Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
ko‘rgan rasmlari asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
unli tovushlar, ularning talaffuzi, harflar bilan ifodalanishini, J harfining j (portlovchi) va j (sirg‘aluvchi) tovushni ifodalashini, sh, ch, ng harf birikmalari, ularning bitta tovush ifodalashini, aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlarni, ya’ni b-p, d-t, z-s, j- sh, j-ch, v-f, g‘-x kabi undoshlarni, so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini tinglab tushuna oladi;
mashq matnidagi so‘zlarni to‘g‘ri o‘qiy oladi, tuzilishi murakkab so‘zlarni bo‘g‘inlab yoza oladi, tutuq belgili so‘zlarni yoza oladi, tutuq belgisining o‘rniga ko‘ra, ya’ni tutuq belgisidan oldingi unlini cho‘ziqroq aytib va tutuq belgisi undoshdan so‘ng kelganda bo‘g‘inlarni ajratib o‘qiy oladi;
so‘z oxirida ketma-ket kelgan (d-t, (nd, st, rg, lt) g-k) undoshlarini yozuvda yoza oladi. Tutuq belgisi qatnashgan so‘zlarni, ya’ni o‘zidan oldingi unli va undosh bilan qoldirib yozishni biladi. Alifbodagi bosh va kichik harflarni alifbo tartibida yoza oladi, sh, ch, ng harf birikmali so‘zlarni bir satrdan ikkinchi satrga ko‘chirib yoza oladi. Gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi;
joy nomlarining bosh harf bilan, ya’ni Respublika, shahar, ko‘cha, qishloq, daryo nomlarini bosh harf bilan yoza oladi, shaxs va narsaning nomini, harakatini, belgisini, miqdorini bildirgan so‘zlarni yoza oladi, harflarni yozuvda imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda harflarni bir-biriga bog‘lab, ko‘chirib, namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi.
Dostları ilə paylaş: |