Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyasini xalq maqollaridan foydalanish



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə1/8
tarix13.04.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#125243
  1   2   3   4   5   6   7   8
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyasini xalq maqollaridan foydalanish Kurs ishi...


Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyasini xalq maqollaridan foydalanish

Reja:



I. Kirish
II.Asosiy qism
1.Xalq rivoyatlari milliy qadriyat sifatida.
2.O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq rivoyatlarining tarbiyaviy ahamiyati.
3.Tarbiyaviy tadbirlarda rivoyatlarning pedagogik ahamiyati. (Mehridaryo ustozlar tadbiri misolida)
III.Xulosa
IV.Adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat tarixida buyuk XXI asr sari qadam qo’ymoqda kurrai zaminimizning barcha o’lkalarda siyosatdonlar, jiqtisodchilar, ijtimoiy soha namoyondalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar XX asrga yakuniy xulosalar chiqarmoqdalar. Ular tomonidan bu shonli 100 yillikda bosib o’tilgan tarixiy yo’l atroflicha tahlil etilib, unda nimalarga erishilgani, qaysi voqea, hodisalar asrimizning eng ulug’, buyuk ishlari, qaysilari tufayli insoniyat azob uqubat chekdi, qaysi sarqitlarni o’tgan asrga qoldirib, qaysilarini XXI asrga olib o’tish mumkin, XX asrdan qolgan dolzarb muammolarni qay yo’sinda hal qilish mumkinligini sarhisob qilinmoqda.
O’zbekiston hayotida XX asrda juda katta voqea ro’y berganini alohida ta’kidlash zarur. 1991-yilning 1-sentabrida Vatanimiz istiqlolga erishdi, xalqimizning asriy orzusi ro’yobga chiqdi. O’z taqdirimizni o’zimiz belgilash, boy ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, milliy boyliklarimizga egalik qilish, tinch iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish yo’liga o’tish imkoni to’g’il di. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli iqtisodchilari, siyosatchilari ko’pdan-ko’p ijobiy fikrlar aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o’n yilliklarga hatto, asrlarga qiyoslashmoqdalar.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohatlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borishi natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo’g’ini hisoblanadi xalq ta’limida ham tub islohatlar ro’y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomilashtirish, ularning mazmuni, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar pedagogik texnalogiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bormoqda. O’tmish davriga xos iqtisodiy murakabliklarga qaramay, ta’limning moddiy negizi mustahkamlanib bormoqda.
Mamlakatimiz istiqlolining eng daslabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimiz yaratgan og’zaki yodgorliklarni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish, zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulotda katta ahamiyat berildi.
Ma’lumki har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda oilada va asosan ta’lim-tarbiya munosabatlarida shakillantiriladi. Ta’lim vositalari o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Rivoyat hayotiy voqelarni badiiy uydirmalar vositasida hikoya qiluvchi realistik xarakerdagi og’zaki ijod turlaridan bo’lib, g’oyaviy jihatdan rang- barangdir. Rivoyatlar tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni, ijtimoiy hayot va turmush, geografik joylar – sahro, ko’l, cho’l, dengiz, shaxar, qishloq, saroy va boshqalarning barpo bo’lishi hamda vayron qilinishi haqida hikoya qilishi mumkin.
Yuqorida tadqiq etilgan tadqiqotlarni o’rganish jarayonidan kelib chiqqan holda biz kurs ishimizning mavzusini “O’quvchilarni tarbiyalashda rivoyatlardan foydalanish” deb nomladik.

Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin