Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


“Innovatsiya” soʻzi lotincha boʻlib



Yüklə 8,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/167
tarix24.11.2023
ölçüsü8,3 Mb.
#133719
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   167
majmua MO\'M-22

“Innovatsiya” soʻzi lotincha boʻlib
, “yangilik, oʻzgartirish, yangilanish” degan ma’nolarni 
anglatadi. Innovatsion texnologiyalarning eng yuqori jabhasida turuvchi texnologiya 
pedagogik 
texnologiya
sanaladi.
Pedagogik texnologiyalar
boshqa innovatsion texnologiyalarga nisbatan keng tushuncha, 
u darsning umumiy holatini, yaxlit bazasini tashkil etadi. Boshlangʻich ta’limda oʻqitiladigan 
darslar jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish deganda darsning har bir bosqichini 
ma’lum tizimga solish tushuniladi. Darsni boshdan-oyoq qoliplashtirishda uning har bir 
elementini hisobga olish, oʻquvchilarning qay tartibda oʻtirishidan tortib, barcha topshiriqlarni 
rejali va koʻrgazmali ma’lum bir qolip asosida tashkil etiladi. Masalan, boshlangʻich sinf 
matematika darslarida siz 1-sinfda 10 ichida qoʻshish va ayirish mavzusini oʻtmoqchisiz, 
matematika darsini oʻtadigan sinfingizda 30 nafar oʻquvchi boʻlsa, siz 
“5x6” texnologiyasidan
foydalanib, darsni noan’anaviy tashkil etishingiz mumkin. Bu texnologiya asosida darsni tashkil 
etish uchun oʻqituvchi 6 ta stol qoʻyib, har bir stol atrofida 5 tadan stul qoʻyib chiqadi. 
Guruhlarda sardor tayinlanadi. Topshiriqlar ham ancha oldin rejalashtirib qoʻyilgan boʻlib, 
ma’lum tizim va umumiylikka ega boʻlishi lozim.


35 
Shuni unutmaslik kerakki, darsda turli xil rang-barang koʻrgazmalardan, didaktik 
oʻyinlardan, bir nechta interfaol metoddan foydalanish noan’anaviy dars boʻla olmaydi. 
Noan’anaviy dars boʻlishi uchun darsni ma’lum pedagogik texnologiya asosida tashkil etish 
lozim. 
Dars jarayonida foydalanishi mumkin boʻlgan innovatsion texnologiyalardan yana biri bu 
interfaol metod sanaladi. 
Interfaol metod
degani ― koʻp kuch sarf etmay, yuksak natijaga 
erishishdir.
Aynan ta’lim jarayonida foydalaniladigan interfaol metodlarning usuli juda xilma-xil 
boʻlishi zarur.

Yüklə 8,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin