Mavzu: Elektrokimyoviy jarayonlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/8
tarix19.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133211
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektrokimyoviy jarayonlar

2Cr+2 + MnO2 + 4H+ → 2Cr+3 + Mn+2 +2H2O
Bundan tashkari, elektron–balans metodi oksidlanish-qaytarilish jarayonida gidroksid va vodorod ionlari hamda suv molekulalarining rolini ko‘rsatmaydi.
Shuning uchun ham suvli eritmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda ion-Elektron metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu metodda koeffitsientlar ion-Elektron tenglama yordamida topiladi. Ion-Elektron tenglamaning elektron –balans tenglamadan farqi shuki, unda elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga binoan suvli eritmada xakikatdan mavjud bo‘lgan ionlar yoziladi.
Ion-Elektron metodi yordamida eritmalarda boradigan oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining to‘liq tenglamalarini tuzish uchun quyidagi tartibga rioya qilish kerak.
1 Reaksiya uchun olingan va reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlarning tarkibini bilish, ya’ni reaksiyaning molekulyar tenglama yozish zarur.
2 elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga binoan reaksiyaning ion sxemasini yozish kerak.
3 Ayrim holda oksidlanish–qaytarilish jarayonlarini ion-Elektron tenglamasini yozishda quyidagilarga asoslanadi.
a) Ayni element atomlarining soni tenglamaning ung va chap tomonlarida teng bo‘lish kerak.(«material balans»)
b) Reaksiya uchun olingan modda tarkibida kislorod kam bo‘lsa, kislotali muhitda (vodorod ioni bilan birikib) suv hosil qiladi. Neytral yoki ishqoriy muhitda esa ajralib chiqqan kislorod suv bilan birikib, gidroksid gruppani hosil qiladi.
v) Reaksiya uchun olingan modda tarkibida kislorod ko‘p bo‘lsa kislotali va neytral muhitda suv, ishqoriy muhitda gidroksid-ioni hosil bo‘ladi.
g) oksidlanish va qaytarilish jarayonlarining umumiy zaryadi tenglamaning chap va ung tomonlarida bir-biriga teng bo‘lishlari kerak («elektrik balans»).
4. Oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini ion-Elektron tenglamalari birgalikda yozilib, oksidlovchi va qaytaruvchi oldiga yoziladigan koeffitsientlar topiladi. Uni aniqlashda qaytaruvchi yuqotgan elektronlar soni oksidlovchi qabul kilgan elektronlar soniga teng bo‘lishi nazarda tutiladi.
5. Jarayonlarning ung va chap tomonlarini aniqlangan koeffitsientlarga ko‘paytirib, ularni birgalikda yoziladi. Natijada kiska ion tenglama hosil bo‘ladi.
6. Reaksiyaning to‘liq ion va molekulyar tenglamalari yoziladi.
7. Molekulyar tenglama to‘g‘ri yozilganligini xar qaysi element atomlari soni orqali tekshiriladi. Ko‘pincha kislorod atomlari soni-ni xisoblash bilan chegaralanadi.
Masalan : ion-Elektron metod buyicha sulьfit ionining kaliy permanganat ta’sirida sulfat ioniga o‘tishini uch muhit sharoitida kurib chikaylik.
1 ) Kislota muhitda. a) Reaksiyaning molekulyar tenglamasi:

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin