Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida



Yüklə 8,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/167
tarix24.11.2023
ölçüsü8,3 Mb.
#133719
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   167
majmua MO\'M-22

“Zig zag” strategiyasi (metodi) 
Metod tahsil oluvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta 
oʻzlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 
― tahsil oluvchilarda jamoa (yoki guruh) boʻlib ishlash koʻnikmasi shakllanadi; 
― mavzuni oʻzlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. 
“Zig zag” strategiyasini qoʻllash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
― sinf tahsil oluvchilari bir necha (5―7 ta) guruhga boʻlinadi; 
― yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5―7 ta qismga 
ajratiladi; 


40 
― har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1matn, 2matn, ... va hokazolar) beriladi va 
uni oʻrganish vazifasi topshiriladi; 
― belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydi
― vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi va ular oʻrganilgan 
matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruhdoshlariga soʻzlab beradilar; 
― liderlarning fikri guruh a’zolari tomonidan toʻldirilishi mumkin; 
― barcha guruр oʻzlariga berilgan matnni puxta oʻzlashtirganidan soʻng matnlar 
guruhlararo almashtiriladi; 
― bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi; 
― shu taxlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn tahsil oluvchilar tomonidan 
oʻzlashtiriladi. 
Interfaol metodlarni chiroyli usulda jadvallar orqali tushuntirib, yetkazib berish uchun biz 
ta’lim vositalaridan
foydalanamiz. Koʻp adabiyotlarda ta’lim vositalari 
grafik organayzerlar
ham deb yuritiladi. Bularga BBB, Baliq skeleti, T-sxemasi, Venn diagrammasi, Insert jadvali
Nilufar guli yaqqol misol boʻla oladi.( Rasmda diagramma xato yozilgan) 
Dars jarayonida mavzularni sermahsul tushuntirish uchun oʻqituvchiga kerakli boʻlgan 
innovatsion texnologiyalardan yana biri axborot texnologiyalari sanaladi.

Yüklə 8,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin