Mavzu: chapaqay o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning o‘ziga hosliklari


CHAPQO‘LLIKNING PSIXOFIZIOLOGIK JIHATLARI



Yüklə 31,65 Kb.
səhifə2/3
tarix24.10.2023
ölçüsü31,65 Kb.
#130847
1   2   3
DILMURODOVA MARJONA NEYROPEDAGOGIKA

CHAPQO‘LLIKNING PSIXOFIZIOLOGIK JIHATLARI


CHap qo‘li etakchi bo‘lgan bolalar miya yarimsharlarining funksional rivojlanishi bir qator o‘ziga hosliklarga ega ekanligi neyropsixologiya va fiziologiya sohasidagi deyarli barcha tadqiqotlarda e’tirof etilgan bo‘lib, normal chapaqay bolani xoxish, istak va ehtiyojlariga zid ravishda o‘ng qo‘lda yozishga o‘rgatish maqsadida turli pedagogik ta’sir vositalaridan foydalanish uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi e’tirof etilgan. Buning asosiy sabablaridan biri – chap qo‘lda yozadigan o‘quvchilarni o‘ng qo‘lda yozishga o‘rgatishga urinish bosh miya chap yarimsharlarida zo‘riqishning paydo bo‘lishiga va hatto uning ko‘proq dekompensatsiyalashuviga olib kelishi mumkinligidadir.
CHapaqay o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida xisobga olinishi kerak bo‘lgan o‘ziga hosliklardan biri – noverbal ma’lumotlar (sxema, modullar)ga qaraganda verbal (so‘z bilan ifodalanadigan) ma’lumotlarni yaxshiroq qabul qila olishlaridir. CHapaqay o‘quvchilar uchun ta’lim jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni tinglash, eslab qolish, tushunish va o‘zlashtirishda nutq matnining mantiqiyligidan ko‘ra his-tuyg‘ular (ko‘rish, sezish va shu kabilar) orqali bo‘layotgan ta’sirlar ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi. SHu sababli ta’lim jarayonida model va sxemalarga izoh bermasdan havola etilishi, chapaqaylar chap va o‘ng tomonlarni chalkashtirganliklari tufayli, ma’lumotlarni o‘zlashtirishlarida murakkabliklarni yuzaga keltirib chiqaradi.
CHapaqaylarning yana bir muhim xususiyati – emotsional ta’sirchanlik, bezovtalanuvchanlik, ishchanlikning birmuncha pastligi va toliqishga moyilliklaridir.
Pedagog va psixologlar tomonidan chapaqay o‘quvchilarning bilish faolligini tashkil etishda quyidagi o‘ziga hosliklar kuzatilgan:

  1. Ko‘rish-harakat qilish koordinatsiya qobiliyatlarining nisbatan pastligi: grafik shakllarni chizish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarishdagi qiyinchiliklar.

  2. Fazoviy tafakkur va vizual xotira, yozuvning aks tasviri, xarflarni o‘tkazib yuborish va o‘rnini chalkashtirish, optik xatoliklar.

  3. Materiallarni elementlarga bo‘lib, “tokchalarga tahlab” ishlash.

  4. Diqqatning sustligi, ko‘chuvchanligi va jamlanishining qiyinligi.

  5. Nutqda xarf-tovush xarakteridagi xatoliklar.

  6. Emotsional ta’sirchanlik, bezovtalanuvchanlik, ishchanlikning birmuncha pastligi va toliqishga moyillik.

Ijtimoiy munosabatlarda ham chapaqaylarning o‘ziga hosliklari mavjud. Maktabgacha ta’lim muassasasi guruhida ham, maktabning boshlang‘ich sinfida ham bolalardan butun kun davomidagi faoliyatlarida belgilangan tartib – mashg‘ulot, tanaffus, ovqatlanish, dam olish va uxlash vaqtlari qat’iy belgilangan bo‘lib, mashg‘ulot va uxlash vaqtlarida gaplashmaslik hamda ortiqcha harakat qilmaslik kabilar talab etiladi. Vaholanki bu toifadagi o‘quvchilar o‘z intuitsiyalari va tashabbuslariga tayanib individual ravishda, birmuncha erkin tarzda ishlashni nazorat ostida ishlashdan ko‘ra afzal ko‘rganliklari bois, qat’iy tartib va intizom talab qilinadigan katta guruhlarda ishlashlari odatda qiyin kechib, guruhda turli ijtimoiy nizolarni yuzaga kelish ehtimoli ortadi.
Bundan tashqari, guruhda o‘tkazilayotgan barcha mashg‘ulotlar hamda dam olishning shakllari va mazmuni oldindan yagona dastur asosida belgilanganligi, tashabbusni qo‘llab- quvvatlamaslik chapaqay bolalardagi qiziquvchanlikni asta-sekin so‘ndirib, berilayotgan o‘quv ma’lumotlarini qabul qilishlarini qiyinlashtiradi va, oqibatda, ularda mashg‘ulot va tadbirlarga nisbatan loqaydlik, befarqlik, ayrim bolalarda esa agressiv munosabat shakllanib “tarbiyasi qiyin bola”ga aylanishlari mumkin bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda chapaqaylarning psixofiziologik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bir qator maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazilishi muhim sanaladi:

  1. ko‘rish-motor koordinatsiyasi;

  2. fazoviy tafakkurning aniqligi;

  3. vizual xotira;

  4. ko‘rgazmali-obrazli tafakkur;

  5. ma’lumotlarni yaxlit qayta ishlash qobiliyati;

  6. motorika;

  7. fonematik eshitish;

  8. nutq.

Ushbu toifaga kiruvchi bolalar bilan rivojlantiruvchi korreksion faoliyatni logoped, defektolog va psixologlar bilan hamkorlikda tashkil etish zarurati tug‘ilishi mumkin.

Yüklə 31,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin