Davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi. Tadbirkorlik su’ektini Davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ariza beruvchi «biznesni ro’yxatdan o’tkazish» — davlat xizmatini tanlaydi va davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagi belgilangan ariza shakllari bo’yicha:
- shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik sub’ektlarining (yakka tartibdagi tadbirkor);
- tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarning uni ko’rsatishga so’rovnomani
shakllantiradi.
Ariza beruvchi tomonidan so’rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ariza beruvchi so’rovnomani so’ralayotgan ma’lumotlarni kiritish va tizim tomonidan umumiy ma’lumotnomadan taklif etilayotgan ma’lumotlarni tanlash yo’li bilan shakllantiradi. Ariza beruvchi so’rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda
to’xtatish yoki davom ettirish huquqiga ega.
Davlat axborot resurslarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar, ariza beruvchining Yagona identifikatsiyalash tizimidan olingan haqiqiy shaxsiy ma’lumotlarini inobatga olgan holda Tizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Tizim har bir bosqichda so’rovnomada shakllantirilgan ma’lumotlarni saqlab boradi.
Tizim vositasida davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun tegishlicha so’rovnomaga davlat
tilidagi ta’sis hujjatlari,5 qilinadi:
Ariza beruvchi ta’sis hujjatlarini o’z ixtiyoriga ko’ra qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda rasmiylashti-rish huquqiga ega.
So’rovnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar elektron hujjat shaklida bo’lishi kerak.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organga so’rovnomani qog’ozda rasmiylashtirilgan hujjatlarning «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari shaklida ilova qilgan holda jo’natishga yo’l qo’yiladi.
Davlat ro’yxatidan o’tkazish (qayta ro’yxatdan o’tkazish) uchun yuborilgan so’rovnomalar: ikki va undan ortiq muassislari bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarda muassisning so’rovnomada ko’rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va uning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo’li bilan har bir muassisning muassislar tarkibiga kiritilganligiga roziligi mavjud bo’lishi kerak;
muassislari tarkibida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar ko’rsa- tilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, boshqa tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarda majburiy tartibda ko’rsatilgan shaxslarning elektron rahamli imzosi bilan imzolanadi.
Ariza beruvchi so’rovnoma shakllantirilishi oxiriga yetganidan so’ng stavkasi
Tizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadigan davlat bojini to’lashni amalga
oshiradi:
Davlat boji to’langan paytdan boshlab ushbu so’rovnoma Tizim foydalanuvchisiga — ro’yxatdan o’tkazuvchi organ mas’ul xodimining shaxsiy kabinetiga avtomatik tarzda xabarnoma yuboradigan Tizim tomonidan saqlanadi.
Tizim davlat ro’yxatidan o’tkazish muddatlarida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshiradi va ular Tizimning tegishli ma’lumotlar bazalariga muvofiq bo’lganda reestrga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo’li bilan davlat
ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiradi;
Shundan so’ng muvofiq tegishli shakllar bo’yicha ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida gi guvohnomani shakllantiradi;
Ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomada, ta’sis hujjatlarida Tizim foydalanuvchisining — ro’yxatdan o’tkazuvchi organ mas’ul xodimining ERIsi va QR-kod (matritsali shtrix kod), shuningdek identifikatsiya rahamlari bo’lishi kerak.
Davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng tadbirkorlik sub’ekti qonun hujjatlarida belgi- langan tartibda bank hisob rahamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi.
Bank hisob rahamlarini ochish uchun ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohno-maning, ta’sis hujjatlarining asl nusxalarini va nusxalarini taqdim etish talab qilinmaydi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilganda, shuningdek ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda muhr va shtamplar, shuningdek
ularning eskizlarini tayyorlash talab qilinmaydi.
Korxona davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu kundan boshlab korxona xo’jalik faoliyatini yuritishni boshlashi mumkin bo’ladi.
Korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linma-larni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob rahamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiq-lash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Yangi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari, birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan kishilarniig ish joylari bilan ta’minlash, ya’ni jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal qilish bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o’z aksini topadi; va nihoyat uchinchi-dan, iqtisodiy masalalarni yechish, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengayti-rish, ularni tanqisligini kamaytirish asosida aholining moddiy farovonligini oshirishdan iboratdir.
Korxonani ta’sis hujjatlaridan biri uni ta’sis shartnomasi hisoblanadi. Bu hujjat o’z mazmunidan kelib chiqib, kelajakda korxonani tashkil etuvchilarning o’zaro munosabat-larining qoidalarini belgilaydi. Ta’sis etish shartnomasida korxonaning
__________________ Batafsil:5https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/tasis_hujjatlarining_namunaviy_shakllari_tasdiqlandi.
tashkiliy-huquqiy shakli, turi, faoliyati turi, maqsad va vazifalari, joylashish va huquqiy adresi, ustav kapitali hajmi va unda ta’sischilar hissasi, qatnashuvchilarning o’z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv va nazorat organlari, foydani taqsimlash usul va tartiblari, ta’sischilarning huquq va burchlari, ta’sischilar to’g’risida-gi ma’lumotlar va boshqa masalalarni hal qilish tartiblarini belgilaydi.
Ta’sischilar korxonani ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi rasmiy hujjat hisoblanadi. Chunki ustavda korxona bilan davlat o’rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga solinish qoidalari o’z aksini topadi. Ustav qonunlar, qoidalar va Nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchilar tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |