2.4. Kuchaytirgichlarning tuzilishi..
Birinchi avlodga mansub uch kaskadli OK funksional sxemasi 6.2 – rasmda keltirilgan. U kirish, muvofiqlashtiruvchi va chiqish kuchaytirish kaskadlaridan tashkil topgan. Uch kaskadli OK funksional sxemasi. OKlarda kirish kaskadi sifatida differensial kuchaytirigich (DK) qo‘llaniladi. Ma’lumki, DK chiqishdagi nol dreyfini maksimal kamaytirishga, yuqori kuchaytirish koeffitsientiga, maksimal yuqori kirish qarshiligiga va sinfaz tashkil etuvchilarni maksimal so‘ndirishga imkon beradi. Muvofiqlashtiruvchi kaskad talab qilingan kuchaytirishni ta’minlaydi va DK chiqishidagi o‘zgarmas kuchlanish sathi siljishini chiqish kaskadi uchun talab etilgan qiymatgacha kamaytiradi. Muvofiqlashtiruvchi kaskad differensial ѐki bir taktli kuchaytirgich bo‘lishi mumkin. CHiqish kaskadlari OKning kichik chiqish qarshiligini va lozim bo‘lgan chiqish quvvatini ta’minlashi kerak. CHiqish bosqichlari sifatida, odatda AV sinfga mansub komplementar tranzistorlar asosida hosil qilingan ikki taktli kuchaytirgich sxemalari qo‘llaniladi. Sxemada quyidagi elektrodlar ko‘rsatilgan: inverslamaydiga kirish Kir1, inverslaydigan kirish Kir2, chiqish, ikki qutbli kuchlanish manbaiga ulash uchun xizmat qiluvchi elektrodlar -EM va +EM, sxemaga korreksiyalovchi kuchlanish manbai ulangan elektrod UKOR.
Uch kaskadli OK prinsipial sxemasi.Kirish kaskadi VT1 va VT2 tranzistorlarda tuzilgan klassik DK sxemasi bo‘lib, yuklama sifatida RK1 va RK2 rezistorlar qo‘llanilgan. Ularning emitter toklari o‘zgarmasligini VT3 va VT4 tranzistorlarda qurilgan BTG ta’minlaydi. Kuchaytirgichda sochilaѐtgan quvvatni kamaytirish maqsadida, BTGning RSIL siljitish rezistori OKning bitta kuchlanish manbaidan (-EM) ta’minlanadi. RE1 va RE2 rezistorlar yuklama toki bo‘yicha mahalliy ketma – ket manfiy TAni tashkil etadilar va DKning kirish qarshiligini oshiradilar.
Muvofiqlashtiruvchi kaskad p–n–p turdagi VT5 va VT6 tranzistorlar asosidagi DKda hosil qilingan. Qarama – qarshi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan p–n–p turdagi tranzistorlarning qo‘llanilishi chiqish kaskadi chiqishidagi kuchlanishni deyarli nolgacha siljitish imkonini beradi. Birinchi kaskad chiqishida kirish signalining sinfaz tashkil etuvchisi deyarli mavjud bo‘lmaganligi sababli, ikkinchi kaskadda uni so‘ndirish talab qilinmaydi. SHuning uchun VT5 va VT6 tranzistorlarning emitter zanjirlarida BTG qo‘llanilmaydi. Bu holat ikkinchi kaskad toklarini milliamper darajaga ko‘tarish va kuchaytirish koeffitsientini yana 30 marta va undan yuqori qiymatga oshirish imkonini beradi. Ikkinchi kaskad nosimmetrik chiqishga ega. Buning natijasida VT5 tranzistor kollektor zanjirida rezistor qo‘llanilmaydi.
Ikkinchi avlodga mansub K544UD1 turli ikki kaskadli OKning soddalashtirilgan sxemasida unda muvofiqlashtiruvchi kaskad qo‘llanilmagan. SHu sababli kuchaytirish koeffitsienti qiymatini yuqori olish uchun kirish DKida rezistorli yuklama differensial yuklamaga almashtirilgan.
Bunday sxemotexnik echimga, ISning umumiy asosda bir xil xarakteristikalarga ega bo‘lgan egizak n – p – n va p – n – p BTlarni yasash texnologiyasi o‘zlashtirilgandan so‘ng erishildi. Bundan tashqari, DKlarda BT o‘rniga n – kanalli VT2 va VT5 MTlar ham qo‘llanilgan. Ular kuchaytirish va chastota xususiyatlari BTlarga nisbatan past bo‘lishiga qaramasdan, kirish toklarini keskin kamaytirish va kirish qarshiligi ortishini ta’minlaydilar. VT1, VT3 va VT4 tranzistorlarda hosil qilingan BTG dinamik yuklama hisoblanadi. DKning kirish toki VT6 va VT7 tranzistorlar asosidagi tok generatori ѐrdamida barqarorlashtirilgan.
CHiqish kaskadi ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich UE ulangan VT8 tranzistor asosida hosil qilingan bo‘lib, unga yuklama toki bo‘yicha ketma – ket manfiy TA zanjiri kiritilgan. Ikkinchi bosqich VT10 va VT11 komplementar tranzistorlarda hosil qilingan AV sinfiga mansub ikki taktli quvvat kuchaytirgichdan iborat. YUqori chastotalarda har bir kaskad fazani siljitadi. Ma’lum chastotalarda manfiy TAli OKlarda natijaviy faza siljishi 3600 ga teng bo‘lib, kuchaytirgich turg‘unligini yo‘qotadi. Turg‘unlikni oshirish uchun VT8 tranzistor kollektor o‘tishini shuntlovchi ichki ѐki tashqi SKOR kondensator ulanadi.
Kichik kirish signalini o’zgartirib tashqi tok manbai yordamida katta chiqish signallarini boshqaradigan tuzilishga electron kuchaytirgich deyiladi. Kuchaytirgichning signal ta’sir etadigan zanjiri kirish zanjiri, kuchayib chiqqan signal ulangan istemolchi zanjiri chiqish zanjiri deyiladi. Kuchaytirgichlar ichida elektr signalini kuchaytirgichlar eng ko’p tarqalgan bo’lib, bu kuchaytirgichlarning elektron, elektromexanik va magnit kuchaytirgich turlari mavjud. Ulardan elektron kuchaytirgichlar universalligi qator sifatli xarakteristikalarga ega bo’lish bilan boshqa kuchaytirgichlardan ustun turadi va radioelektronika qurilmalarida keng qo’llaniladi.
XULOSA Men bu mavzuni o’rganish davomida quyidagi xulosalar oldim:
Axborot – bu xar xil fizik jarayonlar, jismlar, tarixiy va kundalik xodisalar to‘g‘risidagi ma'lumotdir.
Signal — bu axborot, maʼlumot va boshqalarni muayyan masofaga uzatish uchun ishlatiladigan shartli belgi.
Signallar va tizimlarda signallarni ko'plab mezonlarga ko'ra tasniflash mumkin, asosan: qiymatlarning turli xil xususiyatlariga ko'ra analog signallar va raqamli signallar; signallarning aniqlanishiga ko'ra, deterministik signallarga va tasodifiy signallarga tasniflanadi; signallarning kuchiga ko'ra energiya signallari va quvvat .
Analog signal har qanday uzluksiz signalning vaqt o'zgaruvchan xususiyati boshqa vaqt o'zgaruvchan miqdorining ifodasidir.
Raqamli signal - bu signalning to'lqin shakllarini diskret qiymatlarning ketma-ketligini ifodalash uchun diskret to'plamdan tuzilgan fizik kattalik