«FSMU» metodi Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o’zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg’ulotlarida, mustahkamlashda, o’tilgan mavzuni so’rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg’ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi: - qatnashchilarga mavzuga oid bo’lgan yakuniy xulosa yoki g’oya taklif etiladi;
- har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog’ozlarni tarqatiladi:
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga asos bo’ladi.
1-topshiriq. Fikr: “Integratsiyalashgan ta’lim tizimi eng samarali ta’lim tizimlaridan biridir”. Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.
Bir necha manbalardan foydalanib ma’ruza tayyorlash. Talabalar odatda amaliy mashg’ulotlarida javob berish uchun ma’ruzalar tayyorlashadi. Buning uchun talabalarga ma’ruzalar tayyorlash yo’llari va imkoniyatlarini o’rgatish lozim. Ana shunday imkoniyatlardan biri – bu bir necha manbalardan foydalanib ma’ruza tayyorlash hisoblanadi. Mazkur ma’ruza javdval holatida tayyorlanib, talabaga javob berish uchun tayanch signal vazifasini bajaradi. Buning uchun talaba besh ustundan va materilning hajmiga qarab bir necha ustundan iborat oddiy jadval tuzadi. Yuqoridagi qatordagi ustunlarda axborotning turli manbalari nomini ko’rsatishadi: darsliklar, jurnal maqolalari, internet materiallari, intervьyular.
CHap tomondan birinchi katakning har bir qatoriga talaba mavzuga tegishli yoki javob olinishi zarur bo’lgan savolni yozadi:
2-topshiriq.CHap tomondan birinchi katakning har bir qatoriga talaba mavzuga tegishli yoki javob olinishi zarur bo’lgan savolni yozadi: