Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyasini xalq maqollaridan foydalanish


Tarbiyaviy tadbirlarda rivoyatlarning pedagogik ahamiyati. (Mehridaryo ustozlar tadbiri misolida)



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə4/8
tarix13.04.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#125243
1   2   3   4   5   6   7   8
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyasini xalq maqollaridan foydalanish Kurs ishi...

3.Tarbiyaviy tadbirlarda rivoyatlarning pedagogik ahamiyati. (Mehridaryo ustozlar tadbiri misolida)
O’zbek xalkiga xos milliy hususiyatlar, uning milliy madaniyati, ilm-fan, san’at va adabiyot soxasida erishgan yutuqlarida, oilaviy turmush tarzida bola tarbiyasida qullangan usul va tadbirlarda nomoyondir.
Yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qullangan usul va vosita tadbir shakllari, urf-odat va an’analar, tarbiya xaqidagi g’oyalar-hayotiy tajribalar o’zbek xalq pedagogikasida mujassamdir.
Hali maktab bo’lmagan pedagogika fan sifatida shakllanmagan davrdayoq qabila a’zolarining bolalar tarbiyasi soxasida ortirgan, tajribalari hayotiy mevasi sifatida bizning davrimizga qadar yetib kelgan va xalk pedagogikasi shaklida tarkib topdi. Xar birjamiyatda yashagan xalk ruxi, do’stlik, birodarlik, mardlik, vatan va xalkka sodiqlik g’oyalari, ota-onalarning o’zaro axiligi, ular bilan farzandning o’zaro mexr-muxabbati, qadr-qimmati, insoniy eng yaxshi fazilatlari u ijod etgan maqol, topishmoq, ertak, latifa, lapar, askiya, dostonlarda tarannum etgan. Bu yodgorliklar o’z muxtasarligi, qiziqarliligi, rovonligi, oxangdorligi, pandnomaligi (didaktikligi) g’oyaviyligi bilan, g’oyatda muxim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Xalq pedagogikasining eng qadimgi yozuv paydo bo’lishidan oldin shakllandi. Shunga ko’ra, u ilmiy pedagogikaning boshlanishi xisoblandi. Xalq pedagogikasi inson, xalq bunyod bo’lgan davrdan boshlab mavjuddir. Jamoatchilik xususiyati, hayotiylik, hayotiy ifodalilik-xalq pedagogikasining asosiy xususiyatidir.
Xalq pedagogikasida xar bir xalkka xos donishmandlik uning tili, atama va shevalarida yorqin ko’rinadi. SHu sababli ham xalq pedagogikasi, keng mehnat ahli ga tushinarlidir. Ayrim atamalar iste’moldan chiqqanligiga qaramay, yozma adabiyotda, xalq ijodida yashamoqda, g’oyaviy estetik, fazifani bajarmoqda. Xalq pedagogikasiga xos obrazlilik, yorqinlik, ta’sirchanlik, kuchi faqat, sifatlash, mubolag’a, majoz, ritorlik suroq va undoshlarda emas, balki til boyliklari, fonetika, morfologiya, sintaksisda ham nomoyondir.

Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin