Cho‘kishni kuzatish davri. Qurilayotgan inshootlar cho‘kishini
kuzatish poydevor qurilishidan boshlanadi.Agarda birinchi
kuzatish bosqichi kechiktirilib boshlansa,u holda keyingi
kuzatishlar sezilarli darajada mohiyatini yo‘qotadi.
O’lchash davri inshoot cho‘kishining vaqtga nisbatan o
‘zgarishiga (tezlashish yoki sekinlashish) bog‘liq.Kuzatishlar
ko‘rsatishicha, bino va inshootlar cho‘kishining davom etishi
(davri) toq jinslarining litologik va fiziktuzilishiga bog‘liq.
Cho‘kishlaming ko‘pchilik qismi qurilish jarayonida tugaydi,
lekin ba’zan oylar va yillar cho‘zilishi
mumkin. Toshloq va qumaloq joylarda cho‘kish tez tugaydi.
Aksincha, loy tuproq joylarda cho‘kish jarayoni ko‘p oylar va
yillarga cho‘ziladi.
Cho‘kishning asosiy qismi inshoot qurilishi jarayonida, ya’ni
uning 50% dan 85% gacha qurilgan vaqtiga to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun bino va inshootlar cho'kishini kuzatish
bosqichlari soni, qurilish jarayonida poydevorga bo‘lgan
og‘irlikning ortib borishiga qarab aniqlanadi. Birinchi bosqich
kuzatish poydevor qurilgandan keyin, inshoot umumiy
og‘irlikning 25% ni tashkil etganda boshlanadi. Cho‘kishni
kuzatishning keyingi bosqichlari unga bo‘lgan og‘irlik inshoot
to‘Iiq og'irligining 50, 75, 100% ni tashkil etgan davriarda
amalga oshiriladi.
Deformatsiyani aniqlash uchun joylashtiriladigan belgilar
holati qabul qilingan o ‘lchash usuliga bog‘liq. Inshootlar va
ular poydevorlarining cho‘kishini kuzatish uchun quyidagi
geodezik usullardan foydalaniladi:
a) qisqa vizir chiziqli (25 m gacha) geometrik nivelirlash;
b) qisqa vizir chiziqli (100 m gacha) trigonom etrik
nivelirlash;
d) gidrostatik nivelirlash;
e) fotogrammetrik va stereofotogrammetrik plan olish. Noyob
inshootlarni kuzatishda mikronivelirlash usuli ham
qo‘llanilishi mumkin.
Cho‘kishning absolut qiymatini aniqlash uchun bosh-lang‘ich
deb qabul qilingan reperda nivelirlash amalga oshiriladi.
Nisbiy c h o ‘kishlar inshootning nuqtalari orasidagi
o‘lchashlar farqidan olinadi.
Cho‘kishni kuzatishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul yuqori
aniqlikdagi geometrik nivelirlash hisoblanadi. Nivelirlash
cho‘kish markalari deb qabul qilingan belgilar bo‘ylab amalga
oshiriladi. Bu belgilar inshoot poydevoriga o ‘rnatilgan bo‘lib,
ular inshoot bilan birga tavsiflanadi, demak, ularni kuzatish
orqali inshootning alohida qismlari cho‘kishini aniqlashimiz
mumkin.Cho‘kish m arkalari kuzatilayotgan inshootdan m
a’lum masofada, cho‘kish voronkasidan chekkada joylashgan
reperlar tarmoqiga nisbatan aniqlanadi. Bu reperlarning
balandlik
holatlari barqarorligi cho‘kishni kuzatish davomida saqlanib
qolishi kerak. Belgilarni joylashtirish loyihasi. Inshootlar
alohida
nuqtalarining tik va gorizontal siljishini aniqlashda cho‘kish
markalari va geodezik asos belgilarini joylashtirish asosiy
ishlardan biri hisoblanadi. Siljishni aniqlash sifati va
batafsilligi belgilarning to‘g‘ri joylashtirilganligi va soniga
bog‘liq. Inshootlarga kuzatish belgilarini joylashtirish loyihasi
poydevor konstruksiyasi, gidrologik va geologik sharoitlarni
hisobga olgan holda tuziladi. Cho‘kish markalari iloji boricha
bir xil sathda, binolar burchagiga joylashtirilishiga harakat
qilinadi. G ‘isht devorli yashash va jam oat binolari uchun
cho‘kish markalari poydevor perimetri bo‘ylab, 10—15 m
oraliqda
joylashtiriladi. Sanoat inshootlari va karkasdan bo‘lgan
yashash va jamoat
binolari uchun cho‘kish markalari ustunlarga bino perimetri
bo‘ylab joylashtiriladi.Aylana shaklidagi inshootlar uchun
to‘rttadan kam bo‘lmagan cho'kish markalari perimetr bo‘ylab
o ‘rnatiladi.
Markalar joylashishi sxemasi bino va inshootlar poydevorlari
planida loyihalanadi. Har bir marka tartib raqami bilan
belgilanadi. Cho‘kish markalari turlari. Oddiy ko‘rinishdagi
marka 15 sm uzunlikdagi armatura yoki tem ir bo‘lagidan
iborat.
Yuqori aniqlikdagi kuzatishlar uchun esa turli xildagishkalali
markalar qo‘llaniladi. Bu turdagi markalar reykasifatida
foydalaniladi va nivelirlash aniqligini oshiradi. Boshlang‘ich
nivelirlash asosi. Qo‘yilgan talab va kuzatish
aniqligiga bog‘liq bo4lgan holda quyidagi reperlar
boshlang‘ich
(asos) bo‘lib xizmat qilishi mumkin: chuqurlikdagi
fundamental reperlar — yerning mustahkam, turg£in
qatlamiga o‘rnatiladi; yer grunt reperlari — yerning
muzlaydigan qatlamidan pastda o‘rnatiladi;
devoriy belgilar — poydevor cho‘kishi qariyib tugagan bino
va inshootlar devoriga o ‘rnatiladi. Yer va devoriy reperlar o
‘rnatiladigan bino va inshootlar ta’sir maydonchasidan
tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak.
Sanoat inshootlari uchun yer reperlarining inshootdan
uzoqlashuvi 70—80 m dan kichik bo‘lmasligi kerak.
Gidrotexnik inshootlar qurilishida yer reperlari cho‘kish
zonasidan tashqarida joylashishi kerak. O datda, ular
daryoning ikkala qirg‘og‘iga 0,5—0,1 km masofada plotina
stvoridan pastda joylashtiriladi. Yer ishchi reperlari imkoniyat
boricha bino va inshootlar yaqiniga joylashtiriladi. Ayrim
hollarda reperlar plotinalarning ham pastiga, ham ustki
qismiga o ‘rnatiladi. Bunday rep erlarn i m untazam ravishda
nivelirlash, suv omboridagi suvning ko‘payib borishi
mobaynida plotinaning mustahkamligi haqida bitib borishga
imkon beradi. Chuqurlikdagi reperlarga qo‘yiladigan asosiy
talab, ularning cho‘kishini kuzatish davridagi mustahkamligi
va barqarorligi hisoblanadi. Ishchi reperlarga bunday talab
qo‘yilmaydi. U lar o ‘zlarining mustahkamligini faqatgina m
a’lum o ‘lchash siklidagina saqlashni talab etadi. C ho‘kishni
II va III sinf nivelirlash orqali o ‘lchashda boshlang‘ich asos
sifatida yer
reperlari ham da bino va inshootlar devorlariga o ‘rnatilgan
reperlarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Yer reperlarining soni
uchtadan kam bo‘lmasligi, devoriy belgilar esa to crttadan
kam bo’lmasligi kerak. Boshlang‘ich (asos) reperlar o
‘matilgandankeyin ularning birortasiga yaqinroqda joylashgan
geodezik balandlik tarmog’i nuqtasidan otmetka uzatiladi.
quvursimon yer reperlarining ustki qismi sferik shakldan
iborat bo‘lib, 50—80 mm diam etrdagi quvursimon asosga
mahkamlangan. Montaj vaqtida reper asosi tayyorlangan
quduqqa tushiriladi va betonlanadi. Joy sharoitiga mos
ravishda turli xildagi reperlar qo‘llanilishi mumkin. Invar
strunali reper, ikki strunali reper, bimetall reperlar shular
jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |