Mavzu: Dunyo okeanlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə17/22
tarix08.02.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#123158
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Dunyo okeanlar2

Shimoliy muz okeani (avvalgi nomlari: Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi) — Dunyo okeanining bir qismi, Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikaning shim. qirgʻoqlari oraligʻida. Sh.Shimoliy Muz okeani boʻgʻozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. Maydoni boʻyicha okeanlar orasida eng kichigi, 14,75 mln. kmІ, suvining hajmi 18 mln. km oʻrtacha chuq. 1220 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizining shim.sharqiy qismida). Qirgʻoqlari Yevrosiyoning gʻarbida nisbatan baland, fordli, sharqida delta va laguna tipli, Kanada Arktika arxipelagida ancha past, tekis. Norvegiya, Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka dengizlari — Yevrosiyo; Grenlandiya, Bofort, Baffin, Linkoln dengizlari va Gudzon qoʻltigʻi Shim. Amerika materigi qirgʻoqlariga tutash. Sh.Shimoliy Muz okeani orollari soni boʻyicha Tinch okeandan keyin 2-oʻrinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglar: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, FransIosif Yeri, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novosibirsk, Vrangel.
Relyefi va geologik tuzilishi. Sh.Shimoliy Muz okeani tubi geologik tuzilishiga koʻra 3 qismga: okeanning eng chuqur qismini oʻz ichiga olgan Arktika havzasi, Shim. Yevropa havzasi (Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar) va okean hududining 1/3 qismini egallagan materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Bofort, Baffin) boʻlinadi. Sh.Shimoliy Muz okeani boshqa okeanlarga nisbatan sayoz. Materik sayozligi juda keng , okean tubi maydonining 50,3% ni egallaydi. Yevrosiyo shelf zonasi tubi relyefida suv osti koʻtarilmalari, botiqlari va novlari boʻlgan tekisliklar mavjud. Alyaska qirgʻoqlari boʻylab abrazivdenudatsion shelf choʻzilgan. Sh.Shimoliy Muz okeanining materik yon bagʻirlari nisbatan keng , zinapoyasimon, suv osti kanʼonlari bilan parchalangan. Baʼzi joylarda kengligi 150–300 km ga yetadi. Eng tor va tik Kanada materik sayozligi grabenlarning murakkab tizimi bilan parchalab yuborilgan. Okeanning markaziy qismida Gakkel, Lomonosov va Mendeleyev suv osti tizmalari bilan ajralgan bir nechta chuqur soyliklar: Nansen, Amundsen, Makarov, Kanada, Gʻavvoslar va boshqalar mavjud.
Okean tubiga choʻkkan jinslarning qalinligi 1,5—2,5 km. Materik sayozligi terrigen, suv osti tizmalari va chuqur soyliklar gilli terrigen, materik yon bagʻri foraminifera mikrofaunali qumli balchiq choʻkindi jinslaridan iborat.
Gidrologik rejimi. Sh.Shimoliy Muz okeani iqlimi arktika iqlimiga mansub. Sh.Shimoliy Muz okeanining yuqori kengliklarda joylashganligi, doimiy muz qoplami, Atlantika va Tinch okeanlardan havo va suv massalarining kirib kelishi uning shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli oblast), yozda past bosimli oblast joylashadi. Gʻarbida yil davomida Islandiya minimumi, Grenlandiya ustida esa antitsiklon hukmron. Barcha mavsumlarda bu yerga Atlantika okeanidan siklonlar keladi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo temperaturasi markaziy qismida —28° dan —30° gacha, Atlantika boʻyida —16° dan — 18° gacha. Shamol tezligi 8–10 m/sek., baʼzan 20–25 m/sek.gacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo temperaturasi —10° dan —12° gacha, gʻarbiy chekka qismida qisqa muddat 6—8° gacha koʻtariladi. Bulutli kun koʻp boʻladi. Yogʻin, asosan, qor shaklida yogʻadi.
SH.Shimoliy Muz okeani yuzasidagi oqim shamollar, Atlantika va Tinch okeanlari bilan suv almashinishi, daryo oqimlari taʼsirida yuzaga keladi. Bu omillar yuza oqimlarning gʻarbiy yoʻnalishda harakatlanishiga va Chukotka dengizidan boshlanib, okeanni kesib oʻtuvchi va Shpitsbergen bilan Grenlandiya oʻrtasidagi boʻgʻozga chiquvchi Transarktika oqimining shakllanishiga sabab boʻladi. Sh.Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan Shim. Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Xatanga, Lena, Indigirka, Kolima, Makenzi va boshqalar yirik daryolar yiliga 5000 kmіchuchuk suv olib boradi. Shu sababli, okean yuzasidagi suvning shoʻrligi 32%o, materik sayozligidagi dengizlarda 25—29%o. Yuza suvlarning temperaturasi qishda 1°, yozda 0—5°. Sovuq va chuchuk suvlar yuza oqimlar taʼsirida Atlantika okeaniga oqadi. Uning oʻrniga Atlantika va Tinch okeanlarning iliq va shoʻr suvlari oqib keladi. Suv qalqishi har yarim sutkada takrorlanadi, balandligi markaziy qismida 0,5—0,6 m, gʻarbida 1 m gacha, Barens dengizida 6 m gacha yetadi.
SH.Shimoliy Muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri uning qishda 9/10 qismining muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar boʻladi. Okeanning markaziy qismida 3–4 m qalinlikdagi qoʻp yillik muz (pak) maydonlari uchraydi.
Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Sh.Shimoliy Muz okeani oʻsimlik va hayvonot dunyosi Arktika va Atlantika oblastiga mansub. Fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shim. Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli tuman (2000 dan ziyod turi bor). Baliqlardan seld, treska, dengiz olabugʻasi, piksha va boshqalar koʻp uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.
Iqtisodiy geografik ocherki. Sh.Shimoliy Muz okeanining noqulay iqlim sharoiti uning iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Okeanning jahon xoʻjaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bogʻliq. Okean dengizlarida baliqning 150 turi va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Baliqlardan tashqari okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suvoʻtlar olinadi. Foydali qazilma konlarini razvedka qilish va qazib olish ishlari olib borilmoqda. Kanada Arktika arxipelagida qoʻrgʻoshinrux va temir rudalari, Skandinaviya sohillarida xromit, nikel, temir va boshqalar rudalar, Grenlandiya sohillarida molibden rudalari olinadi. Suv ostidan neftgaz olish rivojlanmoqda. Shpitsbergen arxipelagida toshkoʻmir qazib olinadi. Sh.Shimoliy Muz okeanining transport ahamiyati oshib bormoqda. Okean dengizlari orqali 3 asosiy yoʻnalishda suv yoʻllari oʻtadi: Atlantika okeanidan Norvegiya dengiziga, Shim. dengiz yoʻli — Barens va Oq dengiz portlaridan Bering boʻgozigacha, Arktika boʻylab turli marshrutlar. Ular Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya gʻarbiy sohildari va AQShning shim.sharqiy sohillaridagi aholi punktlarini oʻzaro bogʻlaydi. Muhim portlari: Murmansk, Belomorsk, Arxangelsk, Kandalaksha, Dikson, Tiksi (Rossiya), Tromsyo, Tronxeym (Norvegiya), Cherchill (Kanada), Valdiz (AQSH).
SH.Shimoliy Muz okeani dastlab mustaqil okean sifatida 1650-yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va oʻsha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845-yilda uni London geogr. jamiyati Sh.Shimoliy Muz okeani deb atadi. Tadqiq qilinish tarixini Arktika maqolasidan qarang .

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin