Mavzu: Buyraklar va siydik chiqarish yo’llarining rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalari. Embriologiya



Yüklə 35,57 Kb.
səhifə6/6
tarix02.12.2023
ölçüsü35,57 Kb.
#137420
1   2   3   4   5   6
buyrak tug\'ma anomaliyalari

Multilakunar pufak. Buyrak multilakunar pufagi bir tomonlama bo‘lib, o‘lchamlari ancha katta va ko‘p kameralidir. Pufak odatda buyrak jomi bilan tutashmaydi, kamerali pufaklar ham bir-biri bilan tutashmaydi. Pufaklar buyrakning bir qismida uchrab, odatda buyrakning qolgan qismlari zararlanmagan bo‘ladi, shu sababli normal funksional holatda bo‘ladi.
Kl i n i k a s i . Uzoq vaqt klinik belgisiz o‘tishi mumkin. Ba’zan dispanser tekshiruvi vaqtlarida yoki turli sabablar tufayli qorin sohasi paypaslanganda to‘satdan aniqlanadi. Bu o‘simta yumshoq muhitga ega bo’lib, paypaslagan mahalda og‘riqsiz boMadi. Ekskretor urografiyada esa buyrakning hajmi kattalashgan, kosachalari o‘z joyidan ichkari tomonga siljigan. Laboratoriya tekshirishlari o‘zgarishsiz bo‘lishi mumkin. Bu xastalikni Vilms o’smasidan ajratish ancha qiyin. Shu tufayli ko’pgina holatlarda to‘g‘ri tashxis operatsiya paytida qo’yiladi. Kompyuter tomografiya va ultratovush tashxisni aniqlashga yordam beradi.
Da v o l a s h . Multilakunar pufak olib tashlanadi.
Jomning buyrakdan nobop - buralib yoki yuqoridan chiqishi, piyelouretral segmentda turli klapanlaming bo‘lishi, teshigi-stenozi, tug‘ma embrional tortmoqlar bilan bosilib qolishi buyrak jomida uchraydigan nuqsonlardir. Bunda buyrak jomi va kosachalari kengayadi, buyrak parenximasi ikkilamchi atrofiyaga uchraydi. Bu tug‘ma gidronefroz deb ataladi. Siydik yo‘llarining tug‘ma ikkilanishi, vezikoureteral reflyuks, siydik yo‘li teshigi ektopiyasi, ureterotsele bular barchasi siydik yo‘llari anomaliyalaridir.
Gidronefroz. Piyelouretral segmentda tug‘ma to ‘siq bo‘lishidan urodinamika buzilib, buyrak jomi va kosachalari progressive kengayishi va buyrak funksiyasining susayib borishi bilan kechadigan tug‘ma kasallikdir. Agar kasallik vaqtida davolanmasa, buyrak parenximasining ikkilamchi atrofiyaga uchrashi muqarrar. Gidronefroz bolalar orasida ko‘p tarqalgan. U yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ham, katta yoshdagi bolalarda ham uchraydi. Uning bu sifati piyelouretral segmentdagi to ‘siqning rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Gidronefrozning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
1) piyelouretral segmentda stenoz bo‘lishi;
2) piyelouretral segmentning aberrant tomir bilan tashqaridan bosilishi;
3) siydik yo‘li buyrak jomining yuqori qismida buralib qolishi;
4) siydik yo‘li buyrak jomining yuqori qismidan boshlanishi, va buralib qolishi;
5) piyelouretral segmentning embrional tortmoq bilan tashqaridan bosilib qolishi;
6) piyelouretral segmentda klapan bo‘lishi.
D i a g n o s t i k a s i . Ayrim hollarda gidronefrozga tashxis qo‘yish bir-muncha qiyin. Biroq sinchiklab yig’ilgan anamnez, siydik analizi natijalari, bemomi qarab ko’rish gidronefrozga gumon tug‘diradi. Ekskretor tekshirishdan keyin ayon bo’ladi. Tasviriy urogrammada faqat buyrak soyasi kattalashganligini ko‘rish mumkin bo’lsa, ekskretor urografiyada uning jom-kosachalar sistemasi qanchalik darajada o‘zgarishga uchraganligi aniqlanadi
Da v o l a s h . Gidronefroz, asosan, Politan-Ledbetter usulida davolanadi. Bolalarda rekonstruktiv-plastik operatsiya usullari qo‘llanadi. Hozirgi paytda Andersen-Yan Kucheming rekonstruktiv-plastik operatsiyasi qo‘llanilmoqda. Bunda gidronefrozga sabab bo‘lgan joy (skleroz, stenoz, klapan va b.) kesib olib tashlanadi va siydik yo’li kesilgan uchidan uzunasiga 1,0 sm atrofida qirqilib, keyin buyrak jomiga anastomoz qilinadi. Hatto radioizotop renografiyada ham buyrak funksiyasi aniqlanmagan taqdirda plastik operatsiya usulini qo‘llash lozim. Chunki bolalar buyragining kompensator mexanizmi ancha kuchli bo‘ladi. Biroq buyrak parenximasi haddan tashqari noziklashib, buyrak suv to‘ldirilgan xaltachaga o‘xshab qolgan hollarda nefroektomiya bajariladi.
Yüklə 35,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin