201
1. KIRISH
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni.
Dastur matematika o‘qitish metodikasining o‘quv predmeti: o‘qitish maqsadi,
mazmuni, metodlari, vositalari, o‘qitishni tashkil etish shakllari, nomanfiy butun sonlarni
raqamlash, arifmetik amallarni o‘rgatish
metodikasi, asosiy miqdorlar ustida ishlash
metodikasi, algebra va geometriya elementlarini o‘rgatish metodikasi, masalalar ustida
ishlash metodikasi, matematika o‘qitish metodikasining
tarixiy taraqqiyoti kabi
masalalarni qamrab olgan. Metodika fanini o‘rganish talabalarni kichik yoshdagi
o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishiga
tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotini mustaqil o‘rganishni
davom
ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o‘qish, hisoblash
malakalarini shakllantirish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur
bo‘lgan ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.
“Matematika o‘qitish metodikasi” fani umumkasbiy fanlar
blokiga kiritilgan kurs
hisoblanib, 2-va3-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan gumanitar fanlar
turkumiga kiradi va “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” bakavriat ta’lim
yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Matematika o‘qitish metodikasi fanini puxta o‘zlashtirish
nazariy materiallarni bilish bilan birga, talabalarning pedagogik
amaliyoti davrida va
universitetni bitirgandan keying ishlarda ko‘nikma sifatida xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: