Mavzu: Ekotizimlarning mahsuldorligi


Mavzu: Genetik injeneriyada qo`llaniladigan fermentlar



Yüklə 70,94 Kb.
səhifə21/21
tarix31.12.2021
ölçüsü70,94 Kb.
#112919
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Mavzu Ekotizimlarning mahsuldorligi-fayllar.org

Mavzu: Genetik injeneriyada qo`llaniladigan fermentlar



Darsning maqsadi:

ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy ma`lumotlar berish. Olgan bilimini nazorat qilish.

tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Shakllantirilgan kompetensiya:biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kom-si.

Dars turi: Yangi tushunchalar berish.

Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik, videodarslik.

Dars metodi: “Interfaol” metodi

Darsning borishi:



I

Tashkiliy qism

2 daqiqa


IV

Mustahkamlash

5 daqiqa


II

O’tilgan mavzuni so’rash

12 daqiqa


V

Baholash

3daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni


20 daqiqa


VI

Uyga vazifa berish

3daqiqa



I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II.O’tilgan mavzuni so’rash:

1. Transformatsiya jarayonida tashqaridan kirgan DNK molekulasi mutatsiya hosil qila oladimi? 2. Qanday hodisalar bakteriya hujayrasini fag tomonidan lizis qilinishidan saqlab qolishi mumkin? 3. Transduksiya jarayoni qanday kechganda bakteriyada mutatsiya bo‘lmaydi?



III.Yangi dars bayoni:

Gen muhandisligida DNK molekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforez usulidan foydalaniladi. Gen muhandisligi fermentlari DNK molekulalari bilan turli xil tajribalarni o‘tkazishga yordam berib, ularni tegishli joyidan qirqish, turli xil bo‘laklarini ulash, tabiatda mavjud bo‘lmagan yangi xildagi ketma-ketliklarni sintez qilishda qo‘llaniladi. Quyida gen muhandisligida foydalaniladigan asosiy fermentlarni ko‘rib chiqamiz. Barcha fermentlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: DNKni bo‘laklarga bo‘luvchi; RNK matritsa asosida DNK bo‘laklarini sintezlovchi; DNK bo‘laklarini ulovchi; DNK bo‘laklari uchlari struktrurasini o‘zgartirish imkonini beruvchi fermentlar.

Rekombinatsiya jarayoni DNKni bo‘laklarga ajratish va ularni ulashdan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Qo‘shni nukleotidlar orasidagi fosfodiefi r bog‘larini tiklash orqali DNK bo‘laklarini bog‘lash vazifasini bajaruvchi ferment DNK ligaza deb ataladi. Ligaza yordamida DNKning har qanday bo‘lagining «yopishqoq uchli» yoki «to‘mtoq uchli» qismlari biriktiriladi. Bu eng ko‘p qo‘llaniladigan fermentlardan biridir.

Bakteriyalarda konyugatsiya ja rayo ni bir bakteriya hujayrasidagi ge netik materialni ikkinchi bakteriyaga olib o‘tkazish usuli bo‘lib, bunda ikkita bakteriya ingichka ko‘prikcha bilan bog‘lanadi va shu ko‘prikcha orqali bir hujayra (donor)dan boshqasi (retsipiyent)ga DNKning bir ipi o‘tadi. Retsipiyentning irsiy xususiyatlari DNK bo‘lagida uzatilgan genetik axborot miqdoriga qarab o‘zgaradi.



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Polimeraza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering.

2. Restriktazalar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

3. Restriktaza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering.

4. Teskari transkriptaza fermenti faoliyati mohiyatini tushuntir

V.Baholash:

VI.Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish va topshiriqni bajarish.

O`TIBRO’: _________________


http://fayllar.org
Yüklə 70,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin