Mavzu: Boshlang'ich sinda tabiiy fanlarni o'qitishda steam yondashuv Reja



Yüklə 4,87 Mb.
səhifə1/2
tarix01.12.2023
ölçüsü4,87 Mb.
#136836
  1   2
Boshlang\'ich sinda tabiiy fanlarni o\'qitishda STEAM yondashuv

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • S T EAM

Mavzu: Boshlang'ich sinda tabiiy fanlarni o'qitishda STEAM yondashuv


Reja:
Reja:

  1. STEAM integratsiyalashgan ta'lim tizimi

  2. STEAM texnologiyasi

  3. O‘zbekiston Respupblikasida STEM ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimi

Xulosa
Adabiyotlar

Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogik tajribalar asosida olib borish ayniqsa muhimdir. Xalqimizning milliy qadriyatlari, an’analari, urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga sharqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.


Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi yo‘l va usullarini izlashi, ilg‘or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir.

Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘qvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotda joriy etishga tayyorlash bugungi boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan muhim talablardan biridir. Chunki zamonaviy pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni oson va qiziqib o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o‘qituvchining ham professional o‘sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi.
Ta’lim oluvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatdagi ta’lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maqsadda o’quv yili davomida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi monitoring o’tkazib boriladi. Uning natijasiga ko’ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi, pedagoglar salohiyati va ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi aniqlanadi. Bu jarayon ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo’lgani uchun Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o’rta ta’lim maktabi ta’lim oluvchilari bilimini baholash bo’yicha xalqaro dasurlarni amaliyotga joriy etish maqsadida ilk qadamlar tashlandi. Ya’ni, ta’lim oluvchilar bilimini xalqaro talablarga yetkazish, unga mosligini o’rganib borish maqsadida PISA (Programme for International Student Assesment), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study), STEAM kabi baholash dasurlarini keng qo’llash rejalashtirilmoqda. STEAM - hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy urf bo’lgan innovatsion metodlaridan biri hisoblanadi. Bir qaraganda STEAM abbreviaturasi juda murakkab ko’rinadi, lekin uni alohida ko’radigan bo’lsak sodda va aniq ekanini ko’rishimiz mumkin, ya’ni: S – science, T – technology, E – engineering, A – art, M – mathematics, yoki tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san’ati, ijod, matematika. Oddiy so’z bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng ko’p talab etilayotgan fanlardir. Hech kimga sir emaski, ko’plab fan tarmoqlarida katta yutuqlarga erishish uchun o’zlashtiriladigan turli sohalardagi bilimlarning integratsiyasi talab etiladi. Lekin bunga o’quvchilarni qanday qilib tayyorlashimiz mumkin, chunki maktab dasrlari orasidagi bog’liqlikni ko’rish juda murakkabdir. Aynan shunday muammolarni xal qilishda STEAM yordam beradi. Bu metodika ta’limni aralash turda olib borish va egallangan nazariy bilimlarni kundalik hayotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. STEAM bu maktabda va maktabdan tashqarida loyixa va o’quv−tadqiqot faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. Ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan holda, umumiy bog’liqligini ko’rsatib o’rgatiladi. Fanlarni kundalik hayot bilan bog’liqligini ko’rsatishdan tashqari, texnologiya o’quvchilarning ijodkorligini ham ko’rsatib berishi mumkin. Ushbu yondashuv o’quvchilarning faoliyatiga bir qancha vazifalarni taqdim etadi, o’quvchi ularni hal qilishida ijodkorligini namoyon qilishni o’rganadi. Bunday vazifalar yordamida o’quvchi g’oyalarni nafaqat o’ylab topadi, balki ularni kundalik hayotida amalga oshirishni ham o’rganadi. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo’rqmaslikka o’rganadilar. Ko’pincha, stol atrofida o’tirmaydi, o’zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot” larni sinovdan o’tkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do’stlari bilan muloqot qilish bilan band bo’lishadi. Texnik fanlar bo’yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang’ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo’yicha, qilgan ishni yaxshi ko’rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM – bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo’lib, bolalarning zerikishlariga to’sqinlik qiladi. Ular vaqt o’tayotganini sezmaydilar va charchamaydilar.
STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, bunda ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar; Lego- texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM (S-fan, T-texnologiya, E-muhandislik, A-san’at, M- matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga quyidagicha yordam beradi:
- Muammolarni keng qamrovli tushunish;
- Ijodiy fikrlash;
- Muhandislik yondashuv;
- Tanqidiy fikrlash;
- Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash;
- Dizayn asoslarini tushunish.
STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. Quyida dastur mazmuniga to‘xtalamiz:
O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayta sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha, stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi.

Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM – bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish, elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar. STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test va takomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yoki turli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin. Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun esa ularni doimiy raviщda nazorat qilib borishlari zarur bo‘ladi.
Tabiiy fanlar alohida fan sifatida o’qitish 1-sinfdan boshlanadi. O’quv materiali hisoblanadigan darsliklarda - «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulari birlashtirilgan kitoblar o’rgatiladi. Tabiiy fanlar bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham ham imkon beradi.
Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi ortadi.
Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi. O’quvchilarga zamonaviy usullar yordamida dars o’tilsa o’quchilarning qabul qilishi o’rganishi juda yuqorilab boradi buni amalda ko’pchilik tadqiqotchilar sinashgan. O’quvchilarning bolajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliyot ham muhim orin egallaydi.
Tabiiy ilmiy bilimlar uzoq yillar davomida amaliy faoliyat tufayli qo’lga kiritilgan. Bilim odamlar miyasida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasdan, balki muayyan ish faoliyatida shakllanadi. Amaliyot insonnitabiat bilan munosabatida asosiyomilbo‘lib, buoz navbatida, odamlarning o‘zaro munosabnatlari tizimida, ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab chiqarish va ilmiy tajriba hisoblanadi. Ilmiy - tabiiy amaliyot quyidagi vazifalarni bajaradi. Masalan, amaliyotda o’rgatilgan bilimlar nazariy qilib o’tkazilgan darslarga qaraganda ko’proq narsalarga tushunishi mumkin bo’ladi o’quvchilarni.

Mavzuning dolzarbligi sifatida didaktik ko’rgazmali qurollardan foydalanish metodi qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinayotgan eng qulay samarali va tushunarli metod hisoblanadi. Didaktik tarqatma materiallardan foydalanib dars o’tish ya’niko’z bilanko’rish orqali eshitishga nisbatan 5 marta ko’proq va 13 marta ko’proq taktik organlarga nisbatan ancha ko’p ma’lumotni miyaga yetkazadi. Shunday ekan oʻquvchilarga dars oʻtishni boshlangʻich sinflardan boshlab didaktik oʻyinlar va dasturlar orqali oʻtgan maqsadga muvofiq boʻladi. Xorijtajribasiga yuzlanadiganboʻlsak xorijiy davlatlardataʼlimberishning eng yangi usullaridan foydalanilmoqda. Hattokishunday maktablar borki ularda oʻquvchilar faqat amaliyotda koʻrib oʻrgabishadi. Nazariy maʼlumotlar esa faqat oʻzlari mustaqil ravishda oʻrgabkshlari mumkin boʻladi.
O‘qituvchi o‘quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadi. Boshlang’ich ta’lim pedagogik jamoasining o‘rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Isroil, Singapur, Rossiyada boshlang’ich ta’lim bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.

Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda, avvalo shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. O‘qituvchi bolalarni aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, o‘qituvchilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi.
Bunda bola rivojlanishining o‘ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma’naviy etuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish xoxish-istaklariga qaratilgandir. Rivojlanish markazlaridagi ta’lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda o‘qituvchi shunday faoliyat turlarini o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.
“Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida boshlang’ich ta’limda quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi:
- Qurilish va konstruksiyalash markazi
- Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi
- Til va nutq
- Ilm-fan va tabiat markazi
- San’at markazi
- Musiqa va ritmika markazi.
Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qog‘oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog‘ozdan qaychi bilan o‘zi o‘ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo‘lakli karton qog‘ozli tasvirni tuzishni ma’qul ko‘radi. O‘qituvchi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so‘ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi. Bunday yo‘l tutish tufayli bola yaxshi sur’atda o‘sib-ulg‘ayishi mumkin.O‘qituvchilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o‘ynaydilar, mashg‘ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta’min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg‘ulot turlarini o‘zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo‘yishi va unga erishishni bilishlari lozim. Xulosa qilib aytganda Tabiiy fanlarni boshlang‘ich sinflarga ona tili va o‘qish savodxonligini turli xil usullar va STEAM tizimida o'qitishda didaktik ko'rgazmalardan foydalanish orqali oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mumkin boʻladi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Masalan, metodik tavsiya ishlab chiqish orqali biron bir maktabda eksperiment oʻtkazish uchun guruh tanlab olinib ularga didaktik materiallardan foydalanib darslar olib borilsa, boshqa sinflarga esa shu doimgidek oʻquv dasturi asosida darslar oʻtilsa. Buning natijasida albatta tanlab olingan sinf oʻquvchilari boshqa guruhdagi tengdoshlariga nisbatan ancha koʻp narsani oʻzlashtirishgan boʻladi.

Yüklə 4,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin