Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari
2.1-jadval
Bozor sub’ektlari
Sotish predmetlari
Sotib oladigan predmetlari
1. Davlat
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo’shlig’i, o’simliklar va hayvonot dunyosi, uy-joy, litsenziya, davlat tashkilot-lari va muassalarining xizmatlari
Davlat va jamiyatga zarur
bo’lgan tovarlar (davlat
boshqaruv organlari, mudofaaga va hokazolar), ishchi kuchi, jihozlar, fan texnika yutuqlari va boshqalar
2. Korxona
Tovarlar, xizmatlar, o’ziga tegishli moddiy ne’matlar, intellektual mulk
Yer, tabiiy boyliklar, moddiy
resurslar, ishchi kuchi, tovarlar, xizmatlar, qimmatbaho qog’ozlar va hokazolar.
3. Uy xo’jaligi
Ishchi kuchi (mehnat), o’ziga tegishli moddiy ne’matlar, tovarlar, xizmatlar
Iste’mol tovarlari, xizmatlar, moddiy ne’matlar
Tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona - moddiy, mehnatva moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati asosidatashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining,bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki sotsial ahamiyatgaega bo’lgan funksiyasini bajarishdir. Shunday qilib korxona xo’jalik sub’ekti bo’lib,uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan kelibchiqadi.
Korxona tushunchasining muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o’z harakatlarigaj avobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo’jaliksub’ekti sifatida
namoyon bo’ladi.
Korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo’lib, u albatta huquqiyshaxs bo’lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi qonunining 3-moddasida quyidagicha ta’rif berilgan:
Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigantijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik sub’ektla-rining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Xususiy korxona o’z mulkida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidanmulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi,majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.Xususiy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulkbilan javob beradi.Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo’lmagantaqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkbilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo’ladi.3 _____________________________________
3 O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni. 2003 yil 11 dekabr, 558-II-son
“Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni to’la yuritish huquqi bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosidamahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydiganishlarni bajaradigan, xizmat ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barchashakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o’z faoliyatiniro’yobga chiqaradigan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi”.
Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lish uchun quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
birinchidan, faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun birinchidan, mol-mulkiga ega bo’lishi;
ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish;
uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish;
to’rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish;
beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo’lishi mumkinligi;
oltinchidan, mustaqil xo’jalik balansiga ega bo’lish.
Huquqiy shaxslarning ayrim filiallari (xo’jalik bo’limlari, uchastkalari, agentlik-lari) ma’lum tizimga ega bo’lgan, muayyan tarzda tashqil etilgan bo’lsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona, muassasa) ishiniig bir qisminigina bajaruvchi tashkilot-lar bo’lishi tufayli huquqiy shaxs bo’la olmaydi. Masalan, universitetningbir fakulteti muayyan tartibda tashqil topib, ish olib borish tartibi kafedra a’zolario’rtasidagi o’zaro munosabatlar, dekanning vakolatlari belgilangan bo’lsa ham huquqiy shaxs hisoblanmaydi. Mulkiy mustaqillik- fuqarolik huquqining sub’ekti bo’lishi uchun huquqiyshaxs hisoblangan har qaysi tashqilotning o’ziga xos mulki bo’lishi, har qaysi davlattashqilotining o’ziga biriktirilgan mulki bo’lishini taqozo qiladi.
Boshqacha aytganda, huquqiy shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak(FKning 39-modda 2-bandi).
Davlat tashkilotlari davlatga qarashli mulkni to’la xo’jalik yuritish yokioperativ ravishda boshqarish huquqigagina egadir, jamoa xo’jaliklari, boshqakooperativ va jamoa tashkilotlar, ularning birlashmalari o’zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega bo’lmagan yokimustaqil ravishda boshqara olmaydigan va sababli boshqa shaxslar bilan xo’jalik munosabatlarida bo’la olmaydigan tashkilotlar fuqarolik huquqining sub’ekti hisoblanmaydi.
Mustaqil mulkiy javobgarlik - shundan iboratki, huquqiy shaxs hisoblangan tashki-lot o’z majburiyatlari yuzasidai o’ziga tegishli bo’lgan (davlat tashqiloti esa,o’ziga biriktirib qo’yilgan) mulki bilan javob beradi. Huquqiy shaxs hisoblangandavlat tashkilotlarning majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo’lmaydi aksincha, bu tashkilotlar ham davlat tashkilotlar majburiyati yuzasidan javobgar bo’lmaydilar. Davlat byudjetida turadigan tashkilotlarning qarzini qoplash, mablag’berish shartlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan belgilanadi.
Huquqiy shaxsning yuqori organi o’ziga qarashli shaxs hisoblangan tashkilot- larning qarzlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Ammo huquqiy shaxsning yuqori organi o’ziga bo’ysunadigan tashkilotlarning qarzlari uchun qonunda yoki Nizomda nazarda tutilgan hollarda javobgar bo’lishi mumkin. Quyi tashkilotlar ham o’zlari-ning yuqori tashkilotlar majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydilar.
Huquqiy shaxslar qarzlari uchun o’zlarining har qanday mulklari bilan emas,faqat O’zbekiston qonuni bilan ko’rsatilgan xaq undirib olishi mumkin bo’lgan mulki bilangina javobgar bo’ladilar.
Huquqiy shaxslarning quyi va yuqori organlari vakolatlari javobgarligini o’zlari belgilagan, davlat tomonidan tasdiqlangan hujjatlarida ko’rsatib, belgilabberilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaga quyidagicha ta’rif berish nazariy va amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz.