Domna pechi mahsulotlari va domna pechining tuzilishi
Foydalanilgan adabiyotlar.
CHO’YAN — har xil buyumlar (qozon, santexnika qurilmalari, me’morlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan mo’rt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Cho’yan tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqdorda doimiy qo’shilmalar — kremniy, marganes, fosfor va oltingugurt bo’ladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqalar, shuningdek, 2% dan ortiq marganes hamda 4% dan ortiq kremniy bo’lgan Cho’yan legirlangan (maxsus) Cho’yan deyiladi. Cho’yan kulrang, oq va oraliq turlarga bo’linadi. Kulrang Cho’yanda uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Cho’yanda uglerodning qammasi yoki juda ko’p qismi temir karbidi G’e3s — tsement holida, oraliq Cho’yanda esa uglerodning bir qismi tsementit va bir qismi grafit holida bo’ladi. Kulrang Cho’yan tarkibidagi grafitning shakliga ko’ra, oddiy kulrang Cho’yan, bolg’alanuvchan va juda puxta Cho’yanlarga bo’linadi. Oddiy kulrang Cho’yanda grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolg’alanuvchan Cho’yanda — bodroqsimon (pag’apag’a), juda puxta Cho’yanda esa shar shaklida bo’ladi. Quymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Cho’yan quymakorlik cho’yani deb ham ataladi. Oq Cho’yan qayta ishlanuvchi Cho’yan deyiladi, chunki u, asosan, po’lat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Cho’yanni termik ishlab, yumshatish yo’li bilan bolg’alanuvchi Cho’yan hosil qilinadi. Oddiy kulrang Cho’yan harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Masalan, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari (“kulrang cho’yan”, ruscha “seriy chugun” so’zlarining birinchi harflari) kulrang Cho’yan ekanligini, 12 soni uning cho’zilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolg’alanuvchan Cho’yan BCH (KCH) harflari va ketma-ket keladigan ikki son bilan belgilanadi, masalan, BCH504 da BCH (KCH) harflari (“bolg’alanuvchan cho’yan”, ruscha “kovkiy chugun” so’zlarining birinchi harflari) Cho’yanning bolg’alanuvchanligini, 50 soni cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi. Cho’yanlar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Cho’yanlardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Cho’yanlar ham olinadi; bunday Cho’yanlar tarkibida kremniy va marganes miqdori odatdagi Cho’yanlardagiga qaraganda ancha ko’p bo’ladi. Mashinasozlikda Cho’yanning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Cho’yan — tarkibida alyuminiy miqdori ko’p bo’lgan Cho’yan, u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifriktsion Cho’yan — yeyilishga chidamli Cho’yan, podshipniklar va boshqalar ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. Ieeiqbardosh Cho’yan — temperatura ko’tarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yuqori temperaturada ishlaydigan Cho’yan armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Cho’yan — yuqori temperaturalarda oksidlanishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi; bu xossa unga ko’proq miqdorda xrom qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha temperaturada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh Cho’yan — zararli muhitlar — kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turg’unligi yuqori bo’lgan legirlangan Cho’yanlar jumlasiga kiradi. Magniyli Cho’yan — tarkibidagi grafit shar shaklida bo’lgan kulrang (juda puxta) Cho’yan; suyuq Cho’yanga magniy yoki uning qotishmalaridan qo’shish yo’li bilan Cho’yan graffiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Cho’yan — asosi austenit bo’lgan ko’p legirlangan Cho’yan; magnit kirituvchanligi juda kichik bo’ladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi.