Mavzu: Ekspert tizimlarida axborot texnologiyalarini qo’llash istiqbollari
Reja:
1. Ekspert tizim ishlash usullari
2. Ekspert tizim turlari va ularning imkoniyatlari
3. Ekspert tizimlarida axborot texnologiyalarini qo’llash
Kirish
Zamonaviy jamiyatda tobora o’sib borayotgan axborot okimi, axborot tеxnologiyalarining turli-tumanligi, kompyutеrda еchiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu tеxnologiyalardan foydalanuvchining zldiga bir avtor vazifalarni kadi. Kеrakli varintlarni tanlash va karor kabul kilish ishlarini insondan EXMga utkazish masalasi yuzaga kеladi. Bu vazifani еchish yullardan biri — bu ekspеrt tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspеrt uzidan kеlib chikib sharoitni taxlil etadi va nis6atan foydali axborotni aniklab oladi, chorasiz yullardan voz kеchgan xolda avror kabul kilishning eng makbul yo’llarini vujudga kеltiradi.
Ekspеrt tizimida ma'lum bir prеdmеt soxasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
Ekspеrt tizimi — bu ayrim mavzu soxalarida bilimlarni tuplash va kallash, uyushtirish usullari xamda vositalari majmuidir. Ekspеrt tizimi mutaxassislarning yukori sifatli tajribasiga suyangan xolda karorni tanlash chogida mukobil variantlar kupligi uchun yanada yukori samaraga erishadi. Stratеgiyani tuzish paytida yangi omillarni baxolab, ularning ta'sirini taxvil etadi.
Ekspert tizimlari sun’iy intellektning asosiy ilovalaridan biri bo’lib, ekspertlarning u yoki bu bilim sohasidagi tajribalarini evristik qoidalar shaklida transformasiyalovchi kompyuter dasturlaridan iboratdir. Evristiklar qarorlar qabul qilishi qo’llab–quvvatlash texnologiyalari doirasida masalalarni har qilish uchun foydalaniladigan oddiy algoritmlar singari ishonch bilan optimal natija olishni kafolatlamaydi. Lekin ko’pincha ulardan amalda foydalanish uchun yetarli darajada maqbul bo’lgan yechimlarni beradi. Bularning hammasi ekspert tizimlaridan maslahat beruvchi tizimlar sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.
Ekspert tizim ikki usulda ishlaydi: bilimlarni olish va vazifalarni yechish (maslahat berish yoki Ekspert tizimidan foydalanish usuli deb ham ataladi).
Bilimlarni olish usulida tushuntirish tarkibiy qismi muhim rol o’ynaydi. Aynan u tufayli ekspert testdan o’tkazish bosqichida ekspert tizimning muvaffaqiyatsiz ishlashi sababini mahalliylashtiradi, bu ekspertga eski bilimlarni zamonaviylashtirish va yangilarini kiritishga imkon beradi. Odatda tushuntiruvchi tarkibiy qism quyidagilarni xabar qiladi: axborotdan foydalanuvchi qanchalik to’g’ri foydalanayotgani; ma‘lumot yoki qoidalardan nima uchun foydalanayotgani; yoki foydalanmagani, qanday xulosalar chiqarilgani va h.k. Barcha tushuntirishlar, qoidaga ko’ra, cheklangan tabiiy tilda yoki grafika tilida beriladi.
Dasturlarni ishlab chiqishda an‘anaviy yondashishda bilimlarni olish usuliga dasturchi tomonidan bajarilayotgan algoritmlash, dasturlash va so’zlash bosqichlari mos kelishini ta‘kidlash lozim. Dasturlarni ishlab chiqishga an‘anaviy yondashishdan farqliroq uni dasturchi emas, balki dasturlashni bilmaydigan ekspert (Ekspert tizimi yordamida) amalga oshiradi.
Maslahat usulida ekspert tizim bilan muloqot yakunini foydalanuvchi amalga oshiradi, uni natija va (yoki) qarorni olish usuli qiziqtiradi. Ekspert tizim belgilanishiga ko’ra, foydalanuvchi ushbu muammo sohada mutaxassis bo’lmasligi mumkin, bu holda u javobni o’zi olishni bilmasdan ekspert tizimga maslahat uchun murojaat qiladi, yoki mutaxassis bo’lsa, natija olish jarayonini tezlashtirish va mashaqqatli ishni yuklash uchun ekspert tizimga murojaat qiladi. «Foydalanuvchi» atamasi u ham ekspert, ham ma‘lumotlar bo’yicha muhandis, ham dasturchi ekanini bildiradi. Shu bois ekspert tizim kim uchun qilinganligini ta‘kidlash maqsadida «yakuniy foydalanuvchi» atamasidan foydalaniladi.
Xabardorlik. Ekspert tizim xabardorlikni namoyish qilishi, ya‘ni aniq muammoli sohada ekspert kishilar kabi kasb egasi darajasiga erishishlari kerak. Ammo yaxshi yechimlarni oddiygina topa bilish hali yetarli emas. Haqiqiy ekspertlar yaxshi yechimlarni ko’pincha juda tez topadilar, yangi yechimlarni topish uchun esa, qoidaga ko’ra, ancha ko’p vaqt talab qilinadi. Demak, ekspert tizim mohir bo’lishi kerak - u juda katta yoki nozarur hisoblashlardan qochish uchun ekspert kishilar qo’llaydigan usullar va nayranglardan foydalanib, yechimlarni samarali va tez olish uchun bilimlarni qo’llashi kerak. Mohir ekspert kishining ishiga ijodiy taqlid qilish uchun ekspert tizim ziyraklikka ega bo'lishi kerak.
Chuqur bilimlar. Ekspert tizim chuqur bilimlarga ega bo’lishi kerak. Bu shuni bildiradiki, u qiyin siyqasi chiqmagan vazifalarga ega tor muammo sohada samarali ishlashga qodirdir. Shu bois ekspert tizimdagi qoidalar har bir qoidaning murakkabligi yoki ularning ko’pligi ma‘nosida zarur darajada murakkab bo’lishi kerak. Ekspert tizimi, qoidaga ko‘ra, SB sohasidagi mutahassislar o‘yinli muammo sohalar deb ataydiganda emas, balki real dunyoning muammo sohasida ishlashi kerak. Real dunyoning muammo sohasida vazifani yechayotgan shaxs dalilli axborotni amaliy majmuaga qo’llaydi, qiymat va samaradorlikni belgilovchi ayrim mezonlar nuqtayi nazaridan qimmatli bo’lgan yechimni topadi.
O’z – o’zini anglash. Ekspert tizimlar o'zlarining shaxsiy harakatlari haqida fikr yuritishga imkon beruvchi bilimlar va bunday fikrlashni soddalashtiruvchi tuzilmaga egalar. Masalan, Ekspert tizim qoidalarga asoslangan bo’lsa, vazifaning yechimiga kelish uchun bu vazifa keltirib chiqaradigan xulosalar zanjirini osonlikcha ko’rib chiqa oladi. Agar xulosalarning bu zanjiri bilan bajarilishi ravshan bo'lgan maxsus qoidalar berilgan bo’lsa, unda bu bilimlardan vazifalar yechimining aniqligi, barqarorligi va haqiqiyligini tekshirish uchun foydalanish, hatto fikrlash jarayonini yoqlovchi yoki tushuntiruvchi dalillarni ko’rish mumkin. Tizim qanday fikr yuritishi haqidagi bilim metabilim deb ataladi, bu faqat bilimlar haqidagi bilimni bildiradi.
Hozirgi paytda mavjud bo’lgan ko’pgina ekspert tizimlarda tushuntirish mexanizmi bor. Bu, tizim yechim ma‘lumotlariga qanday qilib kelganligini tushuntirish uchun zarur bilimlardir. Bu tushuntirishlarning ko’p zanjirdagi har bir qoidani qanday asosda qo’llanishini tushuntiruvchi xulosalar va dalillar zanjirlarini namoyish qilishni o'z ichiga oladi. Fikrlashning shaxsiy jarayonlarini tekshirish va o'z harakatlarini tushuntirish imkoniyati - bu ekspert tizimning eng ijodiy va muhim xususiyatlaridan biridir. «O’z – o’zini anglash» ekspert tizim uchun shuning uchun muhimki:
• foydalanuvchilar natijalarga ko'proq ishona boshlaydi, tizimda katta ishonchni his qiladi;
• tizimning rivojlanishi jadallashadi, chunki tizimni silliqlash oson;
• tizim ishining asosiga qo’yilgan taxminlar faraz emas, balki oshkora bo'ladi;
• tizim ishiga o’zgarishlar ta‘sirini oldindan aytib berish va aniqlash oson kechadi.
Ekspert tizim ham xatoga yo’l qo’yadi. Ekspert tizimning an‘anaviy dasturlardan yana bir juda muhim farqi mavjud. An‘anaviy dasturlar har gal to’g’ri natijalarni vujudga keltirish uchun ishlab chiqilgan vaqtda, ekspert tizimlar ekspertlar o’zlarini qanday tutishlari kabi ishlab chiqiladi, ular qoidaga ko’ra to’g’ri javob beradi, ammo ba‘zida xato qilishi mumkin.
Interpretatsiyalashni bajaruvchi ekspert tizimlar, qoidaga ko’ra, vaziyatni bayon qilish uchun datchiklardan olinadigan axborotlardan foydalanadi. Misol sifatida kimyo zavodida jarayon holatini aniqlash uchun o’lchov asboblarining ko'rsatkichlarini interpretatsiyalashni keltiramiz. Interpretatsiyalovchi tizimlar muammo vaziyatning aniq alomatli taqdim qilishi bilan emas, balki bevosita haqiqiy ma‘lumotlar bilan muomalada bo’ladi. Ular boshqa turdagi tizimlarda bo’lmaydi, shu bois ular shovqinli, yetarlicha to’liq bo‘lmagan yoki xato axborotlarni ishlab chiqishiga to’g’ri keladi. Ularga ma‘lumotlar, signallar yoki tasvirlarning uzluksiz oqimlari ta‘riflarini ro’yhatga olishning maxsus usullari va ularni alomatli taqdim etish usullari zarur.
Interpretatsiyalovchi ekspert tizimlar ma'lumotlarning xilma-xil turlarini ishlab chiqishi mumkin. Masalan, sohalarni tahlil qilish va gaplarni tushunish tizimlari tabiiy axborotlar - bir holda ko’rinuvchi obrazlar, boshqasida - tovushli signallardan foydalanib, ularning ta'riflarini tahlil qiladi va ularning ma'nosini tushunadi. Kimyo sohasidagi interpretatsiyalar moddalarning kimyoviy xususiyatlarini chiqarish uchun rentgen nurlarining difraksiyasi, spektrli tahlil va yadroli-magnitli rezonansning ma'lumotlaridan foydalanadi.
Bashoratni amalga oshiruvchi ekspert tizimlar berilgan vaziyatlarning ehtimoliy oqibatlarini aniqlaydi. Zararli hashoratlarning ba‘zi bir turlaridan keladigan zararni oldindan aytish, jahon bozorida neftga bo’lgan talabni vujudga kelgan geopolitik vaziyatlarga ko’ra baholash va razvedka ma‘lumotlari asosida keyingi qurolli janjalning vujudga kelish joyini bashorat qilish bunga misol bo’lib xizmat qiladi.
Loyihalashtirishning amalga oshiruvchi ekspert tizim obyektlar konfiguratsiyasini muammoga xos bo‘lgan cheklanishlar majmuasini hisobga olgan holda ishlab chiqadi. Genli muhandislik, o’ta yirik integral chizmalarni ishlab chiqish va murakkab organli molekulalarni sintez qilish bunga misol bo’lib xizmat qiladi. Tizimlarni loyihalashtirishda ko’pincha loyihaning ayrim qismlarini ishlab chiqish uchun sintezdan va testdan foydalaniladi. Loyihalashtirish rejalashtirish bilan juda yaqin bog’langan, biron tizimning kovpgina loyihalashtiruvchilari istalgan loyihaga erishishi uchun rejalarni ishlab chiqish va aniqlash mexanizmiga ega.
Rejalashtirish bilan band bo’lgan ekspert tizimlar harakatlarni loyihalashtiradi: ular harakatlarning to’liq izchilligini ularni bajarish boshlanishidan oldinroq belgilaydi. Murakkab organik birlashmalarni sintez qilish maqsadida atomlar guruhlariga kimyoviy reaksiyalarning izchilligini qo’llash rejasini yaratish, urush qobiliyatiga ega dushmanning belgilangan omilini neytrallash maqsadida bir necha kunga mo’ljallangan havo majmuining rejasini tuzish bunga misol bo’lib xizmat qilishi mumkin sohalardir.
Kuzatishni amalga oshiruvchi ekspert tizimlar haqiqiy holatni tizimning kutilayotgan holati bilan solishtiradi. Yadro reaktorlarida avariyalar vaziyatlarni topish yoki jadal terapiya bloklariga joylashtirilgan bemorlar monitoringi ma‘lumotlarini baholash uchun o’lchov asboblari ko’rsatkichlari orqasidan kuzatish bunga misol bo’lib xizmat qilishi mumkin. Kuzatuvchi ekspert tizim kuzatiluvchi holatni qidirib topadi, u me‘yoriy holatga nisbatan ularning kutishlarini yoki ehtimoliy chetga chiqishlar haqidagi tahminlarni tasdiqlaydi.
Sozlashni bajaruvchi ekspert tizimlar qurilmalarning nosoz xulqini tuzatish uchun choralar topadi. Kompyuter tizimi ishidagi qiyinchiliklarning ba‘zi turlarini bartaraf etish uchun so’zlash; telefon simidagi nuqsonlarni bartaraf qilish uchun kerak bo’lgan xizmat turini tanlash; lokomotivdagi ma'lum nuqsonlarni tuzatish uchun ta‘mirlash operatsiyalarini tanlash bunga misol bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Ta'mirlashni amalga oshiruvchi ekspert tizimlar tiklashning ba‘zi choralarini ko’rsatgan rejaga rioya qiladi. Masspektrometri so’zlash bunga misol bo’ladi. Hozircha ta‘mirlovchi ekspert tizimlar juda kam ishlab chiqilgan, chunki real dunyo obyektlarida ta‘mirlash tadbirlarini haqiqiy bajarish zaruriyati vazifani qo’shimcha qiyinlashtiradi. Ta‘mirlovchi tizimlarni yana ta‘mirlashni bajarish uchun tashxis qoy’uvchi, so’zlovchi va rejalashtiruvchi tadbirlar zarur.
O’qitishni bajaruvchi ekspert tizim o’quvchi holatiga tashhis qo’yishni, uni so’zlashni va tuzatishni (ta‘mirlashni) bajaradi. Talabalarning elektr zanjirlardagi nukronlarni topishga o’rgatish; harbiy dengizchilarni kemada dvigatel bilan ishlashga o‘rgatish va tibbiyotchi talabalarni mikrobga qarshi terapiyani tanlashga o’rgatishni bunga misol sifatida keltiramiz. O’qituvchi tizimlar o’quvchi-biluvchi va bu bilimlarni muammoning yechimiga qanday qo’llanishi modelini yaratadi. Tizim modelni tahlil qilib va ko‘rsatilgan xatolarni kuzatish rejasini tuzib, tashxis qo’yadi, o’quvchiga uning xatolarini ko’rsatadi. Ular bu rejalarni o’quvchilarning bevosita ko’rsatmalari yordamida bajarib, ular xulqini tuzatadi.
Boshqaruvni amalga oshiruvchi ekspert tizimlar umuman tizim holatiga huddi shunday rahbarlik qiladi. Kompyuter tizimlarining ishlab chiqilishi va taqsimlanishini boshqarish hamda jadal terapiyada bemorlar ustidan nazorat qilish bunga misol bo’lib xizmat qiladi. Boshqaruvchi ekspert tizimlar obyektning vaqt davomidagi holatini kuzatish uchun kuzatuvchi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi, ammo ular vazifalarning ko’rib chiqilgan turlari: interpretatsiyalash, bashorat qilish, tashxis qo’yish, loyihalashtirish, rejalashtirish, so’zlash, ta‘mirlash va o’qitishning istalgan yoki barchasini bajarish uchun boshqa tarkibiy qismlarga ham zaruriyat sezishi mumkin. Vazifalarning namunaviy kombinatsiyasi kuzatish, tashxis qo’yish, so’zlash, rejalashtirish va bashoratdan iborat bo‘ladi.
Ekspert tizimlarida va qarorlar qabul qilishni qo’llab–quvvatlash tizimlarida foydala-niladigan axborot texnologiyalarining o’xshash tomonlari shundan iboratki ularning har ikkalasi ham qarorlar qabul qilishning yuqori darajasini ta’minlaydi. Lekin ularning uchta muhim farqlari bor:
Birinchi farq shu bilan bog’likki, qarorlar qabul qilishni qo’llab –quvvatlash tizimi doirasida muammolarni hal qilish foydalanuvchining uni tushunish darajasini va qarorni olish hamda fikrlash imkoniyatlarini aks ettiradi. Ekspert tizimlari texnologiyasi, aksincha, foydalanuvchiga uning imkoniyati darajasidan oshib ketadigan qarorlar qabul qilishni taklif etadi;
ko’rsatilgan texnologiyalarning ikkinchi farqi–ekspert tizimlarining o’z fikr –mulohazalarini qarorlar qabul qilish jarayonida tushuntirib berish qobiliyatida aks etadi. Aksariyat hollarda bu tushuntirishlar foydalanuvchi uchun qarorning o’zidan ham muhim bo’ladi;
uchunchi farq–axborot texnologiyalarining yangi komponenti bilimlardan foydalanish bilan bog’liq.
Ekspert tizimida foydalaniladigan axborot texnologiyalarning asosiy komponetlari quyidagilardan iborat: foydalanuvchining interfeys, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni yaratish moduli.
Mutaxassis ekspert tizimiga axborot va buyruqlarni kiritish va undan chiqarib beriladigan axborotni olish uchun interfeysdan foydalanadi. Buyruqlar bilimlarga ishlov berish jarayonining yo’naltirish parametrlarini o’z ichiga oladi. Axborot, odatda muayyan o’zgaruvchilarga beriladigan qiymatlar shaklida beriladi. Menejer axborotni kiritishning to’rtta usulidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruqlar, tabiiy til va o’z interfeysi. Ekspert tizimlari texnologiyasi chiqarib beriladigan axborot sifatida faqat yechimlarni emas, balki zaruriy tushuntirishlarning ham olish imkoniyatini ko’zla tutadi. Tushuntirishlarning ikki turi farqlanadi:
so’rovlar bo’yicha beriladigan tushuntirishlar. Foydalanuvchi istalgan vaqtda ekspert tizimidan o’z harakatlarini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin;
muammoni hal qilish bo’yicha olingan yechimni tushuntirish.
Foydalanuvchi yechimni olganidan so’ng u qanday olinganligini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin. Tizim masalani yechishga olib kelgan o’z mulohazalarning har bir qadamini tushuntirib berishi zarur.
Ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy bo’lmasa ham, bu tizimlarning foydalanish interfeysi do’stona bo’lib, odatda, muloqot olib borishda qiyinchiliklar tug’dirmaydi.
Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydi bilimlar bazasidan foydalaniladi. Ekspert tizimi – bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi.
Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliytasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlarni guruxlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo.
Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:
- yaqin davrlargacha EHMda echish qiyin yoki umuman echib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini echish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;
- dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga(eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;
- yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;
- foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rangbarangligi, yoki xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli echa olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;
- takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;
- ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi. Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi xaqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon beruvchi aniq ko‘rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddalashtirishga ko‘maklashadi.
Ekspert tizimining asosligini ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajrabasini o‘zida mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisoslashganlar majmuini, yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi. Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin: chuqur va yuzaki; sifat va miqdoriy; taxminiy(noaniq) va aniq; muayyan va umumiy; Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun qo‘llashlari mumkin. tavsifiy va ko‘rsatma (yo‘l-yo‘riq) beruvchi.
Ekspert – bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi mutaxassis. Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi. Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi. Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketmaketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.
Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy bilimlarning to‘planish sur’ati bilan belgilanadi. Kasbiy faoliyatning shakllantiruvchi, ya’ni EHM bazasida avtomatlashtiradigan qismi bu inson tomonidan to‘plangan bilimlarning uncha katta bo‘lmagan qismidir. To‘plangan bilimlarning kattagina qatlamini yakka tartibda yig‘iladigan bilimlar tashkil etadi. Bilimlarni strukturalashtirish yoki rasmiylashtirish bilimlarni taqdim etishning turli usullariga asoslangan.
Zamonaviy axborot tizimlarida eng ko‘p faktlar va qoidalar usulidan foydalaniladi. Ular ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning tabiiy usulini bayon etadi. tavsiya, Qoidalar odatda ko‘rsatma, strategiyalarni taqdim etishning formal(rasmiyatchilik) usulini ta’minlaydi. Ular agar predmet bilimlari biror sohadagi masalani echish bo‘yicha to‘plangan amaliy tasavvurlardan paydo bo‘lgandagina to‘g‘ri keladi. Qoidalar ko‘pincha «Agar bu...» xilidagi tasdiq ko‘rinishda ifodalanadi. Bilimlar bazasida predmet sohasini bayon etish ma’lumotlarni tashkil etish va taqdim etish, vazifalarni shakllantirish, qayta shakllantirish va echish usullarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi tushunchasi(obyektlari) ramzlar yordamida tasavvur qilinadi. Masalan, bu ramz bank tizimi uchun mijoz, jamg‘arma vositasi, operatsiya, vazifa va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Tushunchalarni manipulyasiya qilish uchun munosabatlar aniqlanadi, turli strategiyalar (mantiqiy yoki tajriba natijasida olingan) qo‘llaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy bo‘lmagan vazifalarni nazarda tutadi. Shuning uchun qoidalar ham bilimlar bazasida murakkab yoki ko‘p miqdorda va hajmda bo‘ladi. Ekspert tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda yechim tanlash mantiqini asoslash va o‘rgatish hisobga olinadi. Ko‘pgina ekspert tizimlarida tushuntirish (izohlash) mexanizmi bo‘ladi. Mazkur mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan foydalanadi. Bunda ekspert tizimini qo‘llash, undan foydalanish va harakat chegarasini aniqlash juda muhimdir. Axborot texnologiyasining ekspert tizimida foydalaniladigan asosiy komponentlari a (tarkibiy qismlari) quyidagilar: foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpretetor, x a tizimni yaratish moduli.
Ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari asosiy komponentlari. Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Komanda (buyruq)lar o‘z ichiga bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlarini oladi. Axborot odatda ma’lum bir tanaffuslar bilan beriladigan qiymat, ahamiyat shaklida beriladi. Foydalanuvchi axborotni kiritishning to‘rtta uslubidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruq (komanda), tabiiy til, shaxsiy interfeys. Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida nafaqat qarorni, shuningdek zarur tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi. Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. Ya’ni, so‘rov bo‘yicha beriladigan tushuntirish. Bunda foydalanuvchi har qanday paytda ekspert tizimidan o‘z hattiharakatlarini izohlashni talab etishi mumkin; muammolarni hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni olgandan so‘ng, u qanday olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa masalani echishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak. To‘g‘ri, ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur tizimlarning foydalanish interfeysi do‘stona munosabatda bo‘ladi. Ya’ni u siz bilan «suhbatlashish» chog‘ida qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Bilimlar ombori. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi.
Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgilaydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi:
Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shartsharoit.
Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilish kerak bo‘lgan xattiharakat. Ekspert tizimida foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga oladi. Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshashlik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin.
Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketmaketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum hattiharakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini echish variantlari taqdim etiladi. Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisobkitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki. Hisobkitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisobkitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muxim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi. Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi. Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish. Bilimlar bazasini tasvvur etish uchun maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan boshqa har qanday ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham.
Ekspert tizimi qobig‘i. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal etishga moslashgan tayyor dasturiy muhitni ifodalaydi. Ko‘pgina hollarda qobiqdan foydalanish dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi. Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:
- erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko‘payishi mumkin;
- nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;
- tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi. Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydlanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ochig‘i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassisekspertlar darajasidagi bilimni namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng anglaydi.
Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Bashoratlovchi ekspert tizimlari o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak ssenariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak. Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qo‘llaniladi.
Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalarning normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to‘plami tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon hattiharakatdan chetlanish aniqlanadi va tashhis qo‘yiladi. O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashhis qo‘yish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xattiharakat to‘g‘risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi.
Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:
- xotiraga kiritiladigan axborotning etarli darajada to‘liq bo‘lishini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek, kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;
- ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki, mutaxasislar bilimi – bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim elementlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni qo‘shish uchun «yopiq» bo‘lib qoladi;
- echiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli ishonchsiz natijalar olish mumkinligi. Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:
- tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
- ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;
- ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o‘xshashligining bo‘lishi;
- muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
- masalani echish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;
- predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash. Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan talablarni bajarish ekspert tizimini qo‘llashning zarur hamda etarli sharti sanaladi.
Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning nisbatan muhim bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: konseptulizatsiya, realizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modernizatsiyalash.
Konseptualizatsiya bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni echishning uslublarini bayon etish uchun qanday tushuncha, munosabat va protseduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani echish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat. Konseptualizatsiya muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi.
Identifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o‘lchami, ishlanma jarayonidagi ishtirokchilar tarkibi aniqlanadi. Modelning yaroqliligi ko‘rib chiqiladi, talab etiladigan vaqt mashina resurslari baholanadi, ekspert tizimini yaratish maqsadi belgilanadi.
Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning o‘ziga xos rasmiy tiliga o‘tkaziladi. Bu erda ko‘rib chiqilayotgan vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlarni taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi.
Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan ekspert tizimining jismoniy «qobig‘i», yuzasi yaratiladi. Ekspert tizimi faoliyatining to‘g‘riligini testdan o‘tkazish bosqichida tekshirish mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, ekspеrt tizimlari sun'iy intеllеktdan foydalanishga asoslangan.
Sui'iy intеllеkt dеganda aktsiy xatti-xarakatlarga nisbatan kompyutеr tizimining kobiliyati tushuniladi. Ko’pincha bunda inson fikrlashi bilan boglik kobiliyat anglanadi.
Kompyuter axborot tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida qayd etildi.
Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to’plangan bilishlarga doir har qanday muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi.
Misol. AQShning davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va g’allaga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish va hosil olishning optimal vaqtini belgilaydi.
Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin bo’lardi.
Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi. Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi. Shuningdek, ular o’z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish, o’qish–o’rganish qobiliyatini modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning ishi bilan bog’liq barcha muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday muammolar paydo bo’lganda ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter xotirasiga kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |