Mavzu: bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni shakllantirish reja



Yüklə 51,51 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü51,51 Kb.
#139753
  1   2   3   4   5   6
Mavzu bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni sh-fayllar.org


Mavzu: bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni shakllantirish


MAVZU: BOLALARDA PREDMETLARNING SHAKLI HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH

Reja:
1.Geometrik figura predmetlarning shaklini idrok qilish etaloni sifatida.
2.Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Tadqiq qilish amallari va ularning shaklini bilishdagi roli.
4.Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning roli
5.Geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish.
6. Geometrik figuralarni burchaklari, tomonlari, soni bo‘yicha taqqoslash; ularni o‘lchash; umumlashgan tushunchalarni shakllantirsh.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida: “Uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, MTMlari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, MTMlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash1 ” alohida muhim vazifa sifatida ko’rsatib o’tildi.Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.

Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi.


Tug‘ilgan bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butilkalarni bolaning oldiga terib qo‘ysak, bola ovqat eydigan butыlkasini ko‘zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi.Bola biroz ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu tarvuzga o‘xshaydi ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o‘xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo‘lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko‘ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol katta. 2-3 yashar bolalar geometrik figuralarni oddiy o‘yinchoq deb his etadilar. M: silindr — stakan, stolba; konus — stakan, stolba; konus - minora.
SHuning uchun geometrik figuralar bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega (doira, kvadrat, uchburchak). Bolalar maishiy xizmat qiluvchi predmetlarni etalon (ko‘rgazma deb hisoblangan geometrik figuralarni his eta boshlashadi.
Shaklni ko‘rish va his qilish orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi.
Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning(buyumlarning)
shaklini tahlil qilish va baholashni
o‘rganadilar. Bolalarda asta-sekin shakl
haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
  • qobiliyatlarini rivojlantirish:


  • geometrik figuralarni oddiy xossalarini aniqlashga;


  • so‘z yordamida turli belgilarga va o‘lchamlarga ko‘ra har xil geometrik figuralarni tanlashga:


  • turli belgilarga (shakli, rangi, o‘lchamiga ko‘ra geometrik figuralarni gruppalashtirishga:


  • atrofimizdagi predmetlarni ma’lum geometrik figuralarga uxshatish:


  • predmetlarning modelini yasab figuralarning turlarini o‘zlashtirishga o‘rgatish:.


“Ilk qadam” tayanch dasturida geometrik shakllar bilan tanishtirishga qo‘yilgan vazifalar mazmuni bilan tanishtirish.


Kichik guruh Geometrik shakl. Doirani taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish. Kvadrat bilan tanishtirish. Doira, kvadratni farqlash va aytishni sezish, harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. Bolalarga shar va kub haqida tushuncha berish.
Turli topshiriqlar yordamida shar va kub haqidagi bilimlarni mustahkamlash. Uchburchakni taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
O‘rta guruh
Geometrik shakllar. Doira, kvadrat, uchburchak shakllarini bir-biridan farqlashni mustahkamlash.
To‘g‘ri to‘rtburchak shakli bilan tanishtirish, to‘g‘ri to‘rtburchak-kvadratni farqlash va aytishni, ularni sezish - harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rganish. Oval shakli bilan tanishtirish, doira, ovalni farqlash va aytishni, ularni sezish - harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. Kub, shar, silindr kabi shakllarning nomini aytish va bir-biridan farqlashni o‘rganish. SHakllar har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat – kichik kvadrat).
Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib turli narsalar yasashni o‘rgatish.
Katta guruh
Geometrik shakllar. Shakllar har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat – kichik kvadrat). SHakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilish: Masalan, to‘rtburchakning 4 ta burchagi va 4 ta tomoni (to‘rtburchakning turli ko‘rinishlari
misolida) bor. Bolalarning shar, kub, silindrlar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash
va ular yordamida turli mavzularda loyihalar yaratish. Doira va oval shaklini farqlashga doir turli mashqlarni bajartirish. Qurshab turgan narsalar orasidan tanish bo‘lgan geometrik shakllarni topa olishga o‘rgatish: masalan, lagan, non doiraga o‘xshaydi; stolning usti, devor, eshik va derazalar to‘rtburchakka, ro‘molcha kvadratga, qizchalar boshidagi ro‘mol uchburchakka, stakan silindrga o‘xshaydi va hakozo. Uchburchak va to‘rtburchaklardan turlicha katta o‘lchamdagi narsalar va shakllar tuzish. Turli geometrik shakllar to‘plamidan har xil o‘yinlar o‘ynash, maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni yasashni o‘rgatish. Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib turli narsalar yasashga o‘rgatish. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir nechta tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirishga doir muammoli vazifalarni hal etishni o‘rgatish. Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi qismlardan tashkil
topgan shakl-siluetlar hosil qilishga o‘rgatish. Labirintlar va ularning echimi bilan tanishtirish.
Tayyorlov guruh
Geometrik shakllar. Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash. Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu ko‘pburchak.
Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, burchak uchlari)
bilan tanishtirish. Tayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash. Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini
belgilash. Bolalarni 2 ta, 4 ta
uchburchaklardan bitta ko‘pburchaklar
tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta
katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish.
Beshburchak va oltiburchak bilan
tanishtirish. Etishmagan shakl, jismni (shar, kub, silindr) topishga doir mantiqiy masalalarni echishni o‘rgatish. Geometrik shakllar ko‘rinishini o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash va boshqalar. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir necha tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirish. Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish.





Yüklə 51,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin