Mazkur savollarga binoan o’quvchilar uchun testlar tayyorlang.
Yog’och detallarni qanday mixlar bilan biriktirish mumkin va turlari haqida ayting?
Detallarning burma mixlar bilan biriktirishga misollar keltiring.
Detallarning burma mixlar bilan biriktirishda qanday asboblar foydalaniladi?
Yog’och va plastmassa mixlar dumaloq sterjen shaklida tayyorlanib eshiklar, deraza romlari, stol, divan, shkaflar va shu kabilardi ishlatiladi. Ular o’z yo’g’onligidan sal ingichkaroq parma bilan o’yilgan teshiklar o’rnatiladi.
17-MAVZU: YELIMLAR, BIRIKTIRILADIGAN DETAL YUZASINI YELIMLASHGA TAYYORLASH
Yelim — asosan suyuqlangan yuqori molekular anorganik, koʻpincha organik moddalar yoki ularning eritmalari. Turli materiallarni bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi. Yelim tarkibida qotiruvchi moddalar va qoʻshimchalar, mas, toʻldiruvchilar, erituvchilar, stabilizatorlar, plastifikatorlar, elastifikatorlar boʻladi. Qoʻshimchalar yelimning qovushkokligini, qotish tezligini, mustahkamligini, qattiqligini, issiqqa va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Yelim suyuk (eritmalar, emulsiyalar, yakka monomerlar), quyuk yoki qattiq (donador, unsimon, ipsimon) boʻlishi mumkin. Yelimlar oddiy, konstruksion (mashinalar, uchuvchi apparatlar, qurilish konstruksiyalari va boshqani yigʻishda qoʻllaniladigan) va maxsus (yopishkok tasmalar) turlarga ajratiladi. Bundan tashqari, ular tabiiy va sintetik boʻladi. Tabiiy yelim hayvonlar va oʻsimliklar (kraxmal) mahsulotlaridan olinadi. Aksarisi namlikka chidamsiz, o'z kuchini ancha tez yoʻqotadi, chiriydi. Yogʻoch, qogʻoz va boshqa buyumlarni elimlash uchun qoʻllaniladi. Sintetik yelim (smola) — polimerlar eritmasi, emulsiyasi, shuningdek, erituvchi qoʻshilmagan smolalardan iborat. Namlik, issiq-sovuqqa, har xil temperatura, moylar, suyuq yonilgʻilar, turli zamburugʻlar taʼsiriga yaxshi chidaydi. Metall, chinni, yogʻoch, faner, penoplast, plastmassalar, organik oinalarni elimlash uchun ishlatiladi. Rezina yelim — kauchuklar (tabiiy va sintetik) yoki rezinali aralashmalarning organik erituvchilari (asosan, benzin)dagi eritmasi. Rezinani metallga, yogʻochga, sementga yopishtirishda ishlatiladi
Duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi. Yelim yog‘och tо‘qimalari orasidagi bо‘shliqlarga kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek bо‘ladi. Bunda о‘zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana shu plyonkaning qattiqligiga bog‘liqdir. Shuningdek, yelimlashning mustahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog‘liq bо‘ladi. Taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng kо‘p ishlatiladi. Taxta (duradgorlik) yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog‘i, shoxi, tog‘aylari va terisidan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimning sifatini uning shaffofligiga qarab aniqlash mumkin. U qanchalik tiniq bо‘lsa, shunchalik sifatli bо‘ladi. Taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bо‘kkunicha 10-12 soat ivitiladi, sо‘ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi. Yelim qaynatkich bir-birining ichiga qо‘yiladigan ikkita metall idishdan iborat bо‘lib, yelim kuyib ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga yelim solinadi. Yelim qaynatkich taxminan 70-80°C gacha qizdiriladi. Ana shu darajadagi haroratda yelim eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada, kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |