Mavzu: Buyraklar va siydik chiqarish yo’llarining rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalari. Embriologiya



Yüklə 35,57 Kb.
səhifə3/6
tarix02.12.2023
ölçüsü35,57 Kb.
#137420
1   2   3   4   5   6
buyrak tug\'ma anomaliyalari

Qo‘shimcha uchinchi buyrak. Bu kasallik juda kam uchraydi. Qo‘shimcha buyrak ayrim qontomiridan oziqlanadi, uning o‘ziga tegishli siydik nayi ham bor. U buyrakning pastida joylashgan bo‘lib, gohida chanoq sohasiga ham tushishi mumkin. Uning o‘lchamlari har xil, ko‘pincha kichik bo‘ladi. Ba’zan uning siydik nayi qovuqqa emas, balki a’zolarga ham ochiladi. Qo‘shimcha buyrak ekskretor urografiya va buyrak angiografiyasi yordamida diagnostika qilinadi.
Da v o l a s h . Bemor qaysi kasallik bilan og‘rigan bo‘lsa kerakli muolajalar qilinadi. Gidronefroz, litiaz, piyelonefrit, o‘sma bo‘lgan hollarda nefrektomiya bajariladi.
Buyrak 0‘lchami patologiyasi. Buyrak gipoplaziyasi. Bu buyrak o‘lchamining kichikligidir. U me’yoriy gistologik tuzilishga ega, funksiyasining buzilish belgilari ham yo‘q. Ko‘pincha bir tomonlama bo‘ladi. Tashxis, asosan, ekskretor urografiyada aniqlanadi . Rentgenda uning o’lchamlari, jomi kichik ko‘rinib, u uchburchak yoki ampula shaklida bo‘ladi. Bir tomonlama gipoplaziya faqat asoratlari Bo’lgan taqdirdagina davolanadi. Agar ikkinchi buyrak yaxshi ishlayotgan boTsa, gipoplaziyaga uchragan buyrak olib tashlanadi.
Buyrak joylashuvi patologiyasi. Organizmda joylashganligiga ko‘ra buyrakning ko‘krak distopiyasi, bel distopiyasi, yonbosh distopiyasi, tos distopiyasi va almashma distopiyalar tafovut etiladi. Bu patologiyaning asosiy sababi, birlamchi buyrak rivojlanishida uning chanoq sohasidan bel tomon siljish jarayonining buzilishidir. Ko‘krak distopiyasi kam uchraydi, odatda, to‘satdan aniqlanadi. Ko‘krak qafasi rentgen yoki flyuorografiya qilinganida diafragma ustida soya borligi qayd qilinadi. Bu holda o‘sma yoki exinokokkoz tashxisi qo‘yiladi. Biroq, ekskretor urografiya bajarilganida haqiqiy hoi aniqlanadi. Ba’zan bu xastalik diafragma relaksatsiyasi bilan birgalikda uchraydi. Ko‘krak distopiyasida siydik nayi odatdagidan uzun bo’lib, qontomirlari ham shox tomiming yuqorisidan boshlanadi. Yonbosh distopiyasida buyrak yonbosh chuqurchasida joylashadi. Bu holda buyrakning nerv chigallari va qo’shni a’zolarga ta’siridan qorinda og‘riq bo‘lishi mumkin. Qorin paypaslanganda yonbosh sohasida o‘smasimon hosila borligi aniqlanadi. Bu og‘riq bemor harakat qilganda yoki yuk ko’targanida uni ko‘proq bezovta qiladi. Tashxis, asosan, ekskretor urografiya yordamida qo’yiladi. Bel distopiyasida buyrak odatdagi topografik holatdan pastroqda joylashgan bo’lib, ko‘pincha nefroptoz yoki buyrak o‘smasi bilan chalkashtiriladi. Bunda bel sohasida og‘riq paydo bo’ladi. Chanoq distopiyasida buyrak chanoq chuqurligida joylashadi. 0‘g‘il bolalarda to‘g‘ri ichak bilan qovuq orasida, qizlarda esa bachadon
bilan to‘g‘ri ichak orasida joylashadi. Qo’shni a’zolarga bosilishidan og’riq va shu a’zolar funksiyasining buzilishi bilan klinik manzarasini namoyon qiladi. Anus teshigidan barmoq bilan tekshirilganda to‘g‘ri ichak old devori tomonda qattiq muhitli o ‘smasimon hosilani paypaslash mumkin. Ekskretor urografiya, ayrim hollarda retrograde piyelografiya ham qo’llanadi. Kesishma distopiya juda kam uchraydi. Bu bir buyrakning o‘rta chiziqdan qarama-qarshi tomonga o‘tib, ikkala buyrakning ham bir tomonda bo’lib qolishidir. Ko’pincha ikkala buyrakning birlashishi ko‘rinishida bo‘ladi. Xastalik ekskretor urografiya yordamida aniqlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, distopiyaga uchragan buyrakda piyelonefrit va gidronefroz ko'proq aniqlanadi. Bu paytda shu kasalliklarga oid belgilar paydo bo‘ladi. Buyrak distopiyasini buyrak o‘smasi va nefroptozidan farqlashga to‘g ‘ri keladi. Ekskretor yoki retrograd urogrammada nefroptozda siydik yo‘lining egri-bugriligi, nisbatan uzunligi qayd etiladi. Nefroptozda buyrak hatto qovurg‘a ostigacha siljiydi, distopiyada esa bu holat kuzatilmaydi. Nefroptozdan farqli o‘laroq, buyrak angiografiyasida buyrak qontomirlari kalta bo‘ladi. Buyrak distopiyasi qanchalik past joylashgan bo‘lsa, uning rotatsiya darajasi ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Da v o l a s h . Distopiyaga uchragan buyrakni davolashga hojat yo‘q. Muolaja, asosan, asoratlarga qaratilgan bo‘lib, ko‘pincha konservativ usul qo‘llanadi. Nefrolitiaz, gidronefroz, o‘sma va boshqa asoratlar rivojlangan bo‘lsa, tegishli ravishda operatsiya bajariladi. Buyrak morfostrukturasi va uning joylashuvi o‘ziga xos bo‘lganligini operatsiya vaqtida, albatta inobatga olish kerak.

Yüklə 35,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin