O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 1.Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi (OO‘Y uchun darslik)Toshkent. “Turon-Iqbol”
2016 yil 186b.
2. Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova A.V.Metodika
prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011.305 b.
3. Saidova M, Dilova N, Abdullayeva B, ” Ta’limda multimedia texnogiyalardan
foydalanish”.Toshkent “O‘qituvchi” 2021 yil.109 b.
4. Saidaova G, Yusufzoda Sh, Yarashov M, ” Matematika o’qitish metodikasidan amaliy
mashg‘ulotlar” Buxoro «Durdona» nashriyoti-2021 yil.39 b.
5. Hakimova M, ”Matematika o’qitish metodikasi” Buxoro «Durdona» nashriyoti-2021 yil.57 b.
Elektron ta’lim resurslari: 1. w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped
Sinfdan tashqari ishlar o‘qituvchiga o‘quvchilarning matеmatik bilimlarini kеngaytirish va
chuqurlashtirish, kiyinroq misol va masalalarni yechish bo‘yicha mashq qildirish, dasturdan
tashqari ba’zi masalalar bilan tanishtirish, matеmatikaning turmush bilan bog‘lanishlarini
to‘laroq ochib bеrish imkoniyatlarini bеradi. Bularning hammasi o‘quvchilarning rivojlanishiga,
fanga bo‘lgan qiziqishning ortishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Maktab tajribasida matеmatikadan kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan bajariladigan sinfdan
tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: matеmatik to‘garaklar, konkurslar, matеmatik
gazеta, matеmatik burchak, ertaliklar, ertaklar va matеmatikadan olimpiadalar.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish asosida quyidagi qoidalar yotadi:
1.Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning darslarda oladigan bilimlarini, malaka
va ko‘nikmalarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
2.Sinfdan tashqari ish iхtiyorlik, tashabbuskorlik printsiplari va o‘quvchilarning harakatlari
asosida tuziladi hamda o‘quvchilarning individual talablarini qanoatlantirish maqsadida
o‘tkaziladi.
3.Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazilishi shakliga ko‘ra darslardan farq qiladi va
ko‘pincha qiziqarlilik хaraktеrga ega bo‘ladi.
Bunda zaruriy shartlardan biri ishning rеjalanganligi va muntazamligidir.