Nafasning to 'liq to'xtash bosqichi: Nafas olish markazining falajlanishi natijasida nafas olish butunlay to'xtaydi. Ayni paytda m aium bir vaqt oraligida (3-10 minut) yurak urib turishi mumkin. Bunda puls kuchsizlanib, bradikardiya kuchayib, yurakning to'xtashi va klinik olim ga olib keladi.
Bu holatda cheklangan yopiq muhitda asta–sekin kislorod miqdorining
Bu holatda cheklangan yopiq muhitda asta–sekin kislorod miqdorining
kamayishi va aksincha karbonat angidridi konsentratsiyasining ortishi sababli
asfiksiya rivojlanadi.
Ushbu sharoitda o‘limning sodir bo‘lishida karbonat angidridi
Ushbu sharoitda o‘limning sodir bo‘lishida karbonat angidridi
miqdorining oshib ketishi yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Zero, karbonat angidrid biologik aktiv bo‘lib, havodagi konsentratsiyasi 0,5% ga yetganda nafas olish
Zero, karbonat angidrid biologik aktiv bo‘lib, havodagi konsentratsiyasi 0,5% ga yetganda nafas olish
maromi ventillyasiyasi kuchayadi.
Kattaroq konsentratsiyalarda karbonat angidridi nafas yo‘llari shilliq qavatlarini ta’sirlaydi va
asfiksiyani vujudga keltiradi. Katta yoshdagi odamlarda odatda karbonat
angidridining konsentratsiyasi 8–10% ga yetganda o‘lim sodir bo‘lsa, bolalarda
havodagi karbonat angidridi konsentratsiyasining 2,0–2,5% ga yetishi hayot uchun
xavf tug‘diradi.
Cheklangan yopiq muhitdagi asfiksiya aksariyat holatlarda baxtsiz hodisalar
Cheklangan yopiq muhitdagi asfiksiya aksariyat holatlarda baxtsiz hodisalar
oqibatida vujudga kelib, yer qimirlashi, ko‘chki holatlarida, halokatga uchragan suv
osti kemalarida, sovutkich kamerasi, germetik sandiq ichiga kichik yoshdagi
bolalarning kirib qolishi va boshqa shu kabi hollarda kuzatiladi.
Boshga plastik qopcha kiygizish orqali qotillikda o‘limga cheklangan yopiq
muhitdagi asfiksiya sabab bo‘ladi. Autoasfiksiofiliyada ham boshga plastik qopcha
kiyish usuli mavjud bo‘lib, mohiyati bo‘yicha ushbu holatlar baxtsiz hodisalar