3. Buxgalterlarni milliy va xalqaro sertifikatlash tizimi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga mufofiq 2021 yil 31 yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS bo‘yicha mavjud kadrlar salohiyatini o‘rganish natijalariga ko‘ra tayyorlangan buxgalterlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etish maqsadga muvofiq.
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat organlarining xodimlari) akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitish jadvali har yili tasdiqlanishini ta'minlasin;
v) Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika institutining (keyingi o‘rinlarda – tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalari) «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha pedagog xodimlarini akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha tezlashtirilgan tarzda o‘qitish jadvalini tasdiqlasin;
2020 yil 31 dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish natijalari asosida «Buxgalteriya hisobi va audit» bakalavriat ta'lim yo‘nalishida o‘qitishning kunduzgi shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi:
2020 yil 1 avgustga qadar bakalavriat ta'limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha MHXSni chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ta'lim jarayoniga joriy etsin;
2020 yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta'lim muassasalarida joriy etish choralarini ko‘rsin;
2021 yil 1 yanvarga qadar «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarning akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitilishini ta'minlasin, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e'lon qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin.
2021 yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditasiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari lisenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli lisenziya olmasdan MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish yuzasidan lisenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot» yoki «AXS bo‘yicha audit» fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi;
xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta'lim muassasalari magistraturasining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko‘rib chiqsin va uning MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini ishlab chiqsin.
2020 — 2025 yillar davomida akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot», «Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)» kurslari va boshqalar) bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari («Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga qoplab beriladi;
b) oliy ta'lim muassasalarining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda;
imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda;
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda.
1Accounting theory 7 th edition Iayne Codfrey, Allan Hodcson, Ann Taka, Jane Hamilton, Scott Holmes (74-79) betlar