Mavzu: Botulizm kasalligi qo`zg`atuvchisi



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə3/4
tarix22.11.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#133535
1   2   3   4
Botulizm kasalligi qo`zg`atuvchisi

Chidamliligi. Qo’zg’atuvchining vegetativ hujayralari tashqi muhitning har xil omillariga chidamsiz. 800S haroratda 30 minutda, qaynatganda 2-5 minutda o’ladi. Qo’zg’atuvchi sporalari juda chidamli. Ular 5-6 soat qaynatilganida halok bo’ladi. Shuning uchun botulizm sporasini zarasizlantirish uchun uni 1200Sda 30 minut avtoklavlash kerak. Sporalar past haroratga chidamli va -190S da o’lmaydi. -160Sda bir yil saqlanadi.

Shuning uchun ko’p miqdorda sporasi bor muzlagan substratlar zaharli bo’lishi mumkin. Ular suyuq moddalarda qaynatilganda 15-20 minutdan keyin, zich moddada esa 2 soatdan keyin parchalanadi.

Bakteriya sporalari 5% li fenolda bir sutka, 10% li xlorid kislotasi uy haroratida bir soatda, 40% li formalin ikki barobar suyultirilganda 24 soatda o’ldiradi.

Hayvonlarda botulizm kasalligini klinik ko`rinishi va o`lim.

Immunitet botulizmda antitoksinlidir. Moyil havonlarda botulizmga tabiiy immunitet hosil bo’lmaydi. Kasallanib tuzalgan odamlarda, hayvonlarda ham immunitet paydo bo’lmaydi. Maxsus anatoksin yuborib, sun’iy emlash yo’li bilan botulizmga mustahkam antitoksik immunitet hosil qilish mumkin.

Immunitet botulizmda antitoksinlidir. Moyil havonlarda botulizmga tabiiy immunitet hosil bo’lmaydi. Kasallanib tuzalgan odamlarda, hayvonlarda ham immunitet paydo bo’lmaydi. Maxsus anatoksin yuborib, sun’iy emlash yo’li bilan botulizmga mustahkam antitoksik immunitet hosil qilish mumkin.

Diagnozi. Xarakterli klinik belgilari yoki anamnez va laboratoriya tekshiruvlari natijasiga asoslanib qo’yiladi.

Biopreparatlar. Botulizmning maxsus oldini olish uchun anatoksinlar qo’llaniladi. Hayvonlardan faqat norkalar emlanadi. Oldini olish maqsadida norkalar botulizmga qarshi formol kvassli anatoksin vaksina bilan emlanadi. Vaksina songa, mushaklar orasiga 1 ml. miqdorda yuboriladi. Immunitet 2-3 haftadan keyin hosil bo’lib, bir yilgacha saqlanadi.

BOTULIZM KASALLIGINING LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI


Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin