mintaqa
manfaatlariga muvofiq, loyiha byudjeti va grafigi (hayotiy tsikli)
mukammalligi loyihaning moliyaviy asoslanganligini belgilaydi;
-loyihalarni amalga oshirish bilan bog'liq tavvakalchilikni sug'urtalaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, sug'urtalash sohasida davlatning yakka xokimligi
tugatildi va O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorida bugun 24 ta sug'urta
kompaniyasi ish olib bormoqda.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-kuvvatlash
tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
-qonuniy-huquqiy ta'minot;
-tashkiliy ta'minot;
-tadbirkorlikni rivojlantirish uchun moddiy -texnikaviy sharoit yaratish;
-moliyaviy kredit ta'minoti;
-tadbirkorlikni sug'urta bilan ta'minlash;
-tadbirkorlik shu' basini kadrlar bilan ta' minlash;
-TIF ishini iqtisodiy qo'llab-kuvvatlash;
-axborot maslaxat ta'minoti;
-tadbirkorlikni ijtimoiy-ruhiy jihatdan ta'minoti va boshqalar.
O'zbekistonda
davlatni
iqtisodiy
siyosatida
kichik
tadbirkorlik
korxonalarini qo'llab quvvatlash tadbirlari amalda realizatsiya qilinmoqda:
Respublika kichik korxonalarni qo'llab-quvvatlash fondi tashkil etilgan bo'lib,
moliyaviy yordam kichik korxonalarga davlat, jamoa, tashkilotlar, yuridik va
ajnabiy
shaxslarni
ixtiyoriy
to'laydigan
yig'imlari
hisobidan
qo'llab-
quvvatlanmoqda;
-1991 yildan boshlab kichik korxonalar birinchi yili oladigan foydasidan 25 foiz
to'lov
belgilandi, ikkinchi yili olinadigan foydadan 50 foizi soliq
sifatida
to'lanadigan bo'ldi;
-dastlabki ikki yil qishloq xujaligi mahsulotlari ishlab chiqaradigan va bu
mahsulotlarni qayta ishlaydigan, keng xalq iste'moli
tovarlari ishlab chiqaruvchi,
kurilish, ta'mirlash, kurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, yangiliklarni tadbik
etuvchi kichik korxonalar byudjetga soliq to'lashdan ozod etilgan;
-o'z foydalarini kurilishga, korxonani qaytadan rekonstrutsiya qilish,
asosiy
fondlarni yangilab borishga, yangi texnikani, texnologiyani, ishlovchilarni
malakasini oshirishga sarflaydigan kichik korxonalardan soliq solinmaydi;
-
kichik
korxonalarda
pensionerlar
kariligi
va
nogironligi
bo'yicha
ishlayotganlarni 50 foizini tashkil kilgan takdirda
olngin foydadan davlat
byudjetiga tulanadigan soliq 30 foizga kamaytirilgandir;
-kichik korxonalarda ishlovchi karilar va nogiron pensionerlar umumiy
ishlovchilarni 30 foizdan to 50 foizgacha tashkil etsa, foydadan olinadigan soliq
20 foizga kamaytiriladi;
-
qonunda kursatilgan kichik korxona mustaqil o'zi xo'jalik faoliyati olib borish
huquqiga ega, o'z-o'zini moliyalashtiradi, o'zini
boshqaradi, o'z Ustavida
kursatilagn qonunlar doirasida ish olib boradi;
-kichik korxonalar yuridik shaxs sifatida korxonalar bilan shu jumladan xorij
firmalari bilan ham turli shartnomalar
tuzish huquqiga ega;
kichik korxona nomidan direktor belgilangan reja asosida firmani istikboli uchun
zarur faoliyat turlarini baholash majburiyatini oladi, moliyaviy natijalar bo'yicha
buxgalteriya hisobotlarini to'zib beradi;
-kichik korxonalar o'z mablag'larini o'zi pul,
moddiy tushumlar, korxona,
tashkilotlarga mahsulot sotishdan kelib tushgan mablag', aktsiyalarni sotishdan,
boshqa qimmatli qog'ozlarni sotishdan kelgan mablag'lar, kichik korxona mulkini
hakllantirishda shartnoma bo'yicha turli korxonalar pul, moddiy shaklda badal
o'tkazish fuqarolar, ishlovchilar ham pul o'tkazishlari mumkin;
-kichik korxonani tashkil etuvchi tashkilot firmani oladigan foydasidan ta'sischiga
o'tkaziladigan normani belgilaydi, kichik korxona byudjet va ta'sischi bilan hisob-
kitob qilib bo'lgandan so'ng kichik korxonani o'z foydasi tashkil topib,
bu foyda
korxona Nizomi bo'yicha taksimlanadi.
Dostları ilə paylaş: