Qo’zg’atuvchi spora hosil qiluvchi anaerob - Cl. Botulinumning A, B, C, D, E, F tiplaridir. Bu tiplar morfologik va kultural xususiyatlari jihatidan bir xil, lekin immunologik jihatdan farq qiladi: ularning har biri faqatgina o’xshash antitoksik zardoblar bilangina neytrallanadi.
Laboratoriyaga tekshirish uchun gumon qilingan oziqalardan namunalar (silos, don, kombikorm, go’sht va baliq chiqindilari), shuningdek o’lgan hayvonlarning oshqozonidagi massa, jigar bo’lakchasi va kasal qayvonlarning qoni yuboriladi.
Patologik material hayvon o’lganidan keyin 2 soatdan kechiktirmasdan olinadi.
Materialni tekshirishga tayyorlash. 1. Keltirilgan patologik material bir vaqtda botulizm toksinlari va qo’zg’atuvchisiga tekshiriladi; qon esa faqat botulizm toksinlariga tekshiriladi.
2. Oziqa namunasi, oshqozon massasi, jigar bo’lakchalari 25-30 g miqdorda steril hovonchada steril qum bilan yaxshilab eziladi va teng miqdorda yoki ikki barobar ko’p hajmda fiziologik eritma quyib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan bir xil gamogen massa 2 soat uy haroratida ekstraksiya bo’lishi uchun turadi. Uchdan ikki qismi toksinni ajratish uchun, bir qismi esa-qo’zg’atuvchini ajratish uchun ishlatiladi.
3. Kasal hayvonning qoni suyultirilmasdan tekshiriladi. Botulizm toksini qonda tez buziladi, shuning uchun uni joyida (xo’jalikda) tekshirish kerak.