Ashtarxoniylar (Joniylar) hukmronligi davrid
XVI asr tarixchisi, oʻzbeklarning Qatagʻon qabilasidan boʻlgan Muhammad Yar ibn Arab Qatagon "Musaxir al-bilad" ("Mamlakatlarni zabt etish") asarini yozgan. Asarda Shayboniylar, jumladan, Abdullohxon II davri haqida hikoya qilinadi.
Oʻzbek amaldori tomonidan qurilgan Nodir
devonbegi madrasasi
Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi davridagi muttasil urush harakatlari madaniy hayot taraqqiyotiga toʻsqin boʻldi. Adabiyot, sanʼat va boshqa sohalarda bir qancha isteʼdodli olimlar (musiqada Darvishali Changiy va boshqalar) yetishib chiqdi. Adabiy, tarixiy asarlar — „Hayvonnoma“ (Sayd Nasafiy). „Bahr ul-asror“ (Mahmud ibn Vali), „Ubaydullanoma“ (Muhammad Amin Buxoriy), „Tarixi Abulfayzxon“ (Abdurrahmon Toleʼ), „Muhit ut-tavorix“ (Muhammadamin ibn Muhammadzamon Buxoriy), „Subhonqulixon toʻgʻrisida hajviya“ (Turdi) va boshqa Tibbiyot va meʼmorlik bir oz taraqqiy etdi: ashtarxoniylardan Subhonqulixon Buxoroda maxsus shifoxona hamda tibbiyot kutubxonasi qurdirdi. Hashamatli binolar (Abdulazizxon madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Bolohovuz masjidi va boshqalar) bunyod etildi. Maktab va madrasalarda asosan diniy fanlar, qisman adabiyot (Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil va boshqalar) oʻqitildi.
Imomqulixon oʻzaro kurashlarga barham bergan. U atrofiga olimlar va shoirlarni toʻplagan, oʻzi ham sheʼrlar yozgan; darvishlarni (soʻfiylarni) qoʻllab-quvvatlagan. Koʻchmanchilar bilan olib borilgan muvaffaqiyatli janglar natijasida u 30 yildan ortiq hukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatda markaziy davlat hokimiyati kuchaygan. Hindiston, Eron va Rossiya bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan.
Imomqulixon
Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakili Subhonqulixon tibbiyot va astrologiyaga oid bir qancha asarlarning muallifi boʻlgan. Uning tibbiyotga oid asari Oʻzbek tilida yozilgan. Uning asari Budapeshtdagi kutubxonada saqlanadi. Subhonqulixon sheʻriyatga ham mehr qoʻygan va Nishoniy taxallusi bilan sheʻrlar yozgan. Subhonqulixon davrida Buxoroda koʻplab meʼmoriy obidalar, jumladan, Dor ush-shifo madrasasi, Registonda katta hovuz, Buxoro arkida Salomxona va Jome masjidi barpo etilgan.
1619-1623 yillarda oʻzbek vaziri Nodir devonbegi mablagʻlari hisobiga Buxoroda Labi-Xouz ansambli tarkibiga kirgan xonakoh va madrasa qurildi.
XVII asr Buxoro meʻmorchiligida Temuriylar davri anʻanalari yana tiklandi, moʻl-koʻl bezaklarga boʻlgan ishtiyoq qaytdi, ammo shu bilan birga yirik shahar me'moriy ansambllarining rivojlanishining ilgari koʻrsatilgan yoʻnalishi davom etdi. Bu davrda eng faol qurilish Buxoroda oʻzbek hukmdorlari Imomqulixon (1611-1642) va uning jiyani Abdulazizxon (1645-1681) davrida amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: |