Burun va burun yondosh bo‘shliqlari poliplarini davolash usullari
1.Burun — odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining boshlangʻich qismi va hid bilish aʼzosi. Ovoz chiqarish va soʻzlashda rezonator vazifasini oʻtaydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi); tashqi burun, burun boʻshligʻi va burunning yondosh boʻshliqlariga boʻlinib, yondosh boʻshliqlar B. boʻshligʻiga tor teshiklar orqali ochiladi. Tashqi burun suyaktogʻay skeletidan tuzilgan. Togʻay toʻqima borligi tufayli tashqi burun egiluvchan. Burun terisi bagʻrida yogʻ bezlari bor. Burun boʻshligʻi (Cavitas nasi) yupqa toʻsiq orqali ikki boʻlakka ajralgan boʻlib, kataklar orqali tashki muhit bilan, xoana orqali esa burun-halqum bilan tutashadi. Burun boʻshligʻining tubi qattiq tanglay suyagi hisoblanib, yuqori devori gʻalvirsimon yupqa suyak plastinkadan iborat, hidlov nervining tolalari shu plastinka teshiklaridan oʻtib, burun boʻshligʻiga kiradi. Burun boʻshligʻi devorini hilpillovchi epiteliyli shilliq parda qoplab olgan. Uning tuklari bir maromda tebranib turadi. Burun boʻshligʻini ikkiga (oʻng va chapga) boʻlib turgan toʻsiqning orqa qismi suyak toʻqima, old qismi togʻaydan iborat boʻlib, Burun boʻshligʻining ichki devorini hosil qiladi. Bu boʻshliqning yon devorida uchtadan burun chigʻanogʻi boʻlib, ular ostidan yuqori, oʻrta va pastki havo yoʻllari oʻtgan. Yuqori va oʻrta havo yoʻlining yon devorida teshikchalar bor, Burun boʻshligʻi shular orqali oʻzining yondosh boʻshliqlari bilan tutashadi. Pastki havo yoʻlida yosh burun kanalining teshigi boʻlib, bundan burun boʻshligʻiga yosh oqib tushadi. Burunning yondosh boʻshliqlari toʻrt juft: yuqori jagʻ, peshona, asosiy va gʻalvirsimon boʻshliq. Burun boʻshligʻi orqa tomondan halqum (yutqin)ga katta choʻzinchoq teshiklar — xoanalar bilan tutashadi. B. boʻshligʻini qoplagan shilliq pardaning yuqori qismida hidlov nervining oxirlari tarmoqlangan, qolgan qismidagi hilpillovchi epiteliy tuklari Burun teshiklari tomon tebranib turadi. Burun boʻshligʻi nafas olish, muhofaza, hid bilish va rezonans funksiyalarini bajaradi. Nafasga olingan havo Burun boʻshligʻidan oʻtish vaqtida changtoʻzon zarrachalaridan tozalanadi. Burun shilimshigʻidagi moddalar burun boʻshligʻiga tushgan mikroblarni bir qadar yuqumsizlantiradi. Sovuq havo burun yoʻllaridan oʻtayotganda isiydi va qon tomirlarga boy boʻlgan shilliq pardalarga tegib namlanadi. Shilliq pardadagi hid bilish nervi hujayralari turlituman hidlarni bir-biridan ajratish imkonini beradi. Burun orqali nafas olganda havo burundan oʻta turib chang va mikroblardan tozalanadi, iliydi va namlanadi. Burun kasalliklarini otorinolaringologiya fani oʻrganadi.
2.Burunni parvarish qilish algoritmi.
Og'ir kasal odamda burun shilliq qavatida shilliq va chang to'planadi, bu nafas olishni qiyinlashtiradi va bemorning ahvolini og'irlashtiradi. Og'ir kasal bemorlar burun yo'llarini mustaqil ravishda bo'shata olmaydi. Ertalab hojatxona paytida, agar burundan oqindi bo'lsa yoki qobiq paydo bo'lsa, ularni paxta turundalari bilan olib tashlash kerak:
Tayyorlang: rezina qo'lqop, bir shisha vazelin moyi, paxta momig'i, chiqindilarni tashlash uchun plastik to'rva;
Turundani oling o'ng qo'l, chap qo'lingiz bilan bemorning burun uchini ko'taring va aylanish harakatlari bilan turundani burun yo'llaridan biriga kiriting;
3.Burun va burun yondosh bo‘shliqlari polipi (polipoz rinosinusit) keng tarqalgan kasallik bo‘lgani va ko‘pincha qaytalangan holda kechishi bilan otolaringologlarning kasallikka bo‘lgan qiziqishini yanada orttirmoqda. Bunday kasallik yer yuzi aholisining 1-5 foizida uchraydi. Bizning mintaqaviy sharoitda 10 ming aholiga 5,1 nisbatni tashkil qilsa, mazkur kasallik soha mutaxassislari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa aholisining 4 foizini tashkil qiladi. Mutaxassislarning fikricha PRS asosan, 40-60 yoshli aholi o‘rtasida 51,4 foizni tashkil qilishi, shuningdek, erkaklar orasida uchrash holati ayollarga nisbatan 1,2 marta ko‘proq ekanligi aytib o‘tiladi.
Belgilarni sezish qiyin
E’tiborlisi, bemorlar kasallikning erta bosqichlaridagi ilk belgilarini o‘zlarida sezishmaydi. Ko‘p hollarda kasallik umumiy tibbiy ko‘rik paytida, quloq, tomoq, burun kasalliklari (rinit, gaymorit, frontit, etmoidit) bilan shifokorga yoki allergologga murojaat qilishganda aniqlanadi.
Polipoz rinosinusitning kelib chiqish sababi
Umuman olganda, immun tizimdagi nasliy o‘zgarishlar allergik PRS kelib chiqishiga moyillik yaratadi. Ko‘p hollarda LOR organlarining yallig‘lanishi, shuningdek, allergik va nasl bilan bog‘liq hollar kasallik rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Kasallik oson qaytalanishi mumkin
Keyingi yillarda jarrohlik amaliyoti rivojlanishi va dori-darmonlarning keng qo‘llanishiga qaramasdan kasallikda qaytalanish ko‘rsatkichi 5-60 foizni tashkil qilmoqda. Odatda operatsiyadan keyin bemorlarga tavsiya qilingan dori preparatlarining vaqtida va uzoq muddatli qabul qilinmasligi natijasida kasallikning qaytalanish sur’ati oshganligi kuzatiladi.
Doim yondosh kasallik bilan birgalikda uchraydi
Ma’lumotlarga ko‘ra, polipoz rinosinusit bilan xastalangan bemorlarning barchasida surunkali yondosh kasalliklar, jumladan: yuqori nafas yo‘llari patologiyalari, boshqa a’zolarning o‘sma, nafas a’zolari kasalliklari, allergozlar bilan birgalikda uchrasa, ayrim hollarda allergik rinit bilan kechadi. Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar doimiy ravishda burun bitishi, nafas olishga qiynalishi, hid bilish pasayishi, bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishadi. Shu bois, bunday bemorlarda mehnat qilish qobiliyati susayishi mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Laringit kasalligi ( Mutaxassis bilan suhbat )
Zamonaviy texnologiyalar keng foydalanilmoda
Hozirgi kunda kasallikning tashxisini oydinlashtirish maqsadida zamonaviy tibbiy texnologiyalar, ya’ni kompyuter tomografiya, endoskopik tekshirishlar va multispiral kompyuter tomografiya apparatlaridan keng foydalanilmoqda. Buning natijasida polip to‘qimasining aniq o‘lchami, holati va tarqalish joyini aniq ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘linmoqda. Bu esa o‘z navbatida davolash usulini to‘g‘ri tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar kasallik vaqtida davolanmasa…
Agar mazkur kasallik vaqtida davolanmasa yoki to‘g‘ri yondashilmasa yomon sifatli o‘smalarga aylanishi, suyak to‘qimalariga ta’sir qilishi yoki boshqa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Hatto amaliyotda polipoz rinosinusit kasalligiga chalinib, shifokor tavsiyalariga muntazam rioya qilmaganligi oqibatida 20 marotaba jarrohlik operatsiyasini o‘tkazgan bemorlar ham yo‘q emas.
Bugungi kunda mamlakatimizda kasallikni davolash jarayoni asosan 2 muhim bosqichni o‘z ichiga oladi:
jarrohlik usuli;
jarrohlikdan keyingi davrda uzoq muddatli topik kortikosteroidlar qo‘llanilmoqda.
Birinchi bosqich, ya’ni jarrohlik amaliyoti hozirda respublikamizning ilg‘or otorinolaringologlari tomonidan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.
Ikkinchi bosqichda, shifokor amaliyotidan keyin bemorlar uzoq muddatli topik kortikosteroidlarni qo‘llashlari talab etiladi.