Mavzu: Buxgalteriya hisobi va schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi


Balansdan tashqari schyotlar (BT)



Yüklə 19,65 Kb.
səhifə5/9
tarix25.11.2023
ölçüsü19,65 Kb.
#134576
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yeoju Technical Institute in Tashkent Bajardi 96(s)-2t-bxa-22 g-muhaz.org

Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.

Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat ko‘rinishidagi ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan.

Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat ko‘rinishidagi ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan.

Analitik schyotlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchovi birliklarida yuritishga mo‘ljallangandir. Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi.

Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.

To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyot ma’lumotlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.

Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba’zi bir xarajatlarini hisobga olish va ularni kalkulyatsiya ob’ektlari yoki hisobot davrlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi

Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma’lum xo‘jalik jarayonidagi xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy mazmuniga qarab, guruxlashtirish va ularni kalkulyatsiya ob’ektlari o‘rtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.

Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan.


Yüklə 19,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin