29
Xulosa.
Bo'g'imoyoqlilar (Arthropoda)- umurtqasiz hayvonlar tipi. B.ning
ajdodi
tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki
bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to'g'risidagi
muammo hozirgacha
uzilkesil hal etilmagan.Eng qad. Bo'g'imoyoqlilardan trilobitasimonlar quyi
kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida B. quruqlikka
chiqishgan. B.ning tanasi va oyoqlari bo'g'imlariga bo'lingan (B. nomi
ham ana
shundan olingan ), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula
bilan qoplangan. Xitin qoplog'ich tashqi skelet funksiyasini ham bajaradi, unga
ichki tomondan muskullar birikadi.Tana bo'g'imlari geteronom, ya'ni
ularning
shakli va kattaligi har xil bo'ladi. B. tanasi, odatda, bosh, ko'krak va qorin
bo'limlaridan iborat. Lekin ba'zan tananing turli bo'limlari o'zaro har xil tarzda
birikib ketishi mumkin.B.ning bosh bo'limi bosh bo'lagi – akrondan va 4 tana
bo'g'imlarning qoshilishidan hosil bo'ladi. Ko'krak va qorin bo'limlardagi
bo'g'imlar har xil sitematik guruhlarda bir xil bo'lmaydi.B.
tanasidagi har bir
bo'g'im dastlab bir juftdan nayga oxshash o'simtaga ega bo'lgan, keyinchalik bu
o'simtalar jag'lar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, so'rg'ichlar, o'rgimchak bezlari
va boshqa organlarga aylangan yoki yo'qolib ketgan. Bo'g'imoyoqlilar jabra,
traxeya yoki o'pka orqali nafas oladi.
Nafas olish organlari - jabra, o‘pka yoki traxeyalar. Jabralar - birlamchi suvda
yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar, traxeya va o‘pkalar - quruqlik bo’g’imoyoqlilari uchun
xos organlar. Suv bo‘g‘imoyoqlilarining ayirish organlari halqalilar metanefridiylari
o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat.
Quruqlik
bo‘g‘imoyoqlilarida malpigi naychilari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning
oldingi qismiga ochiladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh
nerv tugunlari, ya‘ni
bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri —
qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum,
deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa
umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining
ancha murakkab
30
tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va
Ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish,
eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan.
O‘noyoqlilar oziq-ovqat sifatida muhim amaliy ahamiyatga ega.
Daryo
qisqichbaqalari, omarlar, langustlar, krevetkalar va krablar ovlanadi. Dunyo boyicha
har yili 1 mln tonnaga yaqin qisqichbaqalar ovlanadi. Faqat ovlanadigan krevetkalar
miqdori bir yilda 700 ming tonnani tashkil etadi. Ayrim mamlakatlarda krevetkalar
sun‘iy boqib ko‘paytiriladi. Kamchatka krabini ovlash ayniqsa yaxshi yo‘lga
qoyilgan. Bu krab shimoliy dengizlar, xususan Barents dengiziga aklimatizatsiya
qilingan.
Кимсанбоев Х.Х ва бошк.-Умумий ва кишлок хужалик энтамологияси. Тошкент -2002