Qoʻrgʻoshin galogenlar bilan birga qizdi-rilsa, RX2tarkibli, suvda oz eruvchan galogenidlar hosil qiladi (bu yerda X—galogen).
Qoʻrgʻoshin galogenlar bilan birga qizdi-rilsa, RX2tarkibli, suvda oz eruvchan galogenidlar hosil qiladi (bu yerda X—galogen).
Sanoatda Qoʻrgʻoshin R8 va qisman Qoʻrgʻoshinning kislorodli birikmalaridan olinadi. Metall holdagi q. olish uchun R8 ni havo ishtirokida kuydirib, hosil boʻlgan RO ni koʻmir taʼsirida xomaki Q.ga qadar qaytariladi. Kuydirish jarayonida paydo boʻladigan R8YU3 ni qaytarish uchun ohak qoʻshiladi. Xomaki Qda 92—98% R boʻlib, qolgan qismini Si, A§ (baʼzan Ai), 2p, 8p, A$, V1, Gʻe tashkil qiladi.
Qoʻrgʻoshin juda koʻp miqdorda q. akkumulya-torlari uchun sarflanadi. Qoʻrgʻoshin u-va boshqa radioaktiv nurlarni yutishi sababli Qoʻrgʻoshindan radioaktiv moddalar saqlanadigan idishlar, rentgen xonalari uchun qurilmalar tayyorlanadi. Elektr kabellarni korroziyadan va mexanik taʼsirdan himoya qilish uchun Qoʻrgʻoshin bilan qoplanadi. Qoʻrgʻoshin asosida juda koʻp qotishmalar hosil qilinadi. Qoʻrgʻoshin oksid RO billur va optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi. Uning azidi va stifiati (trinitrorezorsinati) portlovchi moddalar uchun tutantiriq sifatida ishlatiladi. Qoʻrgʻoshinning tetraetili esa antide-tanatordir. N28 ning bor-yoʻqligini aniqlash uchun q. atsetatdan foydalaniladi. Qoʻrgʻoshinning barqaror izotopi 204R va radiaktiv izotopi 2|2R nishonli atomlar sifatida qoʻllanadi. Qoʻrgʻoshinli dorilardan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi.