Mavzu: Bozor sharoitida korxonalarning shakillanishi. Reja


-chizma. Korxonaning maqsadi



Yüklə 82,22 Kb.
səhifə2/9
tarix02.12.2023
ölçüsü82,22 Kb.
#137113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Mavzu

2.1-chizma. Korxonaning maqsadi.
Ushbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarniamalga oshi-rishini talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologikmaqsadlarni kiritish mumkin. Talabga va standartga javob beradigan mahsulotyaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish programmalarini amalgaoshirish uchun texnik maqsadlar qo’yiladi. Ularga eng avvalo tovar yoki mahsulotniyaratish va tayyorlash, ularning sifat ko’rsatkichlarini standartga moslash, ishlabchiqarish salohiyatini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi.
Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib, korxona-ning
oldiga ijtimoiy maqsadlar qo’yiladi.
Tabiat va jamiyatni muhofazasini ta’minlash har xil ko’rinishdagi ofatlarni (yonilg’i, suv toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik maqsadlar amalga oshiriladi.
Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko’rsatib o’tamiz. Boshqaruv vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo’jalikaloqalair, davlat bilan munosabatlar, informatsion ta’minot, moddiy-texnikta’minot, ishchi kuchi ta’minoti, ijtimoiy, ekologik va hokazo vazifalar.
Sanoat korxonalari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini ilg’or, zamonaviytexnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqasohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish darajasigabog’liqdir. Sanoat tarmog’ining yanada rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotiningkuchayishida muhim omil hisoblanadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarishvositalari bilan bir qatorda xalq iste’moli buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholiturmush darajasining oshishiga
xizmat qiladi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:
- bozorni har tamonlama o’rganish asosida mavjud mahsulot (ish,xizmat)larga bo’lgan va kelajakda paydo bo’ladigan talabni aniqlash va o’zistiqbolini belgilash;
- mahsulotlarni reklama qilish, o’rash, turli texnik xizmatlar ko’rsatishnitashkil etish;
- mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish nuqtai nazaridan
ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish;
- iste’molchilar talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqishni tashkilqilish;
- ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, dasturlash vamoliyalashtirish;
- mahsulotlarni sotish tizimini tashkil etish va takomillashtirish;
- korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar.
Bozor tizimida iqtisodiy sub’ektlarning bir-biri bilan oldi-sotdi munosabatlarining
predmetlarini keltiramiz (2.1-jadval).

Yüklə 82,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin