxsiy ishni ochish va olib borishda yordam berish, kichik biznesga kreditlar va
kafolatlangan qarzlar berishdan iborat.
O'sha yili iqtisodiyotning monopolistik sektorini davlat tomonidan tartibga
solishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi kichik biznes to'g'risidagi qonun
qabul qilingan. 1986-yilda kichik korxonalarga yangi
texnologiyalar,
ilmiy-texnik
va
tajriba
konstruktorlik
tashkilotlarining
ishlanmalarini topshirish imkoniyatini ta’minlovchi qonun qabul qilingan.
Kichik korxonalarga kopchilik yarimhukumat
tashkilotlari yordam
ko'rsatdilar: xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bo'yicha qo'mita, Prezident
xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bo'yicha maxsus komissiya, sanoat
raqobatbardoshligi masalalari bo'yicha komissiya va boshqalar.
Ko'p sonli jamoatchilik
tashkilotlari - savdo palatasi, sanoatchilaming
milliy assouiaijiyasi, savdo, qishloq xo'jaligidagi har xil assouiauiyalar, klublar,
guruhlar va hokazolar kichik biznesni qo'llab-quwatlashga yordam ko'rsatadilar.
AQSHda kichik korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydi, ammo
subsidiyalar, dotatuiyalar, moliyaviy kafolatlar bilan qo'llab-quwatlanadilar.
Dostları ilə paylaş: