Mavzu: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi. Kirish


Jag‘oyoqlilar (Maxillopoda) kenja sinfi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix05.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#116644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog\'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi(16)

Jag‘oyoqlilar (Maxillopoda) kenja sinfi. Jag‘oyoqlilarning og‘iz organlari 
yaxshi rivojlangan bo‘ lib, ozig‘ini suvdan ajratib olish uchun xizmat qiladi. 
Fasetkali ko‘zlari va jabralari bo‘ lmaydi. Ko‘pchilik turlarida qon aylanish 
sistemasi rivojlanmagan yoki juda soddalashgan. Ko‘ kragi odatda 6 bo’g’imdan 
iborat. Ko‘ krakoyoqlari suzish uchun xizmat qiladi.
Jag‘oyoqlilar keng tarqalgan, dengiz va chuchuk suvlarda turli chuqurlikda 
uchraydi. Ba′zi turlari o‘ troq yashaydi yoki boshqa suv hayvonlari, jumladan 
qisqichbaqasimonlarda parazitlik qiladi. Ular mistakokaridlar, kurakoyoqlilar, 
karpxo‘ rlar, mo‘ ylovoyoqlilar, xaltako‘ kraklilar turkumlariga bo‘ linadi.
Kurakoyoqlilar (Copepoda) turkumi. Kurakoyoqlilar boshi ancha murakkab 
tuzilgan, unga birinchi ko‘krak bo‘g‘imi ham kiradi. Ko‘kragi beshta, qorin bo‘ limi 
esa to‘rtta bo‘g‘imdan iborat. Boshi ustida nauplius ko‘zi, qorin tomonida og‘zi, 


19 
uzun antennulasi, kalta antennalari va ikki juft jag‘oyoqlari joylashgan. Uzun 
antennulalari suzish uchun xizmat qiladi. Ko‘ krak oyoqlari ikki shoxli, oyoqsiz 
qorin bo‘ limining uchki qismida ayrisi bo‘ladi. Urg‘ochi qisqichbaqalar yetilgan 
tuxumlarini qorin qismidagi 1-2 ta xaltachasida yopishtirib olib yuradi. Tuxumdan 
chiqqan nauplius lichinkasi ko‘p marta tullab voyaga yetadi. 
Kurakoyoqlilarning 1800 ga yaqin turi ma‘lum. Ular dengiz va chuchuk 
suvlarda plankton hayot kechiradi. Ayrim hollarda ulilar planktonning asosiy 
qismini tashkil etadi. Mayda suv o‘tlari, bakteriyalar, organik qoldiqlar bilan 
oziqdanadi; parazit turlari ham bor.
Chuchuk suv havzalari va sholipoyalarda siklop -Cyclops va Diaptomus 
urug‘iga mansub qisqichbaqasimonlar keng tarqalgan. Ular noqulay sharoitda qalin 
po‘stga o‘ralib, qulay sharoit kelishi bilan tez ko‘paya boshlaydi. O‘rta Osiyo 
huddida kurakoyoqlilarning 30 dan ortiq turi tarqalgan. Sikloplar suv havzalarida 
baliqlarning ozig‘i sifatida katta ahamiyatga ega. Lekin ular ayrim parazit
chuvalchanglarning oraliq xo‘jayini sifatida salbiy ahamiyatga ham ega. 
Dengizlarda kurakoyoqlilarning 1200 dan ortiq turi tarqalgan. Suvning chuqur 
bo‘lmagan qicmida kalanuslar ayniqsa ko‘p uchraydi. Calanus finmarchicus Barents 
dengizining ayrim joylarida planktonning 90% ga yaqinini tashkil etadi. Ko‘pchilik 
baliqlar va moylovli kitlar asosan kalanuslar bilan oziqlanadi. Ayrim kurakoyoqlilar 
turli hayvonlar paraziti hisoblanadi. Baliqlar jabrasida Ergasilus, Lamproglena va 
Achteres parazitlik qiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin