Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyasini xalq maqollaridan foydalanish


O’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq rivoyatlarining tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə3/8
tarix13.04.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#125243
1   2   3   4   5   6   7   8
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyasini xalq maqollaridan foydalanish Kurs ishi...

2.O’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq rivoyatlarining tarbiyaviy ahamiyati.
Ma’lumki, musulmon olamida yaxshi odamlar hayoti davomida ko’proq savob ishlar qilsam , degan uy orzular bilan yashagan. Bu orzularini birovga yaxshilik qilish , ariq qazish, suv chiqarish, yo’l qurish, nixol ekish yo’llari bilan amalga oshirgan. Bu ishlarning savobi katta ekanligi odamlarning qon-qoniga singib ketgan, odat bo’lgan.
O’tmishda otalar bola yoshlikdan mehnatga o’rgatilmasa katta bo’lganida uning mustaqil hayot kechira olmasligini, dangasa va ishyoqmas bo’lib qolishini yaxshi bilganlar. Ular bolalarini yoshlikdan turli ishlarga jalb qilishda mehnatning faqat moddiy jihatini emas, balki tarbiyaviy ahamiyatini ham xisobga olganlar. Ota-onalar jinsiy xususiyatiga qarab bolalarga topshiriq berishni mehnat tarbiyasida asosiy qoida deb bilganlar: qizlar uy ishlarini boshqarishga-kiyim bichish va tikish, ovqat pishirish, uyni ozoda tutish, uy hayvonlariga qarash va sog’ish, kir yuvish, mexmon kelganda dasturxon yozish kabi ishlarga o’rgatilgan; O’g’il bolalar ro’zg’ordagi og’ir ishlarni bajarishgan –o’tin yorish,mollarga yem- xashak solish bilan shug’ullanganlar, qo’y xaydashda yer chopishda otalariga ko’maklashganlar.
O’tmishda mehnat tarbiyasida turli usul va vositalarni qo’llash orqali bolalar mehnatga ruxan va amaliy jixatdan tayyorlangan. Bolalarni amaliy mashg’ulotga tayyorlashda ishontirish, qiziqtirish va bola faoliyatini baxolash usullari qo’llangan. Xalq bu ishlarni amalga oshirishda vosita sifatida uyin va marosimlardan og’zaki ijodning mehnat mavzuidagi asarlaridan moxirona foydalangan badiy so’z vositasi sifatida bolalar ruxiyatiga ta’sir ko’rsatgan. Ularning bu tadbirlari bolalarning axloqiy va ruxiy jixatdan mehnatga tayyorlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bolalarda mehnat qilish zarurligiga ishonch xosil qilishda ularni mehnat ga ruxan tayyorlashda bobolar maqol , topishmoq va ertaklar bilan bir qatorda, da’vat qilish, undash, nasixat qilish, maslaxat berish, amalda kursatish usullarini ham qullaganlar. Ota-bobolar bu usullar Bilan bolalarda inson hayotida mehnat ning urni, ahamiyati xaqida tushuncha xosil qilganlar.
O’tmishda yaxshi va namunali ishlari uchun bolalarni rag’batlantirish usuli ham mehnat tarbiyasida yaxshi natija bergan. Bu usul, namunali ishlar qilgan bollarga nisbatan qullangan: “barakalla “Juda zo’r raxmat” “Umrigdan baraka top” so’zlari bilan bolaning ko’ngli ko’tarilgan, kulib-erkalab boshi silangan.
Mehnat tarbiyasida ota-bobolar qullagan ibratli usullar ularning boy tajribasi xozirgi davrda ham maktablarda qo’llanib, ijodiy rivojlantirmoqda. Chunki mehnat – insoniyat hayotining, uning o’sib, kamol topishi va nafosatli bo’lishi, moddiy va ma’naviy boyligining asosiy manbaidir. Inson mehnatining asosiy xususiyatlaridan biri, uning fikr yuritish, ijod qilishga moyil va qodirligidir. Inson buyum – narsa yaratar ekan, u avvalam bor o’zining moddiy va ma’naviy extiyojni qondirishni o’ylaydi, shu bilan birga yaratgan narsasining tashqi ko’rinishi va go’zalligi bilan boshqalar diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etadigan bo’lishi haqida fikr yuritadi.
Mehnat jarayonida bolalarning nafosat xaqidagi tushunchalarini did va qarashlarini rivojlantirish tarbiyaviy ishning muhim tomoni xisoblanadi.
Go’zal didli inson yaxshi fazilatlar egasi – insonparvar , mehnatsevar davrning ilg’or g’oyalarini chuqur o’zlashtiruvchi , shu g’oyalani o’zlashtiruvchi shu g’oyalarni rivojiga o’z xissasini qo’shishga intiluvchi bo’lib yetishadi.Mehnat faqat insonning kamol topishi uchungina emas , balki xatto ergashgan insoniylik xislatlarini mazkur darajada saqlab turishi uchun ham zaruriy shartdir. Inson mehnat qilmay turib ilgari bora olmaydi, mehnat qilmasa erishgan darajasini saqlab qola olmaydi u orqaga ketishga majbur bo’ladi . Insonning qalbi va tanasi mehnat qilishni talab qiladi. Agar inson Biron –bir sababga ko’ra turmushda shaxsan mehnat qilmasa u xolda inson chinakam turmush yo’lini yoqotadi va turmushdan cheksiz norozi buladi hamma narsadan kungli sovib xech narsani yoqtirmaydi, hamisha zerikib xunob bulib yuradi ikkinchidan unday odam uz xoxishi bilan o’zi ham sezmagan xolda o’zini-o’zi nobud qilib boradi va tez orada yosh bolalarga xos injiq va qaysar bo’lib qoladi. Bu xar ikkala yo’l ham insonni tiriklayin murdaga aylantiradi nimaga desangiz, shaxsiy mehnat erkin mehnat- ana shuning o’zi hayotdir .
Mehnatning go’zallik xususiyati – inson hissiyotiga, hissiyoti orqali ongi va xulqiga ta’sir etishdir. Mehnatning go’zallik xususiyati esa mehnat jarayoni go’zalligi, mehnat sharoiti go’zalligi, mehnat natijalari va ishlab chiqarish bilan band bo’lgan inson go’zalligi tashkil etadi. Ta’limda ana shu masalalarga, ya’ni mehnat jarayonining, sharoitning va mehnat natijalarining go’zallik jixatdan maqsadga maqsadga muvofiq bulishiga e’tibor beriladi. Shundagina tarbiya bolani turmush mehnat iga tayyorlaydi, unda mehnat ni odat qilib olish va mehnat ni sevish kabi xislatlani ustiradi, unga turmushda uziga munosib o’zi istagan mehnat ni aniqlab olish imkonini beradi.
Aqliy mehnat tafakkur mushoxada dunyoni bilish bilimlarni egallash ular asosida uz dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirib borishdir. Bu – mehnat ning xaqiqattan ham mehnat ga aylanishi uchun u aniq maqsadga go’zalligini yoritish orqali bolalarda mehnat ni sevish xissini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bulishi kerak.
Yoshlarga mehnat nafosati – go’zalligini kursatish ,mehnat da insonning o’sishi, aqliy axloqiy va jismoniy tomondan kamol topishini insondagi go’zallikni oshirishda utmish mumtoz adabiyot va XX asr adabiyoti asarlaridagi inson mehnat i badiiy chuzilgan obrazlarni masalan Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod Oybekning Qutlug’ qon romanidagi Yo’lchi misol qilib olish mumkin .
Mehnat tarbiyasida ishning ma’lum bir tartibda bulishiga ham ahamiyat beriladi.bola ishni bir tartibda bajarishi Bilan uz xarakatini boshqalar xarakati bilan moslashtiradi natijada jamoa bajarayotgan ishda ham uyg’unlik yuzaga keladi. Mehnat qilayotgan bola xarakatidagi tartib jismoniy kuchi Bilan mos bulishi unda go’zallikka qiziqishini oshiradi, unga go’zallik baxsh etadi.
Mehnat ning ma’lum bir tatibda bulishi bolada axloqiy xis tuyg’uni ham ustiradi, uning jismoniy baquvvat bulishini ta’minlaydi. bu masalaga utmishda jamoa ahli ham, otalar ham ahamiyat berib mehnat ning moxiyati, go’zalligi Bilan birga , mehnat da faqat tartib emas balki xarakat turlicha bulishi mehnat qilishda sur’at ifodalilik ham bulishi zarurligini bolalarga tushuntiradilar .Ular mehnat qilish jarayonida paydo buladigan go’zal hissiyotning inson hayotida eng ma’naviy extiyoj ekanligini bolalarning anglab olishlariga aloxida ahamiyat berganlar .
Xar bir millat, jumladan, o’zbek xalqi ham hayotga qaysi soxada bulmasin, uz ezgu niyatlari, orzulariga ijodiy mehnat tufayli erishgan. Toshkent shaxridagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri binosi ham uzbek xalqining ijodiy mehnat i bilan barpo etilgan muxtasham yodgorlik , me’morchilik xunari- san’tining go’zal namunasidir.
Maktabda mehnat tarbiyasining samarali bulishi kup jixatdan uqituvchining mehnat da namuna bulishiga bog’liqdir .Yuksak did Bilan u ishlagan xar bir buyum va asbob o’quvchilarda shunday narsalarni ishlashga qiziqish uyg’otadi mehnat faoliyatini oshiradi ular ishlagan narsa va buyumlarning chiroyli, jozibali bulishi uchun xarakat qiladilar .
O’quvchilarning mustaqillikni fikrlashni ijodkorlikni talab etuvchi mehnat ni sezadilar. Bu xususiyat ularga ,umuman yoshlarga xosdir. Uz kuchlarining kurgazmali , mustaqil tarzda namoyon bulayotganini xis etgan , kurgan taqdirdagina o’quvchilar qiziqish bilan mehnat qiladilar . Uqituvchi o’quvchi mehnat ni shu zaylda tashkil etish orqali ularda ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi ularni turmushga tayyorlaydi
Mehnat ijod namunasi darajasiga kutarilishi Bilan jozibadorlik kasb etadi , kishilarni uziga maftun etadi. O’quvchilarda ana shunday xususiyatga yega bulgan ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirishda uqituvchining namunali ishlari hamisha birinchi urinda turadi. U ana shu namunali ishlariga kura , o’quvchilar ma’naviy dunyosining me’mori ularni nafosat olamiga olib kiruvchi murabbiy xisoblanadi .
O’zbek xalqi asrlar davomida inson axloqiy go’zal bulishini orzu qilgan tabiat go’zalligini qadrlagan tabiat mehnat ni – go’zallik manbai deb bilgan .uning go’zallik xaqidagi qarashlari u yaratgan Ona yerning tuprog’i – ona sutidan aziz Ona yurting oltin beshiging Qishning baxri kuzga baraka Yerga mexr elga mexr Yigit xusni – mehnat da Daraxt yaprog’i bilan kurkam odam mehnat i bilan Go’zallik ilmu ma’rifatda kabi maqollarda uzifodasini topgan shuningdek qushiq ertak doston va musiqalarda aks etgan . Shu zaylda u go’zallik ijodkori bulgan .
Xalqning oilaviy hayot, inson go’zalligi xaqidagi ideallarii go’zallikni anglatuvchi tushunchalar – go’zal, latif, zilol, gulyuz, gulchaman , barno ,zebo ,okil, zuhro, lochin ,suzlarda ham ifodalagan.
Xalq ayollar xusnini pardozda emas aqlida kurib ularning go’zalligini ulug’lagan bu xaqdagi tafakkuri u yaratgan obrazlar tasvirida qullangan asalbonu, gulmexri, gulbegim, butakuz, iffatoy, nazokatoy, ra’no sarvinoz kabi so’zlardan namoyondir.
Xalqning erlar go’zalligi xususidagi ideallarini ularning obrazini chizishda foydalangan jamol, jasur, moxir, sarvar, temir, ulug’, chulpon, sharaf , ulmas, ug’lon, eldor shuhrat kabi suzlarda kurish mumkin.
Xalq go’zalligining aksi bulgan inson va umuman jamiyat uchun dog’ zararli illatlarni yomon yaramas ochkuz xudbin ishyoqmas ig’vo surbet kabi tushunchalarda qoralagan.
Xalq bolalarda go’zallikka xavas tuyg’usini tarbiyalashda ularni mustaqil hayot kechirishga tayyorlashni , yoshligidan tabiat , mehnat , axloq, odob go’zalligini egallagan shaxs qilib yetishtirishni uz oldiga asosiy vazifa qilib qo’ygan.
Xalq inson go’zalligini uyaratgan buyumlarda ham namoyon bulishini kurgan, bilqi lgan va bolalardan ham mehnat qilib go’zal buyum yaratishni talab qilgan.
Uzbek xalqi mehnat go’zalligini o’g’il va qizlar yaratgan duppi telpak zirak palak zebigardon marjon choyshab chopon etik kavish maxsi mis va sopol idishlar umuman qul xunarida ruzg’or buyumlarida ayollar taqinchoqlarida kurgan .
Ulug’ mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino: “ Hayo insonning abadiy go’zalligi va latofatidir. Hayo siz yuz jonsiz jasadga uxshaydi»- deydi .
Ota – bobolar bolalarni go’zal xulqli axlu muxabbatda sodiq sharmu hayo li sabru qanoatli shirin suz va tavozeli qilib tarbiyalashga xarakat qilganlar. Ular xulq atvori bilan xalq qoshida marg’ub va maxbub bulgan odamning uziga yordam berganlarni xech vaqt unutmasligiga ishonganlar
Ota-bobolar bolalarda go’zallikka xavas tuyg’usini ustirishda ularning axloqiy go’zallik bilan birga tashqi go’zallikka – til dustlik kiyinish yuz uz taom yeyish choy ichish ziyorat uyqu kupchilik urtasida uzini tuta bilish odoblarini egallashga ham ahamiyat berganlar.ular o’g’il va qizlariga katta yoshli odamlar uzaro gaplashib turganda ularning suzlariga aralashmaslikni komil aqlli tug’ri fikrli va yaxshi xulqli bulganlar bilan dustlashishini boshqalarning shodlik va qayg’uli kunlarida tayanch hamrox bulishini tushintirganlar .
Kattalarning turli mavzularda utkazgan suxbatlari va go’zal xulq atvorlari bilan namuna bulishlari bolalarning go’zallikni chuqur tasavvur etishlarida muxim ahamiyatga ega .
Tabiat go’zallik timsolidir. Tabiat badiiy so’z va tasvir san’ati namoyandalari uchun ilxom manbaidir.Ona tabiat go’zalligi xalq uchun uziga xos ilxom manbai bulgan va xozir ham shunday . SHu tufayli ham xalq yaratgan badiiy ijodda u uz aksini topgan, Yil fasllariga xos chiroy, xususiyat go’zal tariflangan. Buni mashxur olim Maxmud Qoshg’ariyning
“ Devonu lug’atit turk” asarida berilgan misollarda kurish mumkin .
Baxor shunday ta’riflanadi: “Yashin yashnadi, bulut quzg’alib, hayo jonga tushdi.Ayg’ir va biyalar baxor kelgandan zavqlanib , shodlik Bilan kishnashadi va yayrashib olishadi…”
“Baxor tongi yorishdi , muzlar erib sel suvlari kabi qattiq oqa boshladi. Yorug’ tong yulduzi ham nur sochib chiqdi”.
Yoz quyidagicha ta’riflanadi :“ Turli tuman chechaklar tizildi ,g’unchasidan ,kurtagidan yozilib kurindi. Ular yer ustida uzoq yotib ezilgan edi, yerdan bosh kutarib bir biridan ayrilishayotir”.
O’tmishda ota ,bobolarimiz yosh avlodni tabiat bilin tanishtirishga, ularda tabiat go’zalligiga xavas tuyg’usini tarbiyalashga aloxida e’tibor berib , tabiat xodisalarni , quyosh , oy, yulduzlar xaqida ijod etilgan afsonalarni aytib berganlar , shu yullar Bilan ular bolalarda tabiat , tabiiy xodisalar xaqida tasavvur qilganlar , tabiat go’zalligiga xavas , uni e’zozlash, go’zallik yaratish tuyg’usini kamol toptirganlar.
Hayotda go’zallik yaratish kup narsani bilish, tabiatni , uning go’zalligini, tabiatga go’zallik baxsh etayotgan odamlarning maxorat va qudratini chuqur xis etish kerak .
Tabiat go’zalliklari bolalar ma’naviy dunyoqarashning tarkib topishi va rivojida muxim ahamiyat kasb etadi , tabiat uz go’zalligi bilan ularni o’ziga maftun etadi. Tabiat lavxalari o’zining tabiiy ko’rki bilan bolalarda yorqin hissiyot uyg’otadi. Tabiat bolalarni go’zallikni xis etish , go’zal didli qilib tarbiyalash manbai bulishi bilan birga , ularni insonparvar go’zal axloqli qilib tarbiyalashda ham muxim mavqega ega bulgan. Buni yaxshi bilgan ota onalar bolalarining diqqat e’tiborini yam yashil qir adirlarga bog’, daryo, dengizlarga jalb etganlar. Ana shu go’zalliklar odamda xar bir narsa uzgaradi , ammo fazilat qonunlari sira ham uzgarmaydi. Rivoyat qilishlaricha Yoshi bir joyni qoralab qolgan otaxon dashtga chiqib ko’chat ekayotgan ekan. o’sha chog’ ot minib olgan bir boyvachcha o’tib qolibdi. U cholning yoshini so’rab: «To’qsondan oshibsiz, bir oyog’ingiz to’rda, bir oyog’ingiz go’rda bo’lsa nima qilasiz bunaqa urinib. Undan ko’ra tinchgina o’ltirsangiz bo’lmaydimi» debdi. SHunda chol uning dilini ranjitmay «Umidli dunyo, bolam», deb qo’ya qolibdi.
CHolning bu gapini qurumsoqlik, dunyoga to’ymaslik deb tushungan boyagi boyvachcha o’ylamasdan: "Siz shuning mevasidan yesangiz, men iloyo sizning yoshingizga yetmayin", deb og’ziga so’z olib qo’yibdi. Bu gap cholning qulog’iga yetsa ham indamabdi. Lekin ichida hamsuxbatining yengiltakligiga afsus qilibdi.
Oradan yillar o’tibdi. Nixollar katta bo’lib xosilga kirib, soya-salqin boqqa aylanibdi. Yoz kunlarining birida boyagi boyvachchaning yo’li shu tomonga tushib chanqovini qondirish uchun bog’ egasini chaqirib, bir piyola suv so’rabdi. SHunda bir mo’ysafid chiqib, boyvachchani ichkariga taklif qilib, oldiga barkash - barkash noz-ne’matlar - olma-yu uzum, shaftoli-yu noklar qo’yibdi. Ammo o’zi esa nima uchundir bu ne’matlardan og’ziga bir dona ham solib tatib ko’rmabdi. Bundan xayron bo’lgan mexmon buning sababini so’ragan ekan, shunda chol:
-Bu bog’larni men faqat o’zim uchun emas, o’tgan - ketganlarning og’zi tegsin, deb obod qilganman, o’g’lim. Lekin o’zim shu choqqacha uning mazasini totib ko’rganimcha yo’q, - debdi.
Boyvachcha xayron qolib, sababini so’ragan ekan ota:
-Men bu mevalarni yesam, siz mening yoshimga yetmay qolasiz, - debdi.
Boyvachcha yigit cholni tanibdi. o’zining yengiltakligi, umidsizlik bilan yashashning naqadar yomon ekanligidan xijolat chekib peshonasiga uribdi.
BAYT:
Orzu – daralarda kezguvchi oxu,
Umid yetaklabdi tog’lar boshiga.
Mashaqqatga chidab demasang yo xu...
Aslo yetib bo’lmas uning qoshiga.
Tabiat go’zalligi utmish mutafakkir shoir adiblar e’tiborini uziga jalb etgan . ular uz asarlarida tabiat go’zalligini aks ettirib, yoshlar va kattalarda unga xavas uyg’otganlar undan baxramand bulishga da’vat etganlar. Ular yaratgan bu asarlar xalqning go’zallik tarbiyasida muxim vosita bulib xizmat qilgan va qilmoqda .
O’tmishda ota bobolarimiz tarbiyada nasixat, tushuntirish, rag’batlantirish , maqtash , namuna kursatish , tanbex berish , taqiqlash , majbur qilish pupisa qilish qurqitish usullaridan foydalanganlar . Jamoa a’zolari bu usullarni qullashda axloq qoidalariga suyangan xolda qilgan ishi xatti xarakatining tug’ri yoki notug’ri xaqida bolaga ishonch xosil qilishga xarakat qilganlar , unga axloqlilik va axloqsizlik odillik va odilsizlik yaxshilik va yomonlikning ma’nosini tushuntirganlar . Bu tartib tarbiyada asosiy qoida xisoblangan .
Bobolarimiz bola xaqi – ulug’ xaqlarning ulug’i bulib , bunga ota- ona va murabbiylar ma’suldir , deydilar . shuning uchun bola xaqlarini bilish va kerakli paytda ado etish ota- ona va murabbiylar burchidir . Bola yoshlikdan vaqtida xar xil tarbiyaga moyil bulgani uchun bu davr ulug’ g’animatdir. SHunga kura , uni yoshlik – bolalalik vaqtidan boshlab tarbiya qilish kerak. Agar bolaga yaxshi tarbiya berilsa u baxtli saodatli buladi yaxshi ishlari bilan ota-ona va murabbiylarni quvontiradi Bolalarni yaxshi tarbiyalash uchun ota onaninguzi axloqli tarbiyali bulishi shart bolalarga bergan tarbiyalariga uzlari amal qilmasa xulq atvorlarini tuzatmasa tarbiyalash ishini muntazam va doimiy suratda olib bormasa tarbiya besamara buladi ota ona bolalarini tug’ri suzlash va tug’ri ishlashga urgatib borsa ular tug’ri suzlash va tug’ri ishlashga odatlanadilar.yomon tarbiya bolalarni baxtsiz qiladi .
Ota-bobolar qilgan ugitlarga amal qilgan bolalar odobli go’zal fazilatli bulib kamol topganlar , kamol topadilar .Go’zal fazilatli bulgan bola – odam ota- onagaqarindosh urug’lariga dustlarga umuman hammaga muruvvatli buladi ,shafqat va marhamat odob axloq va poklikka rioya qiladi. Fazilat sabali u insonlik nomini bulg’alashdan , nomussizlik vijdonsizlikdan pok buladi.SHu tufayli ham utmish donishmandlar “Insoning birinchi fazilati boshqalarning xuquqiga sharaf nomus va orzulariga xurmat va rioya etishdir” deb uqtirganlar yana deydilarki , “ Bu Dunyoda xar bir narsa uzgaradi fazilat qonunlari sira uzgarmaydi
Donishmandlar amal qilgan hikmatlarga ota bobolar murojaat qilib deydilarki: “Aziz bolalar, ota- onangizni hurmat qiling . Ota onani hurmat qilishingiz ular sizning qoshingizda doimo muxtaram ekanliklaridan dalolat beradi.

Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin