40
― har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1matn, 2matn, ... va hokazolar) beriladi va
uni oʻrganish vazifasi topshiriladi;
― belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn
ustida ishlaydi;
― vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi va ular oʻrganilgan
matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruhdoshlariga soʻzlab beradilar;
― liderlarning fikri guruh a’zolari tomonidan toʻldirilishi mumkin;
― barcha guruр oʻzlariga berilgan matnni puxta oʻzlashtirganidan soʻng
matnlar
guruhlararo almashtiriladi;
― bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi;
― shu taxlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn
tahsil oluvchilar tomonidan
oʻzlashtiriladi.
Interfaol metodlarni chiroyli usulda jadvallar orqali tushuntirib, yetkazib berish uchun biz
ta’lim vositalaridan
foydalanamiz. Koʻp adabiyotlarda ta’lim
vositalari
grafik organayzerlar
ham deb yuritiladi.
Bularga BBB, Baliq skeleti,
T-sxemasi, Venn diagrammasi,
Insert jadvali,
Nilufar guli yaqqol misol boʻla oladi.( Rasmda diagramma xato yozilgan)
Dars jarayonida mavzularni sermahsul tushuntirish uchun oʻqituvchiga kerakli boʻlgan
innovatsion texnologiyalardan yana biri axborot texnologiyalari sanaladi.
Dostları ilə paylaş: