Mavzu: Buxgalteriya hisobining sub’yektlari va ob’yektlari. Buxgalteriya hisobi



Yüklə 20,5 Kb.
səhifə1/2
tarix28.01.2023
ölçüsü20,5 Kb.
#122705
  1   2
Mavzu Buxgalteriya hisobining sub’yektlari va ob’yektlari. Buxg


Mavzu: Buxgalteriya hisobining sub’yektlari va ob’yektlari.

Buxgalteriya hisobi — xo‘jalik hisobi turlaridan biri; xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablaglarining aylanishi va mulk harakatini ifodalovchi ma’lumotlar majmuasi. Buxgalteriya hisobi joriy hujjatlarga asoslanadi, uzluksiz, o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan mablag‘lar va xo‘jalik operatsiyalarini pul hisobida
Buxgalteriya hisoboti — korxona (tashkilot, muassasa)ning hisobot davri (oy, chorak, yil)dagi mablag‘lari holati va xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi; buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha tuziladi. Buxgalteriya hisoboti statistika va operativ hisobotlari bilan birgalikda moliyaviy hisobotning tarkibiy qismini tashkil etadi. Davriyligiga ko‘ra Buxgalteriya hisoboti chorak, yarim yil, 9 oy va bir yil uchun tuziladi. Maqsadiga ko‘ra ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. Ichki Buxgalteriya hisoboti korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tahlil etish hamda boshqarishga xizmat qiladi. Tashqi Buxgalteriya hisoboti korxonaning moliyaviy holati haqida axborotlar oladigan boshqaruv hamda nazorat idoralariga beriladi. Hajmiga ko‘ra dastlabki (korxonalar tomonidan joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga ko‘ra) va jamlanma (statistika muassasalari tomonidan hududiy tamoyillarga ko‘ra) Buxgalteriya hisoboti ga bo‘linadi. 1997 yil 1 yanvardan Buxgalteriya hisoboti qamraydigan ma’lumotlar doirasi (buxgalteriya balansi, moliyaviy faoliyat haqida hisobot, kreditorlik va debitorlik qarzdorligi haqida ma’lumotnoma, asosiy vositalar harakati, pul oqimlari, o‘z kapitali to‘g‘risidagi hisobotlar va boshqalar)ni O‘zR Moliya vazirligi belgilaydi. Buxgalteriya hisoboti ning belgilangan muddatda topshirilishi va majburiyligi ularga qo‘yiladigan asosiy talabdir. Korxonalar yillik Buxgalteriya hisoboti ni yakunlangan yildan keyin 15 fevraldan (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar 1 martdan), choraklik Buxgalteriya hisoboti ni chorak tugagach, 25 kundan kechikmay mulk egalariga, korxona joylashgan hududdagi davlat statistika idoralariga, davlat soliq inspeksiyalariga va boshqa davlat organlariga topshirishlari shart.
Korxonalar - jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida tashkil qilingan mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt bo'lib hisoblanadi. «Q'zbekiston Respublikasida korxonalar to'g'risida»gi qonunda korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari belgilab berilgan. Ularning asosiylari davlat, fermer, xususiy, oilaviy, mahalla, to'liq shirkat, yopiq turdagi hissadorlik jarniyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati, ijara, fermer (dehqon) xo'jaliklari va boshqalar hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini to'g'ri tashkil qilish g'oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo'layotgan xo'jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e'tibor qaratiladi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo'yilgan eng asosiy talab - bu, uning kam xarajatli va sodda bo'lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o'ziga xos tannoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o'rganish lozim. Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyati jarayonida sodir bo'layotgan xo'jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko'rsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta'minlash lozirn. Shu bilan birgalikda korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlashi va ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak. 5 Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo'yicha umumiy rahbarlik vazifasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqannasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqanna dastlabki hisob masalalari bo'yicha xalq xo'jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi bo'yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo'yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo'lgan hisob va hisobot masalalari bo'yicha yo'riqnoma, uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqadi. Buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil qilish bo'yicha metodologik rahbarlik ham Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqannasi tomonidan olib boriladi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va hisobotining tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo'riqnomalarni tasdiqlaydi, buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy qiladi. Buxgalteriya hisobi - bu, kundalik va umumiy ma'lumotlar olish maqsadida ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo'jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir.~Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to'liq, ishonarli, o'z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalterlya hisobining boshqa axborotlari bilan ta'minlashdan iborat. BUXGALTERIYA HISOBINING FUNKSIYALARI Reja. Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, shuningdek, qo'yilgan maqsadga erishish yo'lIarini izlash
Yüklə 20,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin