157
2.
Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi.
(OO‘Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” 2005 yil. 303 b.
3.
Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan praktikum. (O
O‘Y uchun ) Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2004 yil.188 b.
6-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitish metodlari.Induksiya, Deduksiya va
analogiya metodlari.
Reja:
1.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitish metodlari.
2.
Induksiya, Deduksiya va analogiya metodlari.
Maqsad:
Talabalarda matematika o‘qitish metоdikasida qo‘llaniladigan o‘qitish metоdlari
haqidagi bilim,malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash.Boshlang‘ich matematika ta’limi
jarayonida o‘rganilgan o‘qitish metodlarini tadbiq eta bilishni o‘rgatish.
Tayanch tushunchalar
: Metod, Induksiya,
Deduksiya va analogiya
.
Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri birlikdan umumiylikka,
xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi. Induktiv xulosa – xususiydan umumiyga
qarab boradigan xulosadir
. Amaliy metodlar. Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni
bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar o‘qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan,
bunday
metodlar jumlasiga yozma va og‘zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari,
mustaqil
ishlarning ba’zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka
va ko‘nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo‘llaniladi.
Mashq
deb biror amalni, shu amalni o‘zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali
ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash,
mashq qildirish va
ijodiy mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Ijodiy xaraktyerdagi mashqlarga masalan, masala va
misollarni turli usullar bilan yechish, ifoda bo‘yicha masala tuzish,
qisqa yozuv, chizmaga
ko‘ra masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar kiradi.
Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri birlikdan
umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi. Induktiv xulosa – xususiydan
umumiyga qarab boradigan xulosadir..
Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret qoidalarga o‘tishdir.
Analogiya –
shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining o‘xshashligi bo‘yicha
bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham o‘xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi.
158
Analogiya “xususiydan xususiyga boradigan”, bir aniq ma’lumotdan boshqa aniq ma’lumotlarga
boradigan xulosadir.
Talabalar ikki guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’zidan kelib chiqib
nomlanadi va guruhlarda
ishlash uchun topshiriqlar beriladi:
Dostları ilə paylaş: