«registr-registr» varianti RISC turidagi hisoblash mashinalarning asosi hisoblanadi. «registr-xotira» turidagi buyruqlar CISC-mashinalari uchun xarakterli. «xotira-xotira» varianti, garchi CISC sinfidagi eng murakkab mashina modellarida qolsa ham, samarasiz hisoblandi. Xotiradan registrlarga yuklash va registr qiymatlarini xotiraga saqlash operatsiyalari akkumulyatorli operatsiyalar bilan bir xil.
Farqi mos tanlashlarni ta’minlovchi, kerakli registrni tanlash bosqichida bo’ladi.
Registrli arxitektura - Xotiradan registrlarga yuklash va registr qiymatlarini xotiraga saqlash operatsiyalari akkumulyatorli operatsiyalar bilan bir xil. Farq kerakli registrni tanlash boshqichida, tegishli tanlovchilar tomonidan taqdim etiladi, AMQ va registr fayli o’rtasida kamida uchta shina bo’lishi kerak
Registrli arxitektura - Intel 8086 mikroprotsessori.
U 16-razriyadli o’n to’rtta registrga ega, ularni maqsadlariga ko’ra uch guruhga bo’lish mumkin
AX, BX, CX, DX umumiy foydalanish registrlari; arifmetik va mantiqiy amallarni bajarishda ishtirok etadi.
SP, BP, SI va DI ko’rsatkichli va indeks registrlari, SP va BP joriy xotira segmenti chegarasidagi siljitish adreslarini saqlaydi, SI va DI joriy xotira segmenti chegarasidagi siljish adreslardan iborat bo’ladi.
SP - bu stek ko'rsatkichi, BP - asosiy ko'rsatkich, SI - manba indekslari va DI – belgilashlar o’rni indeksi.
Ushbu registrlardan umumiy foydalanish registrlari sifatida ham foydalanish mumkin. CS, DS, SS va ES – xotira adreslanishlari bilan bog’liq segment registrlari.
CS - bu kod yoki dastur segmenti, DS - ma'lumotlar segmenti, SS - stek segmenti va ES – qo’shimcha segment.
CS dasturning ob’yekt kodi joylashgan xotira segmentining boshlang'ich adresini belgilaydi. Keyingi buyruq IP buyrug'i ko'rsatgichining qiymati yordamida CS tarkibiga nisbatan olinadi.