Mavzu: Dunyo okeanlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/22
tarix08.02.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#123158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Dunyo okeanlar2

Kurs ishining maqsadi:
Dunyo okeani.Kosmik,iqlimiy,biologik va rekratsion resurslarning ahamiyati,ularning turlari xalq xo’jaligidagi o’rnini ochib berish.Davlatlar misolida bu resurslarning tarqalishini o’rgatish.
Kurs ishining obyekti: Adabiyotlarni va internet ma’lumotlarini o`rganishga da`vat etish; o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash; jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mas’uliyatni his qilish kabi ko`nikmalarni tarkib toptirish.
Kurs ishining predmeti: Dunyo okeani deb Yerning materik va orollarini o‘rab turgan payonsiz suv qobig‘iga aytiladi. Okean tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda Yerni aylanib oqadigan azim daryo degan ma’noni bildiradi. Dune okeani Yerni suv qobig‘i bo‘lib, o‘zining fizik va kimyoviy xususiyatlari, suvining kimyoviy tarkibi, sayyora bo‘yicha akvatoriyasining tutashganligi jihatidan geografik qobiq va landshaft sferasining bir butun tabiiy geografik tizimini tashkil etadi. Dunyo okeani geografik qobiqda takrorlanmas tabiiy geografik hosila bo‘lib, u o‘ziga xos moda va energiya almashinish, fizik va kimyoviy, vertikal va gorizontal differensiatsiyalanish xususiyatlari bilan materiklardan farq qiladi.
Maydonining kattaligi. Sayyoramizning 361 mln. km3 maydoni yoki 70,8% qismi okean suvi bilan qoplangan. Dune okeanining umumiy suv hajmi 1370 mln. km3, o‘rtacha chuqurligi 3795 m. okean suvi Yer yuzid natekis taqsimlangan. Uning katta qismi ekvatordan janubda, kamroq qismi esa shimolda joylashgan. Okean akvatoriyasi Shimoliy yarim sharning 61% ini, Janubiy yarim sharning 81% ini egallab olgan. Lekin ochiq va ichki dengizlar qo‘ltiqlar Janubiy yarim sharda ko‘p tarqalgan. 810 sh.k. dan shimolda va 560 bilan 650 j.k.lar o‘rtasida okean suvi Yer kurrasini uzluksiz halqa shaklida o‘rab olgan. Suv va quruqlik maydonining ko‘pligiga qarab Yer yuzasi Okean yarim shari va Materik yarim shariga bo‘linadi. Gidrosferaning nihoyatda katta qismi bo‘lgan okeanosfera atmosfera va yer po‘sti bilan o‘zaro uzluksiz aloqada. Shuning uchun Denyo okeanining ko‘pgina xususiyatlari atmosfera va yer po‘stiga bog‘liq.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin