amalda cheksizga teng bo`lib
(R ) zanjirdan tok o`tmagandagi
(I 0) holat tushuniladi. Bu
holda manba qismlaridagi kuchlanish "U" uning EYUKga teng bo`ladi (E Y ).
3-rasm. Salt ishlash rejemini harakterlovchi sxema.
Qisqa tutashuv rejimi deb zanjir elemetlarining qarshiliksiz o`zaro ulanib qolishiga aytiladi (4-rasm). Elektr qurilmalari uchun qisqa tutashuv rejimi salbiy holat hisoblanadi. Chunki zanjirning qisqa tutashuv bo`lgan paytida qarshiligi bo`lishi natijasida qisqa tutashuv toki nominal qiymatidan bir necha marta ortib ketadi. Elektr qurilmalarini bu tokdan himoyalash uchun zanjirni shikastlangan joyini tarmoqdan avtomatik ravishda uzib qo`yadigan himoya qurilmalaridan foydalaniladi.
4-rasm. Qisqa tutashuv rejemini harakterlovchi sxema.
2.ELEKTR ZANJIRLARINI MODELLASHTIRISH.
Real elektromagnit va elektron qurilmalarni o`rganish jarayonida ularni element iva qismlaridagi jarayonlarni grafik va jadvallar yordamida ifodalash mumkin. Bundan tashqari, kuzatilgan jarayonlar xarakteri bo`yicha statik va dinamik bo`ladi.
Elementlarni analitik modellari tok va kuchlanishlar uchun algebraik yoki differensial tenglamalar ko`rinishida berilishi mumkin.