Atlantika okeani orollarining koʻpchiligima-terikdan ajralib chiqqan boʻlib, qirgʻoklar yaqinidadir (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Nyufaundlend, Katta Antil va qisman Kichik Antil o.lari, Kanar, Yashil Burun, Folklend o.lari va boshqalar). Okeanning ichki qismida orol kam. Borlari ham vulkan orollaridir (Azor, San-Yelena, Tristanda-Kunya va boshqalar). Relyefi va geologik tuzilishi – Atlantika okeani tubidagi ulkan Oʻrta Atlantika tizmasi okeanni gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlib turadi. Bu tizmadan gʻarb va sharq tomonlarda suv osti platolari, tizmalar va baland liklar bor. Balandliklar gʻarbda Labrador, Shimoliy Amerika, Gviana, Braziliya, Argentina va boshqa soyliklarni; sharqda Gʻarbiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Gvineya, Angola, Kap, Agulyas soyliklarini; janubida Afrika-Antarktida soyliklarini ajratib turadi. Bu soyliklarning chuq. 3000 m dan 7200 – 7300 m gacha. Eng chuqur joylari 8385 m, 8428 m. Suv osti togʻlarining tepalari ayrim joylarda suv yuzasidan koʻtarilib turadi (Bermuda, Azor, Kanar, Yashil Burun, Fernandu-di-Noronya, San-Yelena, Tristan-da-Kunya o.lari va boshqalar). Okean tubidagi choʻkindilarning qalinlidagi baʼzi joylarda 800 – 1000 m ga yetadi. Tub jinslar materik yon bagarlarida chiqib qolgan. Chunonchi Oʻrta Atlantika tizmasi qirrasida bazalt va gabbro kabi jinslar uchraydi.