Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Boshlangʻich ta’limda foydalaniladigan innovatsion texnologiyalar turlari



Yüklə 8,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/167
tarix24.11.2023
ölçüsü8,3 Mb.
#133719
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   167
majmua MO\'M-22

 
Boshlangʻich ta’limda foydalaniladigan innovatsion texnologiyalar turlari 
Маmlakatimizda taʼlim tizimida, fanlarni oʻqitishda yangi 
innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan 
yangi innovatsion texnologiyalar taʼlimning universal vositasi hisoblanib
nafaqat oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish imkonini 
beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirib, bilishga qiziqishlarini 
qondiradi.
Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa taʼkidlanmoqdaki, darsni yangi 
innovatsion texnologiyalar asosida oʻtish oʻquvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri, 


34 
nutqiy faoliyatning rivojlanishiga kuchli taʼsir etadi. Oʻquvchining xotirasida u yoki bu hodisa, 
jarayonning obrazli ifodalanishi oʻquv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan oʻzlashtirilishiga 
yordam beradi. 
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari nafaqat yangi innovatsion texnologiyalar, ulardan 
foydalanishni, balki yangi texnologiyalarning dars turi, dars tipi, dars metodlariga mutanosib va 
mos kela olishini ta’minlashni, innovatsion texnologiyalar orqali oʻquvchilarning anglash, bilim, 
koʻnikma va malakalarni puxta oʻzlashtira olish qobiliyatini shakllantirish yoʻllarini chuqur 
anglashlari zarur

Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisi yangi innovatsion texnologiyalarini yaxshi bilishi va 
dars jarayonida toʻgʻri foydalana olishi zarur. Qolaversa, hozirgi kunda barcha ta’lim 
muassasalarida ham eng yuqori jabhada turuvchi asosiy maqsad darsning sifati va samaradorligini 
oshirish, oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini orttirishdir. Ayniqsa, boshlangʻich sinflarda
tushuntirish jarayoni oʻqituvchi uchun uni idrok etib, tushunish jarayoni esa oʻquvchi uchun 
qiyinchilik tugʻdiruvchi fanlar doirasada ham sifat va samaradorlikni me’yorda saqlab qolish
oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini oʻstirish asosiy vazifalardan biri sanaladi. Yuqori 
natijaga erishish uchun oʻqituvchi dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan oʻz oʻrnida 
foydalanishni bilishi zarur. Oʻqituvchi boshlangʻich sinf darslarni oʻqitish jarayonida foydalanishi 
mumkin boʻlgan innovatsion texnologiyalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

Yüklə 8,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin