Mavzu: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi. Kirish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix05.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#116644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog\'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi(16)

Qon aylanish sistemasi ochiq bo‘lib, tanasining orqa tomonida joylashgan 
uzunchoq yoki pufakka o‘xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli 
teshiklar - ostiylar orqali o‘tib, bevosita yoki bir necha tomirlari (arteriyalar) orqali 
tana bo‘shlig‘iga chiqib ketadi. Qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketgan. Shuning 
uchun uni gemolimfa deb ataladi.
Nafas olish organlari - jabra, o‘pka yoki traxeyalar. Jabralar - birlamchi suvda 
yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar, traxeya va o‘pkalar - quruqlik bo‘g‘imoyoqlilari uchun 
xos organlar. Suv bo‘g‘imoyoqlilarining ayirish organlari halqalilar metanefridiylari 
o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat. Quruqlik 
bo‘g‘imoyoqlilarida malpigi naychilari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning 
oldingi qismiga ochiladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh 
nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri — 
qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, 
deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa 
umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab 
tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va 
ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish
eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan. 
Bo‘g‘imoyoqlilar juda xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Ularda 
ko‘payish va nasli to‘g‘risida g‘amxo‘ rlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan juda 



murakkab shartsiz tug‘ma reflekslar ham rivojlangan. Oliy bo‘g‘imoyoqlilarning 
hayoti davomida turli xil shartli reflekslar ko‘nikmalar ham oson hosil bo‘ladi. 
Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar- ayrim jinsli. Ular faqat jinsiy urug‘lanish ba′zan 
urug‘lanmasdan partenogenez jinsiy ko‘payadi. Azaldan suvda yashaydigan 
bo‘g‘imoyoqlilarda urug‘lanish tashqi, quruqlik bo‘ imoyoqlilarida ichki bo‘ladi. 
Ayrim vakillari tuxum qoymasdan tirik bola tug‘adi. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar 
ancha murakkab o‘zgarishlar orqali metamorfoz rivojlanadi. To‘liq metamorfoz 
rivojlanishda tuxumdan chiqqan nasl voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘lmasa qurt 
deyiladi. Bo‘g’imoyoqlilarning sariq moddaga boy bo‘lgan tuxumlaridan chiqqan 
yosh nasli voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi.
Bo‘g‘imoyoqlilar faqat tullab o‘ sadi. Tullash o‘sayotgan hayvon uchun tor 
kelib qolgan eski po‘stning yorilib, hayvon tanasidan tushib ketishidan iborat. 
Tullayotgan hayvonda eski kutikula faqat tanasidan emas, balki oyoqlari, og‘iz 
organlari, nafas yo‘llari, ichagi oldingi va keyingi qismlaridan ham tushib ketadi. 
Bo‘g‘imoyoqlilar tipi jabra bilan nafas oluvchilar, traxeyalilar, xelitseralilar va 
trilobitasimonlar kenja tiplariga bo‘ linadi. Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) 
kenja tipi. Jabra bilan nafas oluvchilar azaldan suvda yashovchi hayvonlar 
hisoblanadi. Ularning jabralari parapodiy o‘simtalarining o‘zgarishidan kelib 
chiqqan. Bir qancha juda mayda vakillarining jabralari bo‘lmaydi, ular tana yuzasi 
orqali nafas oladi. Quruqlikda hayot kechirishga moslashgan turlari (zaxkashlar) 
o‘ziga xos tuzilgan traxeyalar bilan nafas oladi. Bu kenja tipga faqat 
qisqichbaqasimonlar sinfi kiradi. 
1-rasm 



Yashash muhiti va tarqalishi. Qisqichbaqasimonlar birlamchi suv hayvonlari 
hisoblanadi. Asosiy ko‘pchilik turlari suvda yashaydi. Ayniqsa dengizlarda keng 
tarqalgan. Zaxkashlar, ayrim krablar quruqlikda hayot kechiradi Kalanus, 
diaptomus, dafniya va sikloplar planktonning 90 foizidan ko‘proq qismini tashkil 
etadi. Daryo qisqichbaqasi, omar, krab, langustlar suv tubida o‘rmalab hayot 
kechiradigan bentos hayvonlari hisoblanadi. Moylovoyoqli qisqichbaqasimonlar esa 
o‘troq hayot kechiradigan bentos hayvonlarga kiradi. Ular orasida parazit hayot 
kechiradigan turlari ham bor. Qisqichbaqasimolar ko‘pchilik dengiz hayvonlarining 
asosiy ozig‘i hisoblanadi. Yer yuzida eng yirik hayvon tishsiz kitlar ham plankton 
qisqichbaqalar bilan oziqlanadi. Krevetkalar, krablar, omarlar, daryo qisqichbaqalari 
va boshqalar oziq uchun ishlatiladi.
Qisqichbaqasimonlar sinfiga mikroskopik kattalikdan bir necha metrgacha har 
xil tuzilgan 30 mingga yaqin bo‘g‘imoyoqlilar turi kiradi.
Tashqi tuzilishi. Qisqichbaqasimonlar tanasi ko‘p sonli bo‘g‘imlardan iborat. 
Eng tuban tuzilgan Qisqichbaqasimonlar tanasi ko‘p sonli bo‘g‘imlardan iborat. 
Eng tuban tuzilgan vakillarida bo‘g‘imlar bir xil - gomonom tuzilgan; bosh, ko‘krak 
va qorin bo‘limlarini ajratib bo‘lmaydi. Har bir bo‘g‘imda bir juftdan ikki shoxli 
o‘simtalar bo‘ladi. O‘simtalar kelib chiqishiga ko‘ra parapodiylarga mos keladi. 
Ko‘pincha o‘simtalarning faqat bir shoxi rivojlangan. Ikki shoxli o‘simtalarning 
bo‘lishi ularni boshqa bo‘g‘imoyoqlilar orasida eng tuban tuzilganligini ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik turlarida bosh bilan ko‘krak qo‘shilib, yaxlit boshko‘krakni hosil 
qiladi. Boshi halqali chuvalchanglarning prostomumiga mos keladigan akrondan va 
to‘rtta tana bo‘g‘imidan tashkil topgan bo‘lib, 5 juft o‘simtalarga ega. Ularning 
birinchi jufti bir shoxli, ba‘zan ikki shoxli kalta mo‘ ylovlar - antennulalar halqali 
chuvalchanglarning palpalariga mos keladi. Ikkinchi juft moylovlar - antennalar 
halqalilarning birinchi tana bo‘g‘imi parapodiylaridan hosil bo‘ladi. Antennalar bir 
shoxli, ba‘zan ikki shoxli bo‘lib, sezgi yoki harakatlanish (dafniya) funksiyasini 
bajaradi. Boshning 2, 3 va 4- bo‘g‘imlari o‘simtalari halqali chuvalchanglarning 
parapodiylaridan kelib chiqqan bo‘lib, bir juft yuqori jag‘lar - mandibulalar, ikki juft 
pastki jag‘lar - birinchi va ikkinchi juft maksillalardan iboat. Mandibulalar oziqni 



maydalash uchun xizmat qiladi. Maxsillalar odatda yupqa va noziq bargchalarga 
o‘xshash o‘simtalardan iborat. Ularning shoxchalari yo‘qolib ketgan, protopodit 
bo‘g‘imlarida chaynash o‘simtalari bo‘ladi.
Ko‘krak bo‘g‘imlarining o‘simtalari har xil tuzilgan, ko‘pincha ikki shoxli, bir 
qancha turlarida (masalan, daryo qisqichbaqasida) ekzopodit shoxchasi yo‘qolib 
ko‘krak o‘simtalari tuzilishiga ko‘ra har xil vazifani bajarishga ixtisoslashgan. 
Aksariyat hollarda ular haqiqiy harakat organlari bo‘lib, suzish va o‘rmalash uchun 
xizmat qiladi. Ko‘pincha oldingi 13 juft ko‘krak oyoqlari oziqni tutib turish va 
maydalash vazifasini bajaradi. Ular jag‘oyoqlar deb ataladi. 
Qisdqichbaqasimonlar ko‘krak va qorin bo‘g‘imlari soni va shakli har xil 
bo‘ladi. Yuksak qisqichbaqasimonlar ko‘kragi 8, qorin bo‘ limi 6 bo‘g‘imdan, butun 
tanasi akrondan tashqari 18 bo‘g‘imdan iborat. Qorin bo‘limining oxirgi bo‘g‘imi 
anal plastinka- telsonni hosil qiladi. Tuban qisqichbaqasimonlar telsonida furka deb 
atalgan bir juft ayrisi bor. Tuban qisqichbaqasimonlarning tana bo‘g‘imlari erkin, 
bir-biridan yaxshi ajralib turadi. Oliy qisqichbaqasimonlarda esa bo‘g‘imlar turli 
darajada qo‘shilib ketadi. Ko‘pincha boshning oxirgi bo‘g‘imi kengayib, 
boshqalqon- karapaksni hosil qiladi. Daryo qichqichbaqasi va boshqa oily 
qisqichbaqasimonlar boshko‘krak qalqoni ko‘krak bilan birikib ketgan. 
Boshko‘krak qalqoni sirtidagi ko‘ndalang chuqurchasi bosh bilan ko‘krak 
o‘rtasidagi chegarako‘rsatadi. Dafniya kabi chig‘anoqli qisqichbaqasimonlar tanasi 
yon tomondan siqilgan, boshko’krak qalqoni tanasini ikki yondan o‘rab oladi.
Qisqichbaqasimonlarning tana o‘simtalari soni tana bo‘g‘imlari sonidan 
kamroq bo‘ ladi. Yuksak qisqichbaqalarning telsonida o‘simtalar rivojlanmagan 
bo‘lib, 18 tana bo‘g‘imiga 17 juft oyoqlar to‘g‘ri keladi. Tuban qisqichbaqasimonlar 
qorin bo‘g‘imlarida o‘simtalar bo‘lmaydi. O‘simtalar halqali chuvalchanglarning 
parapodiylaridan kelib chiqqan, evolyutsiya davomida har xil vazifani bajarishga 
moslanishi tufayli shakli va tuzilishi o‘zgargan. Odatda qisqichbaqasimonlarning 
ikki shoxli oyoqlari bir necha xil vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, nauplius 
lichinkalarining oyoqlari harakatlanish bilan birga sezish va chaynash funksiyasini 
ham bajaradi. Oyoqlari asosida chaynovchi plastinkasi bo‘ladi.




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin