Mavzu. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishni rejalashtirish



Yüklə 227 Kb.
səhifə5/9
tarix16.09.2022
ölçüsü227 Kb.
#117800
növüВикторина
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishni rejalash

2.Guruhlarni shakllantirish. Mavzu tanlanganidan keyin shu mavzu bahs munozarasi olib boriladigan guruh shakllantiriladi. Guruhni shakllantirish turli zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, teskari qaratilgan 1 va 2 yozilgan kartochkalarni tortish, jurnaldagi nomerlarni toq va juft raqamlarga ajratish, guruhdan 2 ta iqtidorli talabani tanlab ular yordamida o‘z guruhlarini shakllantirishga erishish va h.k. Bahs munozara mavzusi bo‘yicha bir guruh fikrni qo‘llab quvvatlovchilar, ikkinchi guruh esa, ularga qarshi fikr yurituvchilar hisoblanadilar.
Guruhdan so‘zga chiquvchilar va vaqtni belgilash. Guruhlar shakllanganidan so‘ng, guruh bilan kelishilgan holda guruh a’zolaridan kimlar qancha qancha vaqt davomida so‘zga chiqishlari belgilab olinadi.
E’lon qilish. Bahs munozara auditoridan tashqarida o‘tkazilayotganligini hisobga olib, uning o‘tkazilishi haqida e’lon muassasa e’lonlar doskasiga chiqariladi. Taklifnomalar tayyorlanib ta’lim muassasasi ma’muriyatiga, guruhlarga tarqatiladi

  1. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi; O‘quvchilar bilan birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, yig‘ilgan materialni vaqtga moslab, reja asosida nutqni yozadi, uni so‘zga chiquvchilarga taqsimlaydi. Masalan, “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”: tarafdorlar va qarshilar” mavzusi yuzasidan 1-guruh- “Tarafdorlar” guruhidan Botirov O‘lmas “Internet salbiy jiqatlari” rejasida chiqish qilib, internet keng o‘quvchilar ommasiga kirib kelayotganligi bugungi kunda uning o‘quvchilar hayotida salbiy tomonlari ko‘pligini hisobga olib “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”ligiga ishontirishga harakat qiladi.

Uning fikr mulohazalarini yoqlab Alimov Faxriddin, o‘quvchilar internetdan emas, ko‘proq kitoblar, darsliklardan foydalanib bilim olishlari ularning shaxsiy hayotlarini rivojlantirishiga hissa qo‘shishini takidlaydi, misollar keltiradi. “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”ligi 2- “Qarshilar”guruhdan Samiyeva Nargiza “Internetning ijobiy tomonlari” rejasi bo‘yicha chiqish qilib, o‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak emas, ular ixtiyoriy vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yib berishni yoqlab chiqadi.
Shu guruhdan Abdiyeva Salima “O‘quvchilarning internetdan foydalanib erishayotgan yutuqlari” rejasida chiroyli, tizimli nutki bilan chiqish qilib, internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak emasligiga bahs munozara qatnashchilarini, ekspertlarni o‘z fikr mulohazalariga ishontirishga harakat qiladi. Ularning nutqi bir necha bor mashq qildiriladi.

  1. Har bir guruhdan “Tarafdorlar” va “Qarshilar” ning qo‘shimcha fikr mulohazalari tinglanadi.

  2. O‘qituvchi ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy savollar ro‘yxatini tayyorlaydilar:

  3. Siz bilim olishda ko‘proq internetdan foydalanisizmi, kitoblardanmi?

  4. Internetdan butunlay foydalanish kerak emas deb o‘ylaysizmi?

  5. Internetdan foydalanuvchilarning barchasi yomon yo‘lga kirib ketishyaptimi?

  6. “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, zulmat izlaganga, zulmatdir dunyo” maqolini qanday tushunasiz?

  7. Internet-qo‘shtirnoqsiz yoziladigan mo‘jiza-hikmatli so‘ziga sizning fikringiz va h.k.


  1. Yüklə 227 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin