Mavzu: Cho’kishni nazorat qilib borishning trigonometrik niverlash usulining mazmuni Reja



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#123690
1   2
Mavzu Cho’kishni nazorat qilib borishning trigonometrik niverla

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Cho‘kishni kuzatish davri. Qurilayotgan inshootlar cho‘kishini 
kuzatish poydevor qurilishidan boshlanadi.Agarda birinchi 
kuzatish bosqichi kechiktirilib boshlansa,u holda keyingi 
kuzatishlar sezilarli darajada mohiyatini yo‘qotadi. 


O’lchash davri inshoot cho‘kishining vaqtga nisbatan o 
‘zgarishiga (tezlashish yoki sekinlashish) bog‘liq.Kuzatishlar 
ko‘rsatishicha, bino va inshootlar cho‘kishining davom etishi 
(davri) toq jinslarining litologik va fiziktuzilishiga bog‘liq. 
Cho‘kishlaming ko‘pchilik qismi qurilish jarayonida tugaydi, 
lekin ba’zan oylar va yillar cho‘zilishi 
mumkin. Toshloq va qumaloq joylarda cho‘kish tez tugaydi. 
Aksincha, loy tuproq joylarda cho‘kish jarayoni ko‘p oylar va 
yillarga cho‘ziladi. 
Cho‘kishning asosiy qismi inshoot qurilishi jarayonida, ya’ni 
uning 50% dan 85% gacha qurilgan vaqtiga to‘g‘ri keladi. 
Shuning uchun bino va inshootlar cho'kishini kuzatish 
bosqichlari soni, qurilish jarayonida poydevorga bo‘lgan 
og‘irlikning ortib borishiga qarab aniqlanadi. Birinchi bosqich 
kuzatish poydevor qurilgandan keyin, inshoot umumiy 
og‘irlikning 25% ni tashkil etganda boshlanadi. Cho‘kishni 
kuzatishning keyingi bosqichlari unga bo‘lgan og‘irlik inshoot 
to‘Iiq og'irligining 50, 75, 100% ni tashkil etgan davriarda 
amalga oshiriladi. 
Deformatsiyani aniqlash uchun joylashtiriladigan belgilar 
holati qabul qilingan o ‘lchash usuliga bog‘liq. Inshootlar va 
ular poydevorlarining cho‘kishini kuzatish uchun quyidagi 
geodezik usullardan foydalaniladi: 
a) qisqa vizir chiziqli (25 m gacha) geometrik nivelirlash; 
b) qisqa vizir chiziqli (100 m gacha) trigonom etrik 
nivelirlash; 
d) gidrostatik nivelirlash; 
e) fotogrammetrik va stereofotogrammetrik plan olish. Noyob 


inshootlarni kuzatishda mikronivelirlash usuli ham 
qo‘llanilishi mumkin. 
Cho‘kishning absolut qiymatini aniqlash uchun bosh-lang‘ich 
deb qabul qilingan reperda nivelirlash amalga oshiriladi. 
Nisbiy c h o ‘kishlar inshootning nuqtalari orasidagi 
o‘lchashlar farqidan olinadi. 
Cho‘kishni kuzatishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul yuqori 
aniqlikdagi geometrik nivelirlash hisoblanadi. Nivelirlash 
cho‘kish markalari deb qabul qilingan belgilar bo‘ylab amalga 
oshiriladi. Bu belgilar inshoot poydevoriga o ‘rnatilgan bo‘lib, 
ular inshoot bilan birga tavsiflanadi, demak, ularni kuzatish 
orqali inshootning alohida qismlari cho‘kishini aniqlashimiz 
mumkin.Cho‘kish m arkalari kuzatilayotgan inshootdan m 
a’lum masofada, cho‘kish voronkasidan chekkada joylashgan 
reperlar tarmoqiga nisbatan aniqlanadi. Bu reperlarning 
balandlik 
holatlari barqarorligi cho‘kishni kuzatish davomida saqlanib 
qolishi kerak. Belgilarni joylashtirish loyihasi. Inshootlar 
alohida 
nuqtalarining tik va gorizontal siljishini aniqlashda cho‘kish 
markalari va geodezik asos belgilarini joylashtirish asosiy 
ishlardan biri hisoblanadi. Siljishni aniqlash sifati va 
batafsilligi belgilarning to‘g‘ri joylashtirilganligi va soniga 
bog‘liq. Inshootlarga kuzatish belgilarini joylashtirish loyihasi 
poydevor konstruksiyasi, gidrologik va geologik sharoitlarni 
hisobga olgan holda tuziladi. Cho‘kish markalari iloji boricha 
bir xil sathda, binolar burchagiga joylashtirilishiga harakat 
qilinadi. G ‘isht devorli yashash va jam oat binolari uchun 
cho‘kish markalari poydevor perimetri bo‘ylab, 10—15 m 


oraliqda 
joylashtiriladi. Sanoat inshootlari va karkasdan bo‘lgan 
yashash va jamoat 
binolari uchun cho‘kish markalari ustunlarga bino perimetri 
bo‘ylab joylashtiriladi.Aylana shaklidagi inshootlar uchun 
to‘rttadan kam bo‘lmagan cho'kish markalari perimetr bo‘ylab 
o ‘rnatiladi. 
Markalar joylashishi sxemasi bino va inshootlar poydevorlari 
planida loyihalanadi. Har bir marka tartib raqami bilan 
belgilanadi. Cho‘kish markalari turlari. Oddiy ko‘rinishdagi 
marka 15 sm uzunlikdagi armatura yoki tem ir bo‘lagidan 
iborat. 
Yuqori aniqlikdagi kuzatishlar uchun esa turli xildagishkalali 
markalar qo‘llaniladi. Bu turdagi markalar reykasifatida 
foydalaniladi va nivelirlash aniqligini oshiradi. Boshlang‘ich 
nivelirlash asosi. Qo‘yilgan talab va kuzatish 
aniqligiga bog‘liq bo4lgan holda quyidagi reperlar 
boshlang‘ich 
(asos) bo‘lib xizmat qilishi mumkin: chuqurlikdagi 
fundamental reperlar — yerning mustahkam, turg£in 


qatlamiga o‘rnatiladi; yer grunt reperlari — yerning 
muzlaydigan qatlamidan pastda o‘rnatiladi; 
devoriy belgilar — poydevor cho‘kishi qariyib tugagan bino 
va inshootlar devoriga o ‘rnatiladi. Yer va devoriy reperlar o 
‘rnatiladigan bino va inshootlar ta’sir maydonchasidan 
tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak. 
Sanoat inshootlari uchun yer reperlarining inshootdan 
uzoqlashuvi 70—80 m dan kichik bo‘lmasligi kerak. 
Gidrotexnik inshootlar qurilishida yer reperlari cho‘kish 
zonasidan tashqarida joylashishi kerak. O datda, ular 
daryoning ikkala qirg‘og‘iga 0,5—0,1 km masofada plotina 
stvoridan pastda joylashtiriladi. Yer ishchi reperlari imkoniyat 
boricha bino va inshootlar yaqiniga joylashtiriladi. Ayrim 
hollarda reperlar plotinalarning ham pastiga, ham ustki 
qismiga o ‘rnatiladi. Bunday rep erlarn i m untazam ravishda 
nivelirlash, suv omboridagi suvning ko‘payib borishi 
mobaynida plotinaning mustahkamligi haqida bitib borishga 
imkon beradi. Chuqurlikdagi reperlarga qo‘yiladigan asosiy 
talab, ularning cho‘kishini kuzatish davridagi mustahkamligi 
va barqarorligi hisoblanadi. Ishchi reperlarga bunday talab 
qo‘yilmaydi. U lar o ‘zlarining mustahkamligini faqatgina m 
a’lum o ‘lchash siklidagina saqlashni talab etadi. C ho‘kishni 
II va III sinf nivelirlash orqali o ‘lchashda boshlang‘ich asos 
sifatida yer 
reperlari ham da bino va inshootlar devorlariga o ‘rnatilgan 
reperlarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Yer reperlarining soni 
uchtadan kam bo‘lmasligi, devoriy belgilar esa to crttadan 
kam bo’lmasligi kerak. Boshlang‘ich (asos) reperlar o 


‘matilgandankeyin ularning birortasiga yaqinroqda joylashgan 
geodezik balandlik tarmog’i nuqtasidan otmetka uzatiladi. 
quvursimon yer reperlarining ustki qismi sferik shakldan 
iborat bo‘lib, 50—80 mm diam etrdagi quvursimon asosga 
mahkamlangan. Montaj vaqtida reper asosi tayyorlangan 
quduqqa tushiriladi va betonlanadi. Joy sharoitiga mos 
ravishda turli xildagi reperlar qo‘llanilishi mumkin. Invar 
strunali reper, ikki strunali reper, bimetall reperlar shular 
jumlasidandir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin