Mavzu: Bozor sharoitida korxonalarning shakillanishi. Reja



Yüklə 82,22 Kb.
səhifə4/9
tarix02.12.2023
ölçüsü82,22 Kb.
#137113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Mavzu

Korxona - jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi, aholining talabiniqondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida,xususiy resurslar-dan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan,ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyatibo’yicha qarorlar qabul qiladi-gan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga egabo’lgan, har xil o’lchamdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.

Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga turlanadi.
“O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida” O’zbekistonRespublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzagachiqadi:
- xususiy mulk;
- shirkat (jamoa) mulki;
- ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iboratdavlat mulki;
- aralash mulk;
- boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniyshaxslarining mulki.
Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishimumkin:
- shaxsiy yoki xususiy mulkga asoslangan xususiy korxonalar;
- jamoat mulkiga asoslangan korxonalar;
- davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
- aralash mulkga asoslangan qo’shma korxonalar;
- xorijiy davlatlar, chet el fuqarolari mulkiga asoslangan korxonalar.
Sohalarga qarab korxonalarni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: moddiy ishlab chiqarish sohasidagi; transport; qurilish; aloqa; muomala; xizmat; ta’lim; infratuzilma (infratuzulma); boshqaruv sohalaridagi hamda jamoat jamiyatlari va diniy tashkilotlar korxonalariga.
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga vasohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari quyidagilardir:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtachayillik soni ko’pi bilan yigirma kishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi va ishlab chiqarishbilan bog’-liq bo’lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtachayillik soni ko’pi bilan o’n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlari-dagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh kishi bo’lgan mikrofirmalar;
3) quyidagi tarmoqlardagi:qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilanikki yuz kishi;metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’och-sozlik, mebel sanoatidagi,shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarishsohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yuz kishi;mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloqxo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari-dagi, bandbo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan ellik kishi;fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari(sug’urta kompaniyala-ridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa sohalardagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma besh
kishi bo’lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining o’rtacha yillik soni qonun hujjatla-rida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda o’rindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi boshqa shartnomalar bo’yichaishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar korxonalarda, vakolatxonalarva filiallarda ishlayotgan-larning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko’p tarmoqli) yuridik vajismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko’p bo’lgan faoliyat turimezonlari bo’yi-cha kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kiradi.



Yüklə 82,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin